Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Air New Zealand dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi deb topildi

Yangi Zelandiyadagi eng yirik aviatashuvchi hisoblangan Air New Zealand dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyasi deya tan olindi. Kompaniya AirlineRatings portali tomonidan 2022-yil uchun tuzilgan reytingning eng yuqori pog‘onasini egallagan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar BAA hamda Qatarning Etihad Airways va Qatar Airways aviakompaniyalariga nasib etgan. Ularning ortidan

  • Singapore Airlinews (Singapur);
  • TAP Air Portugal (Portugaliya);
  • SAS (Daniya, Norvegiya va Shvetsiya);
  • Qantas (Avstraliya);
  • Alaska Airlines (AQSh);
  • EVA Air (Tayvan);
  • Virgin Australia/Atlantic (Buyuk Britaniya).

Reytingning eng oxirgi pog‘onasini — 20-o‘rinni Dubayning Emirates aviakompaniyasi egallagan.

Shuningdek, eng xavfsizlik loukoserlar qatoridan Allegiant (AQSh), Easyjet (Buyuk Britaniya), Frontier (AQSh), Jetstar Group (Avstraliya), Jetblue (AQSh), Ryanair (Irlandiya), Vietjet (Vyetnam), Volaris (Meksika), Westjet (Kanada) va Wizz Air (Vengriya) o‘rin olgan. Reyting mualliflari ularga alohida o‘rin bermagan, shunchaki aviatashuvchilarni alifbo tartibida joylashtirib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda dunyodagi eng xavfsiz aviakompaniyalar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Qantas egallagandi. Qatar Airlines esa dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topilgan edi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 956 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Air, aviakompaniyasi, Zealand, eng, DEB, xavfsiz, New, topildi, Dunyoning
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное