Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

7-sentabr kuni Yerga 20 metrli asteroid yaqinlashadi

2014 RC raqamli asteroid AQSh sharqiy sohili vaqti bilan 7-sentabr 14:18 da (Toshkent vaqti bilan 23:18 da) yerga yaqinlashadi. Diametri 20 metrga teng obyekt sayyoraga minimal masofada yaqin keladi, deya xabar bermoqda NASA saytida.
Asteroid Yangi Zelandiya tepasidan uchib o‘tadi, bu Yer uchun hech qanday xavf solmaydi. Yaqinlashgan paytida u sayyoradan 40 ming kilometr balandlikda bo‘ladi.
Astronom olimlar 2014 RC’ni ilk bora 2014-yil 31-avgustga o‘tar kechasi Arizonadagi observatoriyadan aniqlashdi. So‘ng, 1-sentabrga o‘tar kechasi Gavayi orollaridagi Pan-STARRS mustaqil teleskopi ham obyektni qayd etdi.
Ikkala observatoriyaning kuzatuv natijalari Kembridj (Massachusets)dagi Kichik sayyoralar markaziga yuborildi. Catalina Sky Survey loyihasi observatoriyasi va Gavayi universitetining 2,2 metrli teleskopi 2014 RC trayektoriyasining o‘lchamlarini tasdiqladi.
Bundan buyon olimlar obyektni kuzatishda davom etmoqchi, chunki mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, u yana Yerga qaytib keladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7853 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yer, asteroid
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Jasiko Kemiydi navuncha qorqmasalaring
Like | 0
iqbol5458 ey kemasinam Alloh o'z panohida asrasin barchamizni
Like | 0
oybe91 Xudo biladi keladimi kemiydimi pol ochmela
Like | 0
ShadowFiend Olla. Hudo xoxlasa kemidi
Like | 0
boyvo44abola Alloxi ozi asrasin!
Like | 0
Shahzoda_zero balki kelar balkim kemas
Like | 0
Quyoshcha Manimcha kemasa kere...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное