Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Kara Para Ask - Soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Merlin-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Dam olish kunlarining eng muhim uchrashuvlari

Bu hafta futbol muxlislarini bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda. Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
“Volfsburg” – “Shalke-04”. (Yakshanba. NTV-Plyus Futbol 2. 20:30)
“Volfsburg” jamoasi keyingi mavsumda o‘zining Chempionlar ligasidagi ishtirokini ta’minlab qo‘ygan. Qolgan 6ta turda klub 4-o‘rindan pastga tushmaydi. “Shalke” esa top-4 ga kirish uchun bor kuchini sarflashi kerak bo‘ladi. Jamoa “Bayer”dan 10 ochko ortda bormoqda.
“Real Madrid” – “Malaga”. (Shanba. NTV-Plyus Futbol 3. 23:00)
O‘tgan turda “Barselona”ning “Sevilya” bilan durang qayd etgani “Real”ni yana chempionlik poygasi qaytardi. “Madridliklar” “Barselona”ni mag‘lub etgan jamoa bilan to‘qnash kelishadi. Hozirda “Real”ni “Barselona”dan 2 ochko ajratib turibdi.
“Yuventus” – “Lasio”. (Shanba. Sport Plyus. 23:45)
Ikki musobaqada kurash olib borayotgan “turinliklar” o‘tgan turda autsayder jamoa – “Parma”dan mag‘lub bo‘lishdi. Bu gal ularga ancha nomdorroq jamoa qarshi chiqadi. 8 o‘yindan beri g‘alabaga erishib kelayotgan “Lasio” klubi safarda bo‘lishiga qaramay, “Yuventus”ga ancha tashvish tug‘dirishi mumkin.
“Inter” – “Milan”. (Yakshanba. NTV-Plyus Futbol 1. 23:45)
O‘z vaqtida dunyoning eng nomdor klublari bo‘lgan, bugungi kunda esa A seriyaning 9 hamda 10-o‘rinlaridan borayotgan Milan derbisi ham shiddatli kechishi tayin. Chunki “Inter”ni “Milan”dan bir ochkogina ajratib turibdi. Joriy yilning birinchi doirasidagi ular o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan edi.
 “SSKA” – “Krasnodar”.  (Yakshanba. Sport Plyus, Nash Futbol. 15:30)
“SSKA” klubi oxirgi 3ta uchrashuvning hammasida mag‘lubiyatga uchrab, chempionlik uchun kurashdan deyarli chiqib ketdi. Ular 24-turda 4ta uchrashuvdan beri g‘alaba qozonib kelayotgan “Krasnodar”ni qabul qiladi. “SSKA” g‘alaba qozongan taqdirda ham 2-o‘ringa ko‘tarila olmasa-da, “Krasnodar” bilan oradagi farqni 1 ochkoga qisqartirib oladi.
“Barselona” – “Valensiya”. (Shanba. NTV-Plyus Futbol 3. 19:00)
O‘tgan turda “Sevilya” bilan durang o‘ynab, 4 ochkolik farqni qisqartirgan “Barselona” jamoasi o‘z maydonida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Valensiya”ni qabul qiladi.  Musobaqa jadvalining yuqori qismidagi jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv keskin kurashlarga boy bo‘ladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi davra uchrashuvi ham teng kurashlar ostida o‘tib, 94-daqiqada Buskets kiritgan gol evaziga “kataloniyaliklar” kichik hisobda zafar quchishgan edi.
“Chelsi” – “Manchester Yunayted”. (Shanba. NTV-Plyus Futbol 1. 21:30)
Kutilmagan natijalarga boyligi bilan barchaga qiziq bo‘lgan Angliya premer ligasida eng nomdor jamoalardan hisoblangan “Chelsi” hamda “MYu” uchrashuvi APL 33-turining eng qiziq bahsi bo‘lishi kutilmoqda.  Birinchi davra bahsida jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishgan edi. Van Gal boshchiligidan “MYu” o‘yinida barqarorlik ko‘rina boshladi. Ular oxirgi 6ta uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozonishmoqda.
Manba:kun.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3671 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dam olish kuni, eng, muhim uchrashuvlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное