Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Klon-soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Pazanda - Sad Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Choli Qushi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

5 sentyabrdan xorijiy valyutani cheklovlarsiz sotish va sotib olish mumkin bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyov “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gifarmonni imzoladi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, 5 sentyabrdan O‘zbekistonning jismoniy shaxslari tijorat banklarining konvertatsiya bo‘limlarida amaldagi tartib-qoidalarga asosan chet el valyutasini erkin sotishi yoki sotib olishi mumkin. Ulardan esa chet elda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin.

Shu kundan e’tiboran O‘zbekistondagi yuridik shaxslar ham xalqaro operatsiyalar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xorij valyutasini sotib olishi mumkin.

Iste’mol tovarlari importi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlar jismoniy shaxslar uchun belgilangan tartibda bank hisob raqami orqali sotib olishlari mumkin.

Shuningdek, mulk shaklidan qat’i nazar eksportchilarning daromadini xorijiy valyutada sotish talabi bekor qilindi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari o‘z hisoblaridagi daromadni bank hisob raqamidan naqd shaklda olishlari mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida tovar, ish va xizmatlar uchun istisno tariqasida jahon amaliyotiga mos ravishda xalqaro bank plastik kartochkasidan tashqari, xorijiy valyutada to‘lovni amalga oshirish taqiqlanadi.

Endilikda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun narxlar va tariflar, kompaniyaning ustav kapitaliga qo‘yiladigan minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanadi.

Davlat bojlari, yig‘imlar va shu kabi majburiy to‘lovlar, konsullik yig‘imidan tashqari, faqat so‘mda qabul qilinadi.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5311 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mumkin bo‘ladi, sotib olish, xorijiy valyuta, sotish, cheklovlarsiz, 5 sentyabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
аватар отсутствует Qanchadan sotib olinadi $
Like | 0
farhod8483 zur bulibdiku :p Özbekiston kelajagi buyuk davlat vatanim man fahrlanaman wunday yurtda tug'ilganimga :p faqat olg'a Özbekiston %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное