Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

29-mart kuni “Makro” supermarketining barcha qavatlari ishga tushadi

29-mart kuni Toshkentning Shayxontohur tumani Qoratosh mavzesida (mo‘ljal — "Korzinka” do‘koni qarshisida) qad ko‘targan "Makro” savdo markazining (rasmiy nomi "Samarqand Darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi) barcha qavatlari o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda foydalanuvchilardan biri Facebook’dagi "Potrebitel.Uz” guruhida ma’lum qildi.

0-qavatda, ya’ni savdo markazining yerto‘la qismida birinchi qurilish supermarketi joylashadi.

Ikkinchi va uchinchi qavatlar "shopping” markazi bo‘lib, u yerda mashhur xorijiy brendlar do‘konlari ochiladi. Do‘konlar erkaklar, ayollar, yoshlar va bolalar kiyimlari, to‘y liboslari, qishki kiyimlar, zargarlik buyumlari, soatlar, sovg‘alar, oyoq kiyimlari, uy uchun to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa turdagi buyumlar uchun mo‘ljallanadi. Ular orasida Colin’s, US Polo Assn., Celio, Louvre kabi mashhur brendlar bo‘lishi kutilmoqda.

Gipermarketning to‘rtinchi qavatida oilaviy ko‘ngilochar markaz joylashadi. U yerda o‘yinchoqlar do‘koni, o‘yin markazi, bouling, kinoteatr, qo‘g‘irchoq teatri xizmatidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Eng yuqori qavatdan restoran va kafelar o‘rin oladi. Ular turk, rus va o‘zbek taomlari, konditer mahsulotlariga mo‘ljallanadi.

Eslatib o‘tamiz, 8-dekabr kuni Toshkentdagi "eng katta va eng zamonaviy” deb ta’riflangan "Makro” savdo markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda gipermarketning oziq-ovqatlar bo‘limlaridan iborat birinchi qavati ishga tushdi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5772 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Makro
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Komol7889 xxexxxe yunusoboti mega planet buni oldida kichkina bob qoldiiiii :-D
Like | 0
Komol7889 zo'r eng kotta giper market bu bzani maxalada :-D
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное