Adelning yangi qo‘shig‘i onlayn sotuv bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Adelning yangi Hello qo‘shig‘i zamonaviy musiqa tarixida bir hafta ichida million nusxada sotilgan kompozisiya bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Qo‘shiqchining yangi albomidagi birinchi qo‘shiq onlayn tarzda 1,11 mln marta sotilgan. Undan oldingi rekordchi Flou Rayda bo‘lib, uning Right Round qo‘shig‘i onlayn tarzda haftada 636 ming marta sotilgan edi.
Hello shuningdek, Billboard jurnalining haftalik top-100 ligiga ham kiritildi.
Adelning “25” deb nomlangan uchinchi albomi 20 noyabr kuni sotuvga chiqadi.