Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

KoronaPay Yevropadan O‘zbekistonga Uzcard va Humo kartalariga komissiyasiz pul o‘tkazish xizmatini ishga tushirdi

Yevropada yashab, mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar komissiya to‘lovlarisiz pul o‘tkazmalarini vataniga yuborishdek yangi imkoniyatga ega bo‘lishdi. Buning qo‘shimcha qulayligi shundaki, pul Uzcard va Humo milliy to‘lov tizimi kartalariga darhol o‘tkaziladi. Xizmatni KoronaPay kompaniyasi taqdim etdi.

Yevropa mamlakatlaridagi o‘zbek diasporasi o‘n minglab kishini tashkil etib, ular har yili ma’lum hajmdagi pul vositalarini o‘zining tarixiy yurtiga yuborishadi. O‘zbekiston Markaziy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Yevropa davlatlaridan respublikaga 105 million dollardan ortiq qiymatdagi shaxsiy pul o‘tkazmalari kelib tushdi. Eng yirik tranzaksiya hajmiga ega davlatlardan bu — Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Chexiya.

Endilikda Yevropada yashovchi o‘zbekistonliklar nafaqat o‘z yaqinlarining Uzcard va Humo kartalariga darhol pul o‘tkazmalarini yuborishi, balki ularni tejashi ham mumkin bo‘ladi.

Yevropadan O‘zbekistonning milliy kartalariga komissiya to‘lovlarisiz pul o‘tkazmalarini yuborish uchun Yevropa SIM kartasiga ega bo‘lgan smartfonga “KoronaPay pul o‘tkazmalari” mobil ilovasini o‘rnatish zarur. Ilova o‘zbek tilidagi interfeysni qo‘llaydi, pul jo‘natish jarayonining o‘zi esa oddiyligi bilan ajralib turadi va tushunarlidir. Shunchaki oluvchining bank kartasi rekvizitlarini bilish va o‘tkazma uchun pul olinadigan kartaning ma’lumotlari kiritish kerak. O‘tkazmalarni Yevropaning istalgan bankining Visa, Mastercard, Maestro kartalari orqali yuborish mumkin. KoronaPay o‘tkazmalari Uzcard va Humo kartalariga valyuta ayirboshlashning qulay kursi bo‘yicha so‘mda o‘tkaziladi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1925 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ishga, kartalariga, Uzcard, komissiyasiz, Pul, O‘zbekistonga, xizmatini, KoronaPay, va Humo, o‘tkazish, Yevropadan, tushirdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное