REKLAMA

«ORTGA QAYTISH
. MP3 va KLIP Izlash
Toshkentda 85 yoshli buvisini o‘ldirgan yigit 8 yilga “kesildi”
Toshkentda 85 yoshli buvisini urib, o‘ldirib qo‘ygan yigit 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Zamon” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yigit uyida mast holatda bo‘lgan va 1938 yilda tug‘ilgan buvisi bilan janjallashib qolgan. U buvisining tanasini turli joylariga jarohat yetkazgan. 

Shundan so‘ng, tez tibbiy yordam chaqirilgan va jabrlanuvchida biologik o‘lim holati qayd etilgan. Sudlanuvchiga ko‘ra, 85 yoshli buvi bir yildan beri yurolmagan va yigit uning yagona boquvchisi bo‘lgan. 

“Buvim bilan 10 yildan buyon birga yashardik. Ota-onam vafot etgan. O‘sha kuni avval buvimni ovqatlantirdim, hatto bir qadah aroq ham quyib bergandim. Ehtiyotsizlik tufayli buvimni yiqitib qo‘ydim. Keyin jahlimni chiqargani uchun urdim. Ertalab o‘zini yomon his qilayotgan edi. Men dori berib, tez yordam chaqirdim va uxlab qoldim. Keyin bilsam u o‘lgan ekan”, deydi sudlanuvchi.

Ma’lum qilinishicha, yigit Jinoyat kodeksinining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Manba: "qalampir.uz"
  Qo'shildi: 30.03.2023 | Ko'rib chiqildi: 995

Reklama
. Qashqirlar Makoni Pistirma (Yangi qism)
. CHUQUR 2 MAVZUM (Yangi Qismlar)
O'xshash Yangiliklar
Nega Fikringizni bildirmaysiz? Izoh Qoldiring
Barcha Izohlar: 0
                 
Имя *:
Email:
Код *:
SAYT SMAYLIK KO'DLARI

Eslatma: Sayt xodimlari o'zlariga yoqmagan izohlarni faollashtirmaslik va ogohlantirmasdan o'chirish huquqiga ega. Izohlar haqida to'liq ma'lumot mana bu yerda (bosing)
MP3 va KLIP Izlash
MA'LUMOTLAR
. Qiziqchilar Askiyasi
 Komediya film va Seriallar HD
 Mobile Jingillar (Goodok)
BIZNING HAQIQIY PROFIL
                   
Saytimizda uchrayotgan xatoliklar, kamchiliklar va qo'shimcha takliflaringiz haqida Bu Yerda yozib qoldiring!
Biz bilan aloqa | A'zo bo'lish