Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

2020 yildan test sinovisiz o‘qishga kirish mumkin bo‘ladi


2020 yildan boshlab bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladigan yana bir o‘zgarish – chet (ingliz, nemis, fransuz va sharq) tillaridan tashqari, masalan, o‘zbek tili, rus tili, matematika va boshqa umumta’lim fanlaridan ham sertifikat berilishi joriy etilishi mumkin. Bu haqda davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda ushbu tartib yuzasidan tegishli takliflar berilgan. Takliflarga ko‘ra test sinovlarini soddalashtirish, abiturientlarga qulaylik va imkoniyatlar yaratish maqsadida barcha umumta’lim fanlaridan xuddi shunday sertifikat berilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Abiturientlar umumiy yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasini tugatmay turib ham bunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Prezidentimizning murojaatnomalarida qayd etilganidek, yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirayotgan paytda shu fan bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.

Demak, abiturient oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul test sinovlariga qadar kerakli umumta’lim fanlaridan sertifikat olsa, test sinovida ishtirok etmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlovda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ayni paytda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ushbu tartibni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4175 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Test, DTM
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное