Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Media-festival eng munosiblarni taqdirladi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi oldidan 2015 yilning 21 avgust kuni poytaxtning “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasida VIII “Ozod yurt to‘lqinlari” an’anaviy media-festivali g‘oliblarini taqdirlash marosi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Media-festivalni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi Akmal Saidov ochib berdi.
MEDIA SOHADA ASRLARGA TATIYDIGAN IShLAR QILINDI
Svetlana Ortiqova, senator (hakamalar hay’ati a’zosi):
— Men ushbu festivalda sakkizinchi marotaba hakamlar a’zosi sifatida qatnashyapman. 24 yil ichida bizning media soha shu qadar rivojlanganidan, bu sohada asrlarga tatigulik ishlar qilinganidan va bu jarayonga yoshlar o‘z hissasini qo‘shayotganligidan juda xursandman. Bugun islohotlar islohot uchun emas balki inson manfaati va huquqi uchun xizmat qilayotgani va mana shu islohotlarga oz bo‘lsada barchamizni hissamiz borligidan mamnunman. Fursatdan foydalanib, hammamizni kirib kelayotgan bayram bilan tabriklayman!
SO‘Z G‘OLIBLARGA
“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi dastur” nominatsiyasida Elektron OAVMAning Yoshlar telestudiyasi g‘olib bo‘ldi.  ??? Baxtiyor Safarov:
— Ochig‘ini aytganda nominatsiyaning o‘zi yosh ijodkorlarni hayajonga soldi chunki mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng islohotlar qolaversa bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatini amaldagi vazifasini matbuotda aynan yoshlar tili  bilan yoritish juda katta mas’uliyatli ish. “Yoshlar” studiyasi ijodkorlari mana shunday mas’uliyatli ishni uddasidan chiqishga baholi qudrat harakat qilyapti. Bu mukofot yosh ijodkorlarga davlatimiz tomonidan berilayotgan katta e’tibordan dalolat.
“Mening yurtim” telekanali “Eng yaxshi media loyiha” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Tlekanal direktori Nazira Maqsudova:
 Aytish mumkinki, o‘tgan davr mobaynida ayniqsa so‘nggi yillarda OAVni liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan qator huquqiy chora tadbirlar amalga oshirildi va mana shu imkoniyatlar zamirida “Mening yurtim” telekanali barpo bo‘ldi deyish mumkin. Albatta yosh telekanalning samarali faoliyat olib borishida ham mana shu imkoniyatlar yordam berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aytish joizki, media sohaga kirib kelganiga ko‘p bo‘lmagan, jamoasining aksariyatini yoshlar tashkil qilgan bo‘lsa-da, lekin uzoq va katta maqsadlarni ko‘zlagan telekanalimiz bu ishonchni oqlaydi!
“Samarqand-STV” telekanali “Eng yaxshi telestansiya” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Telekanal direktori Ulug‘bek Ahmedov:
— Men ushbu nominatsiyada g‘olib bo‘lishni juda istagandim. Ayni damda hakamlar tomonidan eng yaxshi deya e’tirof etilganimimzdan g‘urur va faxrga to‘lib toshyapman. Biz bunga munosib harakat qildik deb o‘ylayman. Ishonch va tanlov uchun barchaga rahmat.
“Oriat FM” radiostansiyasi “Eng yaxshi radiostansiya” nominatsiyasi g‘olibi. Radiostansiya rahbari Baxtiyor Usmonov:
— Mustaqillik bayramimiz arafasida topshirilgan ushbu mukofotni olganimizdan quvonchimiz cheksiz. Bu nafaqat “Oriat FM” radiosining, balki barcha radiostansiyalarning yutug‘i deb hisoblayman. Sababi biz barcha radiostansiyalarning faoliyatini kuzatib, o‘rganib boramiz va o‘z ustimizda tinmay ishlashimiz natijasida ish sifatimiz ham oshib boradi.
G‘olib va sovrindorlarga festival statuetkasi, diplom va sovg‘alar topshirildi. Tadbir doirasida «Mening yurtim – mening faxrim» ijtimoiy aksiyasi g‘oliblari ham taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ajratilgan davlat grantlari sohiblariga sertifikatlar topshirildi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3595 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Media-festival, O'zbekiston, eng munosib, eng
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
BaBy_DiNoOo Tabriklayman F
Like | 0
oxun1992vrn hammalariga omad oilaviy baxt tileyman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное