Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

3 yoshli bola oldingi hayotini aytib berdi

Ba’zida inson hayotida kechayotgan voqea va hodisalar xuddi qachonlardir yuz bergandek, yuz berayotgan biror holat takrorlanayotgandek tuyuladi. Gohida bizga yetti yot bo‘lgan insonlarni biz qachonlardir tanigandek bo‘lamiz. Garchi olimlar tomonidan bu holatga xaligacha izoh topilmagan bo‘lsada, odamlar orasida ayni jarayonga nisbatan  “ruhning boshqa tanaga ko‘chishi” degan izoh ham mavjud.
Biz sizga hikoya qilmoqchi bo‘layotgan voqea ham aynan shu xususda. Yaqinda internet sahifalarida 3 yoshli bolaning o‘tgan hayotini eslay olishi, uni qay tarzda o‘ldirganliklari va murdasining qaerda ekanini aytib bergani borasidagi ma’lumotni o‘qib hayratlandim.

Siriya va Isroil o‘rtasidagi Golan tepaliklarida istiqomat qiluvchi bu bolakay oldingi hayotida uni bolta bilan o‘ldirganliklarini ma’lum qilgach, bir necha kun ichida butun dunyoga taniqli bo‘lib ketdi. Bolakay boshida uzun qizil hol bilan dunyoga kelgan, shu sabab odamlar uning so‘zlaridan kelib chiqib, ushbu hol uning o‘tmishdagi hayoti bilan bog‘liq ekaniga ishonishdi. U ulg‘ayib gapira boshlashi bilan oila a’zolari, xususan ota-onasiga uni kimdir bolta bilan o‘ldirgani haqida gapira boshlaydi. Bolakay kattalarni bir necha qishloq naridagi, ancha eskirgan uy tomon boshlab boradi va u qachonlardir shu uyda yashagani, oldingi hayotidagi ismi va asli qaerlik ekanini aytadi. Ushbu qishloqda istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ insonlar u ko‘rsatgan uyda haqiqatdan ham bolakay aytayotgan ismdagi kishi yashagani, ammo 4 yil oldin u sirli ravishda g‘oyib bo‘lganini aytishganida bolaning so‘zlariga bo‘lgan e’tibor yana ham kuchayib ketdi. G‘oyib bo‘lgan shaxsning qarindoshlari, yaqinlari u boshqa davlat chegarasidagi urushlarda halok bo‘lgan deb o‘ylaganliklarini aytishdi. Eng ajablanarlisi shundaki, 3 yoshli bolakay o‘z qotilining ismi va familiyasi, qotil bilan qachon qay tarzda tarzda uchratganini ham so‘zlab beradi. Tahmin qilinayotgan qotil bilan bolakay uchrashtirilganda, qotilning nima uchundir tobi qochib, rangi oqarib ketdi, lekin u qotillikni bo‘yniga olmaydi. Shundan so‘ng bolakay qishloq oqsoqollarini jasad ko‘milgan joyga boshlab boradi va aniq joyni ko‘rsatdi. Ushbu joy ochilgach, yer tagida bosh suyagi yorilgan erkak kishining jasadi, hodisa joyidan nariroqda esa qotillik qiroli sifatida yer ostiga ko‘mib qo‘yilgan bolta ham topildi. Bosh suyakdagi bolta urilgan joy esa 3 yoshli bolakayning boshidagi hol bilan bir joyda ekani xatto olimlarni ham kalovlantirib qo‘ydi. Bolakay ko‘rsatgan va aytib bergan ashyoviy dalillardan so‘ng qotil aybini bo‘yniga oldi. May oyining boshlarida yuz bergan bu voqea xususida olimlar xali hamon izlanish olib borishayapti. Biroq xanuzgacha aniq bir izoh yo‘q.

Aziz o‘quvchilar, agar sizda ham shu kabi voqealar, hodisalar haqida ma’lumot bo‘lsa saytda o‘z fikrlaringizni, hikoyangizni qoldirishingiz mumkin. Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

 
Umida Yakubova tayorladi


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 31504 | Комментарии: 12 | Рейтинг: 4| Рейтинг: 3 yoshli bola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 12
asal4953 Qotilga olloxni jazosi BULSA KERE BOLAKAY. QOYIL.
Like | 0
luiza1899 ollohni karomatlaridan birida odamzodga 3 marta hayot beriladi deyiwgani rost ekanda
Like | 0
nargiss88 Mo'jiza bu
Like | 0
us1992 Ushbu yozilgan xikoyangiz menda ozgacha tasir qoldirdi. Men shunga oxshash hikoyani. birinchi bor "Quroni Karim" da oqiganman. Lekin aytmoqchi bolyatganim Olim bolishdan oldinODAM bolaylik.
Like | 0
leyla8577 Vayu z6ru.
Like | 0
leyla8577 Vayu z6ru.
Like | 0
guli101192 Vo ajava
Like | 0
NuR_KR Bunday voqea ewitmadim
Like | 0
shaxzod4685 qoyile :-D
Like | 0
shaxzod4685 qoyile :-D
Like | 0
Dilshodbek2010 qoyil bolakayga
Like | 0
feruz9191 Bola ga usha odamni ruhi utib qolgan shekilli
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное