Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 sentyabrdan eng kam ish haqi o‘rniga boshqa miqdorlar belgilandi


Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida Prezident Farmoni (2019 yil 21 may, PF-5723) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga quyidagi miqdorlar belgilandi:

  • Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 577 170 so‘m;
  • Bazaviy hisoblash – 202 730 so‘m;
  • Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 202 730 so‘m.

Bunda:

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qo‘shimcha haq, gonorar, qo‘shimcha ish uchun kompensatsiya to‘lovlari va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qo‘yilgan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik bo‘yicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladi.

Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qo‘llaniladi:

  • soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlarning miqdorlarini;
  • tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun patent, lisenziya va boshqa to‘lovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda to‘lanadigan aksiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning cheklangan miqdorini.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qo‘shimcha haq va kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek, xodimlar sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashda qo‘llaniladi.

Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qo‘shimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va rag‘batlantiruvchi tusdagi to‘lovlarning barcha turlari mazkur to‘lovlarning so‘mda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3203 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: eng kam ish haqi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
O‘ktam пишет: | 25.05.2019 | 03:41 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует ooqituvchilar maoshi haqda kkoproq mmalumot bersangiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное