Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы »

“Ketchup qirolichasi”: Yelizaveta II hech kimning xayoliga kelmagan biznesga qo‘l urdi

Yosh muammo emas. 95 yashar Buyuk Britaniya qirolichasi ketchup va jigarrang sous ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi, deb yozadi Elle.

The Sun nashrining yozishicha, qirolicha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan mahsulotni nonushta yoki kunning har qanday vaqtida iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, ketchup xurmo, olma sharbati, xushbo‘y ziravorlar va sirka bilan boyitilgan.

Barcha ziravorlar qirolichaning Sandringemdagi Norfolk mulkida yetishtiriladi va faqat tabiiy mahsulotlardan iborat. Souslarning sotuvga chiqarilish sanasi hali e’lon qilinmagan.

Bu qirolichaning birinchi oziq-ovqat biznesi emas. Bukingem saroyi 2020-yilda spirtli ichimliklar brendini ishga tushirgan. Qirollik oilasi ishlab chiqargan ichimlik Londondagi bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlardan tayyorlanadi va do‘lana, limon verbena, tut va dafna barglari bilan boyitilgan.



Категория:
Просмотров: 1593 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное