Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Abiturient dastlab tanlagan yo‘nalishini keyin o‘zgartirishi mumkinmi? 8 savolga 8 javob

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi.
— Davlat test markazining sayti orqali ro‘yxatdan o‘tganman. Tanlagan ta’lim yo‘nalishlarimni o‘zgartirsam bo‘ladimi? 
— Abiturientlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagun (20-iyul)ga qadar doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishi mumkin.


— Fuqaroligi yo‘q shaxslar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qanday ro‘yxatdan o‘tadi?
— Fuqaroligi yo‘q shaxslar ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘ziga eng yaqin bo‘lgan istalgan davlat oliy ta’lim muassasasiga borib, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


— Harbiy OTMga hujjat topshirgan abiturientlar harbiy bo‘lmagan OTMlarga ham topshirishi mumkinmi?
— Mumkin. Abiturientlar oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan OTMlarning 5 tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin.


— IELTS imtihoni javobi 20-iyuldan keyin chiqsa, imtiyozlarga IELTS sertifikatini qo‘shsa bo‘ladimi?
— Abiturientlar o‘z ma’lumotlarini 20-iyulga qadar o‘zgartirishlari mumkin. Qabul yakunlangan (20-iyul)dan so‘ng ma’lumotlarga o‘zgartirish mumkin emas.


— Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sirtqi ta’lim shakliga topshirganda imtiyozi saqlanib qoladimi?
— Saqlanib qoladi. Chunki nogironligi bo‘lgan shaxslarga kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha ham qo‘shimcha kvotalar ajratilgan.


— Davlat test markazining sayti orqali ro‘yxatdan o‘tdim. Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani qaerdan olsam bo‘ladi?
— Abiturientlar test sinovida ishtirok etish uchun “Abiturient ruxsatnomasi”ni ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanganidan so‘ng, abitur.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada abiturientning test topshirish hududi, binosi va manzili, kuni, soati (smenasi), binoga kelish vaqti ko‘rsatilgan bo‘ladi.


— Menda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun beriladigan tavsiyanoma mavjud. Lekin ro‘yxatdan o‘tishda sizda hech qanday imtiyoz mavjud emas deb chiqmoqda. Nima qilsam bo‘ladi?
— “Nogironligi bo‘lgan shaxslar”, “Ko‘zi ojizlar”, “Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi” yoki “Chet tili sertifikati”ga ega abiturientlar ro‘yxatdan o‘tishda imtiyozlarini o‘zlari kiritadilar.
Agar abiturientda boshqa turdagi imtiyozlar bo‘lsa, bu imtiyozlar tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tganingizda sizning imtiyozingiz mavjud emas deb chiqayotgan bo‘lsa, sizga tavsiyanoma bergan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishingiz kerak.


— Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abiturientlarga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qo‘shimcha kvota ajratilganmi?
— O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abiturientlar uchun ta’lim shakllari bo‘yicha OTMlar kesimida alohida 5 foizli qo‘shimcha kvotalar ajratilgan.
Bunda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha jami 5 179 ta, shundan davlat granti asosida 1 175 ta, to‘lov-kontrakt asosida 4 004 ta, sirtqi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida mos ravishda 1 568 ta va 251 ta qo‘shimcha kvotalar ajratilgan.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2666 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yo'nalish, abiturient, Test, DTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное