Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Akbar Atamuhamedov Tramp va Shavkat Mirziyoyev siyosati o‘rtasidagi farqni e’tirof etdi



Sado» guruhi yakkaxoni Akbar Atamuhamedov o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joylagan postida prezident Shavkat Mirziyoyevning qisqa vaqt ichida amalga oshirgan islohotlarini e’tirof etdi. «Amerikada Donald Trampning prezidentlik postidagi 100 kunlik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlarini muhokama qilishmoqda. Migratsion siyosat, tibbiyot, Suriya va Shimoliy Koreyadagi tanazzul haqida gapirishmoqda. Trampning o‘zi esa natijalarini ancha ijobiy baholadi. Mening esa hayolimga birinchi bo‘lib bizning Prezidentimiz va analogik davrda uning amalga oshirgan ishlari keldi»,- deb yozadi xonanda postida. Akbar prezidentimiz amalga oshirgan islohotlarni birma-bir sanab o‘tgan. Ular orasida avval yopiq bo‘lgan yo‘llarning ochilishi va ta’mirlanishi, yangi metro bekatlarining qurilishi, virtual qabulxona va ishonch telefonlarining yo‘lga qo‘yilishi, «eski» sxema bo‘yicha ishlovchi qator mansabdor shaxslarning ishdan olinishi, yo‘llarda kameralarning o‘rnatilishi va natijada poytaxt haydovchilarining ancha tartibga solingani, fermer va dehqonlar uchun, urush qatnashchilari uchun yaratilgan qulayliklar, nihoyat Madaniyat vazirligining sportdan ajralgani va mahallarda obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilayotganligi masalalarini e’tirof etgan.
«Shavkat Mirziyoyevning reytingi qanday ekanini bilmaymanu, ammo bugun yana saylov bo‘lganda biz yana boshqa nomzodlarga jiddiy e’tibor qaratmagan bo‘lardik»,- deb tugatgan xonanda fikrini.
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3404 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Akbar Atamuhamedov, Shavkat Mirziyoyev, Donald Tramp
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное