Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Afina markazida portlash sodir bo‘ldi

Gresiya poytaxti Afina shahri markazidagi tadbirkorlar federatsiyasi binosi yaqinida bomba portladi, deya xabar bermoqda Reyter agentligi polisiya ma’lumotlariga asoslangan holda.
Portlash mahalliy vaqt bilan 3:30 (Toshkent vaqti bilan 6:30)da grek parlamenti qarshisida joylashgan Sintagma maydoni yaqinida sodir etildi. Portlovchi uskuna soat mexanizmi yordamida harakatga kelgan.
Agentlikning polisiyadagi axborot manbasi so‘zlariga ko‘ra, qo‘poruvchilik harakatidan taxminan 30 daqiqa oldin portlashga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Bomba portlashi natijasida yaqin atrofdagi binolarning oynalari to‘kilib tushgan, hodisadan hech kim jabr ko‘rmagan.
Huquqni muhofaza qilish organlari taxminiga ko‘ra, portlash yunon jangari guruhlari tomonidan sodir etilgan. Bu kabi voqea 2015 yilning yanvarida hukumatga Aleksis Sipras bosh vazir bo‘lib kelganidan buyon ilk bor kuzatildi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4088 | Рейтинг: 0| Рейтинг: markazi, portlash sodir bo‘ldi, Afina
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное