Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Paxtakor”ni yana bir yetakchi tark etdi. Doston Hamdamov Qatar klubiga yo‘l oldi

“Paxtakor” hujumkor yarim himoyachisi Doston Hamdamov faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar berishicha, Dubaydagi yig‘inda bo‘lib turgan Hamdamov bir necha kun davomida terma jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmaydi.

“Doston ijara asosida Qatarning “As-Sailiya” klubiga o‘tmoqda. Futbolchi hujjatllarni rasmiylashtirish uchun Dohaga yo‘l oldi. 22-yanvar kuni “As-Sailiya” Qatar chempionatidagi navbatdagi o‘yinini o‘tkazadi va undan so‘ng Hamdamov terma jamoa yig‘iniga qaytadi”, — deyiladi bayonotda.

Hamdamov faoliyati mobaynida “Bunyodkor”, “Anji” (Rossiya), “An-Nasr”, “Hatta” (ikkisi — BAA) kabi jamoalarda ham to‘p surgan.

Avvalroq “Paxtakor” Yegor Krimets, Anzur Ismoilov va Marlen Chobanov kabi futbolchilari bilan xayrlashgandi.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1222 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hamdamov, etdi, Bir, Doston, Paxtakorni, oldi, klubiga, yo‘l, yetakchi, tark, Yana, qatar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное