Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

18 yashar qiz uylanishni rad etgan “yigiti”ning jiyanini o‘g‘riladi


Toshkent viloyati Bekobod tumanida 18 yashar qiz o‘zi bilan yaqin munosabatda bo‘lgan yigitning jiyanini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu voqea joriy yilning 27 fevral kuni sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan Sevaraxon Abdujalilova 1994 yilda tug‘ilgan Javohir Eshmatov bilan anchadan buyon yaqin munosabatda bo‘lib kelgan. Biroq, Javohir Eshmatov qizga uylanishni rad etgan. “Yigiti”dan bunday javobni olgan qiz esa jinoyatga qo‘l urdi.

  1. Javohir Eshmatovning 1988 yilda tug‘ilgan akasi –Bekobod tuman DSIda ishchi bo‘lib ishlovchi Jasurbek Eshmatovning 7 yashar qizi Asalxon Botirovani maktabgacha tayyorlash kursidan olib qochgan.

    Sevaraxon Abdujalilova Bekobod tumani, Zafar qo‘rg‘onida joylashgan “Barkamol avlod” tashkiloti binosining ikkinchi qavatida joylashgan maktabga tayyorlash kursi sinfxonasiga kirib, qizaloqni aldov yo‘li bilan o‘g‘irlab ketgan.

    Olingan tezkor ma’lumotga asosan tuman IIB xodimlari tomonidan Sevaraxon Abdujalilova va Asalxon Botirovaning Bo‘stonliq tumani Chorbog‘ qo‘rg‘onida ekanligi aniqlanib, ushlangan. aloq ota-onasiga qaytarilgan.

    Bekobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi 2-qismi “a,b” bandi(odam o‘g‘irlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumon qilinuvchi Sevaraxon Abdujalilovaga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llash haqida sudga iltimosnoma kiritish masalasi muhokama qilinmoqda.

Sud tomonidan JKning 137-moddasi 2-qismi “a,b” bandi bilan aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo tayinlanishi mumkin.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9730 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 18 yashar qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
KaRiM_2929 Kxe-xe-xe :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное