Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ahmedova Shahrizada Farhodovna! (KANIZA)

Ahmedova Shahrizoda Farhodovna 28 aprel 1985 yilda Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan. Millati o'zbek, ma'lumoti o'rta mahsus. Xonandaning oilasi katta: ota- onasi, akasi, ikkita opasi hamda ota-onasining erka va kenja farzandi Shahrizoda (Kaniza). Shahrizoda 1992 yilda Qo'qon shahridagi 21-o'rta maktabining  1-sinfiga o'qishga borib, 2001 yilda shu maktabning 9-sinfini tamomlagan. 2001 yilda Toshkent shahridagi "Benkov" nomidagi O'zbekiston Respublikasi rassomchilik kollejining Milliy liboslar dizayni fakultetiga o'qishga kirib 2004 yilda model'er-dizayner dizayner diplomini qo'lga kiritdi. O'qishni tugatgach musiqaga qiziqishni boshlagan va 2006 yildan buyon yakkaxon tarzda o'z ijodini boshlagan. Bobosi - O'zbekiston xalq artisti Murodjon Ahmedovni turmush o'rtog'i, ya'ni buvisi Kanizaxonni ismlarini o'ziga tahallus qilib olgan. Kaniza - tojikcha ism bo'lib, jasur, dovyurak, shaddod qiz ma'nosini anglatadi.

2007 yildan buyon O'zbekiston Yoshlar ijodiyot uyining boshlang'ich guruh rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. 2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Yosh iste'dodlar uchun ta'sis etilgan "Nihol" mukofoti bilan taqdirlandi. Bundan tashqari o'zini aktrisa sifati sinab, "Sehrli uzuk" musiqiy filmida Farangiz ismli qizni rolini ijro etgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2886 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NaTaLi Omad tilayman
Like | 0
BlackStarMega Omad
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное