Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

1 daqiqa vaqtingizni oluvchi psixologik test
Suratda ko'rsatilgan geometrik shakllardan o'zingiz yoqtirgan shaklni tanlang. Ushbu shakl ostidagi izohni o'qib, o'zingiz haqingizda bilib oling.


 

Zigzag

Siz mustaqil va kreativ bo’lishni qadrlaysiz. Boshqalarning fikri ortidan ketmaysiz. Har qanday savolga ijodkorona javob topasiz. Barcha ishga originallik va estetik yondoshishga harakat qilasiz. Biroq sizga cheklovlar halaqit qiladi.

Aylana

Siz ochiq ko’ngil va his-tuyg’ularga beriluvchan insonsiz. Birovlarni tinglashni va ular uchun qayg’urishni eplay olasiz. Odamlar sizni mehribonligingiz va xushmuomalali ekanligingiz uchun qadrlaydilar.  Barchaga yordam berishga harakat qilishingiz va qarorsizligingiz sizning fe’lingizning yagona negativ xususiyati deb aytish mumkin.

Kvadrat

Siz mantiqan fikrlovchi va mukammallikka intiluvchi insonsiz. Qattiqo’llik, chidamkorlik va o’rganish qobiliyati sizni o’z kasbingizning yetuk egasi bo’lishingizni ta’minlaydi.  Biroq ko’pchilik sizni hissiz va juda ham ehtiyotkor inson deb o’ylashadi.

Uchburchak

O’zingizga bo’lgan ishonch,  kuch-quvvatingiz va o’z fikrlaringizni himoya qila olishingiz sizni ham ishda, ham do’stlar orasida lider darajasigacha olib chiqa oladi. O’z maqsadlaringiz sari shaxdam qadamlar bilan borasiz. Biroq xato qilib qo’ygudek bo’lsangiz, buni tan olishni xohlamaysiz.

To’rtburchak

Siz hayotning qo’ygan  shartlaridan unchalik qoniqmaysiz. Siz tanaffuslar haqida orzu qilasiz.  O’zingizni anglashga harakat qilishingiz, yangi bilimlar izlanuvi, qiziqishlaringiz va qat’iy qarorlar qabul qila olishingiz bu sizdagi fe’l-atvorning ijobiy xususiyatlaridir.  Bu esa sizga maqsadlaringizga erishish yo’lida yordam beradi.   

 
Miracle tayyorladi.


Manba:tarona.net
Категория: Qiziqarli
Просмотров: 26303 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Psixologik test
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
slada yomonmas baribir g`alati
Like | 0
farhod8483 manda tog'ri chiqdi :o
Like | +1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное