Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“O‘zbekneftgaz” benzin narxi tushishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 8-yanvar kuni avtobenzin narxi arzonlashganiga oid xabarlar tarqaldi. Shu yuzasidan “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, “O‘zbekneftgaz” tomonidan avtobenzin taqchilligi oldini olish, iste’molchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi o‘zgarishlar eng avvalo jamiyat matbuot xizmati va OAV orqali rasman ommaga yetkaziladi.

Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisining topshirig‘iga asosan, ishchi guruhlari tuzilib, neft mahsulotlarining iste’molchilarga yetkazib berilishi to‘liq nazoratga olingan.

“Benzin taqchilligining oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida ‘O‘zbekneftgaz’, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Tovar-xomashyo birjasi hamkorligida chora-tadbirlar bajarilmoqda.

Bugungi kunda birja savdolari orqali savdoga chiqarilayotgan avtobenzin sotib olinib, iste’molchiga yetkazib berilgunga qadar (soliq, rentabellik, transport xarajatlari va boshqa xarajatlar) 6700 so‘mni tashkil etmoqda.

Xarajatlarni kamaytirish borasida qilinayotgan ishlarning samarasi o‘laroq, bugungi kunda ‘O‘zbekneftgaz’ga qarashli UNG Petro korxonasi AYoQShlarida 6500 so‘mdan sotib kelinmoqda. Respublika hududidagi ‘O‘zbekneftgaz’ning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta’minlanmoqda.

Avtobenzin narxi arzonlashishi borasida yangiliklar jamiyatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qilamiz” – deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston birja savdolarida Ai-80 benzin narxi bir haftada qariyb 6,3 foizga arzonlashgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 17-noyabrdan buyon birja savdolarida Ai-80 benzinining narxida tushish kuzatilmoqda. Shu kuni savdolarda benzin narxi 9 million 365 ming so‘mgacha tushib, 15-noyabrga nisbatan 8 foizga arzonlashgan. 18-noyabr kuni esa 9 million 180 ming 500 so‘mga pasayib, 9 foizga arzonlashgan. 22-noyabr holatiga ko‘ra benzin narxi hamon tushishda davom etmoqda. Birja matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 15–21-noyabr kunlari benzinning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 10 129 400 so‘mdan 9 168 400 so‘mgacha, ya’ni 9,5 foizga pasaygan. 23-noyabr kuni O‘zbekiston birja savdolarida Ai-80 benzin narxi bir haftada 15 foizga arzonlashgani ma’lum bo‘ldi. 20—26-dekabr kunlari esa Ai-80 avtomobil benzinining narxi 4,8 foizga arzonlashgan edi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3098 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bildirdi, “O‘zbekneftgaz”, Benzin, tushishi, narxi, munosabat, haqidagi, xabarlarga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное