Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

12-sentyabr! Sami yusuf muxlislari uchun bayram!?

Sami Yusuf tasavvuf qo‘shiqlari bilan tanilgan eng mashhur yulduz. Xonandaning albomlari ming-minglab nusxalarda butun dunyoda o‘z muxlislarini topgan. U yaratgan albomlar soni 5 ta bo‘lib, ilk albomi 2003 yilda, eng so‘nggisi 2012 yilda muxlislar hukmiga taqdim etilgandi. Ikki yildan beri uning yangi qo‘shiqlarini muxlislari ilhaq kutmoqda. Ikki yil mobaynida dunyoning turli nuqtalarida “Salom” turnesi bilan muxlislarini xursand qilishi barobarida xonanda ijod bilan mashg‘ul bo‘lganini ham isbot etdi. U rasman tarqatgan xabarga ko‘ra, sentbyarda yangi albomi keng ommaga taqdim etiladi. “The Centre” (“Markaz”) nomli 6-albomi haqida Sami shunday deydi:
-Yangi qo‘shiqlarim ustida ko‘p izlandim. Menga ishongan muxlislarim mehriga munosib ijod qilish – asosiy maqsadim. Ko‘pchilikni qiziqtirgan savolga kelsak, yo‘nalishimni o‘zgartirganim yo‘q! Qo‘shiqlarim mavzusini ham. Biroq, musiqada yangilik bor! 13 ta eng yangi qo‘shiqlarimdan iborat “Markaz” – musiqa ixlosmandlari albomlar javonining markaziy qismidan joy olishiga umid qilaman! 12-sentyabr “Markaz” dunyo yuzini ko‘radi. Unga qadar kamina ham muxlislar qatori albom chiqishini sog‘inib kutaman!
Sami Yusufning yurtimizda ham minglab muxlislari topiladi. Hatto, mashhur san’atkorlarimiz orasida ham. Jumladan, yaqinda biz bilan o‘zaro suhbatda Sevara Nazarxon Samining ijodiga chuqur qiziqishini bildirgandi.
 Jasur HAMROYEV 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4826 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Sami Yusuf
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
8306171 xmmm yahwi omad ok:P:|
Like | 0
boyvo44abola ooo zo'rku ijodiga omad
Like | 0
Quyoshcha Toshkenga kesala zo'r bo'lardidee uy
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное