Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Adiz Rajabov ayni damda nimalar bilan band?

O‘zbek kinosining maxoratli aktyorlaridan biri, o‘zining bir-biridan qiziqarli obrazlari bilan xalqimiz nazariga tushgan kinoijodkor Adiz Rajabov bugungi kunda nimalar bilan band? Aktyor ishtirok etgan qaysi filmlar katta ekranlarga chiqish arafasida? Ayni damda qanday filmlarda rol ijro etmoqda? Barcha savollarga javob topish maqsadida Adiz Rajabov bilan bog‘landik.
“Yaqinda premerasi kutilayotgan filmlardan “Ustyurtga yo‘l” kartinasi, “Mexmonxona” serialini aytib o‘tishim mumkin. “Ustyurtga yo‘l” filmi haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, unda Akbarxo‘ja Rasulov, Nargiza Salmonova va boshqa o‘zbek hamda qoraqalpog‘istonlik aktyor va aktrisalarni ko‘rishingiz mumkin. Kartina voqealari Ustyurt cho‘lida qurilgan Neftkimyoviy zavod va mazkur zavodga tashrif buyurgan talabalar atrofida bo‘lib o‘tadi. Bilamizki bu zavod O‘rta Osiyo bo‘yicha birinchi marta Korea bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yirik loyiha hisoblanadi. Shu sababli kartinaning bir qismi Koreaning Seul shaxrida bo‘lib o‘tdi. Bu filmda ikkinchi darajali rolni ijro etganman.
“Mehmonxona” teleseriali esa “Yoshlar” teleradiokanali buyurtmasiga binoan “O‘zbektelefilm” Davlat unitar korxonasi tomonidan suratga olingan yigirma qismdan iborat teleserial hisoblanadi. Mazkur serialning rejissyori Akrom Isakov bo‘lib, serial voqealari poytaxtimizda joylashgan mehmonxonalarda bo‘lib o‘tadi.
Ayni damda suratga tushayotgan kartinalarimiz haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, Sanjar Shodievning “Tanho yulduz” deb nomlangan filmida bir qator aktyorlar va aktrisalar bilan birga rol ijro etmoqdamiz. Ayni damda suratga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Qolaversa, Yolqin To‘ychiev ssenariysi asosida suratga olinayotgan “Artist” sitkomida ham qiziqarli obrazlardan birini yaratyapman.” – deydi ijodiy yangiliklari bilan bo‘lishayotgan mahoratli aktyor Adiz Rajabov.
Demak, tez kunda sevimli aktyoringiz ishtirokidagi bir nechta kartina va seriallarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Shunday ekan, kuzatishda davom eting.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10164 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Adiz Rajabov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
Irodabonu Admin nega meni qoldirgan izohlarim chiqmayapdi?
Like | 0
feruz9191 Slushi Shox Aziz Rametov by umuman betga aloqasi yuq by Adiz Rajabov
Like | 0
shoxislom5758 E adawdiz filmlarini k6ring ismi familyasi chiqadiku. Adiz Rametov bowqa Aziz Rametov bowqa
Like | 0
Dilso'z пишет: | 28.08.2015 | 20:03 #4 Страница с комментарием
omina1710 Adiz Rajabov bu, Saida Rametovani farzandi Aziz Rametov. Adiz Rajabovga omad tilayman
Like | 0
Irodabonu Adiz Rajabov sevimli akty6rlarimdan biri ulaga omad tilayman va bir biriga 6xwamagan 6brizlarini kutib qolamiz
Like | 0
shoxislom5758 Adiz Rametov ku bu Admin. Qanaqa Rajabov
Like | 0
shoxislom5758 Filmni kutamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное