Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

2018 yilda Toshkentdagi OTMlarning test sinovlari “O‘zekspomarkaz”da o‘tkazilishi mumkin


8-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va test sinovlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Mazkur tadbirda 2017–2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib borish, shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash kabi masalalar muhokama etildi, deb xabar beradi Uz24.

Davlat rahbari yoshlarda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga bo‘lgan talabning oshib borayotganini, bunda muhim bo‘lgan test sinovlari tizimining esa eskirganini ta’kidladi. Shuni hisobga olib test sinovlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish, bunda rivojlangan xorijiy davlatlarda sinovdan o‘tgan eng ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, test sinovlarining shaffofligini ta’minlash yuzasidan ham ko‘rsatmalar berdi.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xabar” nashri yozishicha, ayni paytda hukumat test sinovlari tizimini mukammallashtirish, imtihonlarning adolatli o‘tishiga zamin yaratish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga kirishgan. Bildirilgan takliflar ichida kelgusi yili Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishiga qabul bo‘yicha test sinovlarini to‘liq “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida o‘tkazish varianti ham bor. Abituriyentlar sonining ko‘pligi, pavilyonlardagi joyning kamligi inobatga olinib, imtihonlarni o‘n kun davomida o‘tkazilishi, bunda har kuni avvaldan belgilangan oliy ta’lim muassasalari uchun sinovlarni tashkil etilishi ham mumkin.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3883 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Test, DTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное