Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Activist” harom deb aytgan modda haqiqatdan harommi? Fatvo markazi munosabat bildirdi
Avvalroq o‘zining mahsulotlar sifati va ularning yaroqliligi haqidagi tanqidiy videolari bilan “Activist” nomi orqali tanilgan Hojiakbar Nosirov 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik. U fuqarolarga turli ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mahsuloti bo‘lgan yogurtlarning tarkibida karmin E120 moddasi borligi sababli ularni iste’mol qilish harom ekani haqida fikrlar bildirgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ushbu talqin yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, karmin – qizil rangli bo‘yoq moddasi bo‘lib, Ye120 raqami ostida oziq-ovqat qo‘shimchalari sifatida foydalaniladi. Ushbu modda yarim qattiq qanotlilar guruhiga mansub bo‘lgan koshenil hasharotidan olinadi. To‘rt mazhab ulamolarining nazdida chigirtkadan boshqa hasharotlarni iste’mol qilish qat’iy man qilingan. 

Lekin hasharotlardan olinadigan moddalar, shu jumladan karmin Ye120 moddasi ham muayyan kimyoviy jarayon va usullardan o‘tishi bilan holati o‘zgarishi soha mutaxassislari va ulamolarimiz tomonidan aytilgan. Bu boradi Iordaniya fatvo hay’atining 3240-sonli Fatvosida quyidagilar bayon qilingan: 

“Hasharotlardan olinadigan moddalar kimyoviy yo‘llar bilan boshqa moddaga aylanadi. Bu jarayonni Islom shariatida “Istihola” ya’ni bir moddani boshqasiga o‘zgarishi deyiladi. Natijada, najosat va nopok bo‘lgan narsalar o‘z sifatlarini yo‘qotib boshqa narsaga aylanadi”.

Fatvo markaziga ko‘ra, bu masalada hanafiy mazhabining allomasi Kamol ibn Humom rahmatullohi alayh “Fathul-Qodiyr” kitoblarida bunday degan: 

“Shariat (biror narsani) najosat bo‘lishini muayyan mohiyatga bog‘lagan. Najosatning ba’zi sifatlari yo‘qolishi bilan najosatlik mohiyati ham yo‘qoladi. Agar najosatning barcha sifatlari yo‘qolsa, najosatlik mohiyati ham to‘liq yo‘qolgan bo‘ladi. Buning shar’iy masaladagi misoli: uzum suvi pok sanaladi. (Vaqt o‘tishi bilan) xamr (mast qiluvchi ichimlik)ga aylanib, najosat bo‘ladi. (Yana vaqt o‘tishi bilan) xamr sirkaga aylanib, pok bo‘ladi”.  

Keltirilishicha, karmin moddasi haqida Fatvolar va tadqiqotlar bo‘yicha Yevropa Kengashi o‘zining 19-sonli fatvosida quyidagicha qaror qilgan:

 “Carmine E120 moddasi garchi kelib chiqishi hayvonlardan bo‘lsa ham, kimyoviy ishlovdan o‘tadi, natijada o‘z tuzilishini o‘zgartiradi hamda asl xususiyatlarini yo‘qotadi”.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi yuqoridagilardan kelib chiqib karmin E120 moddasi qo‘shilgan mahsulotlarni iste’mol qilish joiz ekanini ma’lum qildi. 

“Lekin ushbu fatvolar ulamolar tomonidan e’lon qilingan bo‘lsada, zamonamizdagi ayrim ahli ilmlardan mazkur masalada ehtiyot yo‘lini tutishni tavsiya etganlari ham bor. Xulosa qilib aytganda, ulamolar ruxsat berib qo‘ygan tarafni olib ba’zi bir odamlar karmin moddasi qo‘shilgan mahsulotni iste’mol qilsa, taqvo va ehtiyot yo‘lini tutganlar ularni malomat qilmasliklari kerak”, deyiladi xabarda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1894 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Fatvo, DEB, markazi, munosabat, Activist, harommi, modda, bildirdi, haqiqatdan, harom, aytgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное