Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Pazanda - Soundtrack
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

1 avgustdan "O‘zbeknavo" TV-kanallarda berilayotgan kliplarni nazorat qiladi

"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi lisenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqaxxorov bergan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1-avgustidan boshlab barcha telekanallarning badiiy kengashi bir bo‘lib "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi qoshida bo‘lib o‘tadi.
Ya’nikim, taqdim etilgan klip taqdirini xar bir telekanalning bugungi kungacha o‘z mavxum badiiy kengashi emas, balki xamma telekanal uchun bir joydagi badiiy kengash xal qiladi.
Bugungi kungacha mana shu mavxum badiiy kengash va efir uchun tayyorlangan media maxsulotlari bo‘yicha turli anglishmovchiliklar xonandalarni yaxshigina sarson bo‘lishiga sabab bo‘lib, kerak bo‘lsa bir qo‘shiqqa xar bir telekanal uchun ikki turdagi klip taqdim etardi. Bu esa xonanda uchun yana bir xarajat demak.
Masalan, yaqindagi xolat: xonanda Muzaffar Mirzaraximovning "Lolajon" qo‘shig‘iga ishlangan syujet klip MU5 telekanalida "aylangan"iga qaramay, oradan biroz vaqt o‘tib ushbu qo‘shiqqa mutlaqo o‘zgacha va oddiy trek ko‘rinishidagi klip "Navo" telekanalida qo‘yila boshlaganini sababini xam shundan tushunish qiyin emas.
O‘zbek tvsi tarixiy muzey kabi-san’ati boru siljishi yo‘q!
Badiiy kengash bilan bog‘liq sitema bizda bugungi kungacha umuman yo‘lga qo‘yilmagan. (nafaqat badiiy kengash balki san’at olamida judayam ko‘p narsalar faqat yozilmagan qonun asosida yuritiladigandek). Badiiy kengashdan nima uchun o‘tmaganini o‘zlari xam bilishmaydi xonandalargayam aytishmaydi. Aniq bir cheklovlari yozilgan yo‘riqnomasi xam yo‘q!
Qizig‘i, "Yoshlar" telekanali uchun Shoxruxxon, Rayxon va Munisa Rizayeva degan tushunchalar yot! Ming reytingi baland bo‘lib xitlari Respublikani qamrab turgan xonanda bo‘lsa xam, qo‘shiqlari eski kitoblardan olingan matn va klipi (agar ulargayam qirg‘in kelib kesilib ketmagan bo‘lsa) majnuntol oldida atlas ko‘ylak ishtonda bo‘lmasa, bu kanal klip qo‘ymaydigandek. O‘zbek telekanali degani ularda faqat o‘zbek milliy kiyimi va o‘zbek milliy adabiyoti xolos! Muzeymasku, tvku!
Asli davlat telekanalida intervyu yoki bironta ko‘rsatuvga yigit kishini taklif qilishsa, aytishlaricha oldindan ogoxlantirishar ekan: Kostyum shim va galstuk, yoki oq ko‘ylak qora shim... Yaxshiyam chopon va qiyiqcha emas ekan... Kimi o‘lipti buni derdi ko‘rgan odam.
O‘zbek tvsi xaqida o‘zi bir martta yozganimda, u yerdagi ishchilar go‘yoki bugungi davr va zamondan majburan ayro qilinib, tv devorlari ortida yashab tashqarida nima xayotligidan xabardor emasdek tuyuladi menga degandim. Rosti xam davlat telekanallarida xanuz o‘sha prinsip-to‘rtta galstuklik kishi o‘zi bilan o‘zi gaplashib o‘tiraveradi va ularga kamera qarab turibdimi , o‘zi nima mavzu xaqida gap, farqi yo‘q. Sal qolsa narda o‘ynab ketishligisi qoladi. Odamlarga qiziqmi bu yo‘qmi farqi yo‘qdek. Efir to‘ldirilsa bo‘ldidek.
O‘sha o‘sha qop-qorong‘u xonaga to‘rtta chiroq odamlarni ko‘rsatsa kifoya. Orqa taraf xamisha qop qorong‘u. Na bir rivojlanish va na bir siljish yo‘q. U yerlarga Mustaqillik xali kirib kelmagandek tavba. Yana tvmush!
Bundo, bu xordiq chiqarish uchun yaralgan to‘rtburchak matoxku, ishdan kelib bir baxri dilim yayrasin deb cho‘zilib o‘ztvga qo‘yassu shundog‘am kun bo‘yi siqilib va yana siqilibla ketganingizni bu qora muxitdagi efir bosib, pachag‘lab, psixikangizga salbiy ta’sir ko‘rsatib, "bor omborga, ana arqon, os o‘zingni!" deb turtki beradigandek.
Sal o‘tlandi...uzr, qiyinda chidash, iloj yo‘q o‘tlamay...juda bir og‘riqli va qatoooor muammolari mavjud mavzu!
Xullas 1-avgustdan keyin barcha telekanallarda xonandalarning faqatgina "Boy ila Xizmatchi" stilidagi kliplarini ko‘ramizmi yo qandaydir ijod va fantaziya tushunchalarini aslida (kak ni stranno) san’atga aloqador ekanligini xam tushunib yetamizmi buni endi kutishga vaqt oz qolmoqda.
Fursatdan foydalanib, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi lisenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqaxxorov bilan yana bir marotaba intervyu o‘tkazishga kelishganimiz va (albatta) anonim tarzda qolishni istagan (yestestvenno) xonandalaru va ularning prodyuserlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan savollari xamda shaxsan o‘zimga xam qiziq tuyulayotgan ayrim adolatsizliklar xususida xam suxbatlashish niyatim borligini ma’lum qilaman.
Kuting va albatta bu kutishga loyiq bo‘lishiga ishonchim komil!


 
by SJ | with Tarona.Net


Manba:sayyod.com
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4862 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Skilful Bilmasam lekin Men kirib o'qigan vaqtimda yo'q edi!
админbiz qaysi saytdan ma'lumot olsak kun.uz sayyod.com darakchi.uz, daryo.uz barini manbada ko'satamiz. balkim ayrimlari hatolik tufayli qoyilmiy qolgan bolishi mumkin, ammo etibor bilan barchasida manba ko'rsatamiz. Chunki bu o'sha saytning mexnati xisoblanadi. Ayniqsa sayyod.com sayti va Sardor okaga hurmatimiz juda baland!
Like | 0
Skilful Birovlarga mualliflik huquqi deysiz ku lekin o'zizchi? Bu Sardar akani loyihasi Sayyod Shou, Yoshlar va h.k....!
Qani manba?
админyozib qoyilganku manba:sayyod.com deb sizga ko'rinmayaptimi?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное