Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

2020 yilgi Olimpiada o'yinlari Tokioda o'tkaziladi

Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida o'tkazilayotgan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning ijroiy qo'mita yig'ilishida 2020 yilgi Olimpiada o'yinlariga mezbonlik qiladigan shahar nomi e'lon qilindi.


Ma'lumki, mazkur o'yinlarni o'tkazish uchun hal qiluvchi bosqichda Istambul (Turkiya), Tokio (Yaponiya) va Madrid (Ispaniya) shaharlariga ovoz berildi.

Ovoz berish jarayonining birinchi bosqichida - Tokio 42 ovoz, Madrid va Istambul 26 tadan ovoz to'pladi (qo'shimcha ovoz berish yakunlariga ko'ra Istambul shahri g'oliblikka erishdi 49 - 45).

Ikkinchi bosqichda Tokio shahri 60 ovoz to'plagan bo'lsa, Istambul shahriga 36 ovoz berildi.

Shu tariqa 2020 yilgi Olimpiada o'yinlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, 1964 yili Tokio shahrida yozgi Olimpiya o'yinlari o'tkazilgan. Bundan tashqari 1998 yilgi qishki Olimpiya o'yinlariga Yaponiyaning yana bir shahri Nagano mezbonlik qilgan, deb xabar beradi O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2948 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
SUVON-BEK Armwrestling sport turi kiritildimi olimpiada o'yinlariga???.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное