Bahrom Nazarov - Yetiml... Bahrom Nazarov - Yetiml...
VIA Marokand - Boychech... VIA Marokand - Boychech...
Nilufar Usmonova - Kel ... Nilufar Usmonova - Kel ...
Sardor Rahimxon - Madin... Sardor Rahimxon - Madin...
Sardor Mamadaliyev - Ar... Sardor Mamadaliyev - Ar...
Asilbek Amanulloh - Jan... Asilbek Amanulloh - Jan...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Ishq Jodusi - All I want
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Soundtreck-Великолепный Век
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Ayol Qalbi - True Love
. Alisher Uzoqov - Sevgi farishtasi [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Qaxvaxona - soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bosh vazirning virtual qabulxonasi yillar davomida yig`ilib qolgan muammolarga tezda echim topmoqda


 



O`zbekiston hukumati portalida ochilgan Bosh vazirning virtual qabulxonasini (pm.gov.uz) o`zbek davlatchilik maktabiga mansub adolatparvarlik, haqiqatni ta`minlash borasidagi an`analarning mantiqiy davomi bo`ldi. Bugun minglab yurtdoshlarimiz hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bilan to`g`ridan-to`g`ri mamlakatimiz Bosh vaziriga murojaat qilmoqda.

Bunda murojaatni uch usulda – 210-00-00 yoki 10-00 qisqa raqamlariga qo`ng`iroq qilib (qo`ng`iroq mamlakatimiz bo`yicha bepul bo`lib, undan faqat stasionar telefonga qo`ng`iroq qilish narxi bo`yicha haq olinadi), pm.gov.uz manzilidagi maxsus murojaat shaklini to`ldirib yoki Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasining hududiy tashkilotlariga borib yuborish mumkin. Sayt (pm.gov.uz) orqali onlayn murojaat yuborish shakli hamma uchun tushunarli va sodda tuzilgan. Saytda murojaat maqomini (javob berilgan-berilmaganini) tekshirish mumkin. Eng muhimi, onlayn murojaatlarda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Bosh vazirning virtual qabulxonasiga dastlabki kuniyoq mamlakatimizning turli joylaridan mingga yaqin ariza, shikoyat va takliflar tushgan bo`lsa, bugun murojaatlar soni 20 mingdan oshib ketdi. Quvonarlisi, hozirga qadar yuzlab muammolar tezda o`z echimini topdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Shu yil mart oyida urganchlik Zulfiya Bekberganovaning 25 yoshli o`g`li Xurram Qurbonovning bosh miyasida qon quyilish holati aniqlangan. Shifokorlar uni xorijda davolatishni tavsiya qilgan. Muolaja uchun 8 ming dollar zarur edi. Z.Bekberganova o`tgan vaqt mobaynida milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertasiya qilish bo`yicha Xorazm viloyatidagi qator banklarga murojaat qilgan. Biroq ishi hal bo`lmagan. Zulfiya opa so`nggi umid sifatida shu yil 26 sentyabrda Bosh vazirning virtual qabulxonasiga ariza jo`natgan.

–  Portalga murojaat qilganimdan keyin oylar davomida meni o`ylatgan muammo ikki kunda hal bo`ldi, – deydi  Z.Bekberganova. – O`g`limni xorijda davolatish uchun xalqaro to`lov kartasiga etarlicha xorij valyutasini olganimda, quvonchdan yig`lab yubordim. “Mana, bizday oddiy fuqarolarning ham dardini tinglaydigan, muammolarini hal qilib beradigan inson bor ekan-ku”, dedim. Bu portal O`zbekistonda demokratiyaning mustahkam qaror topishida juda katta va muhim qadamdir.

Yana bir misol – Xorazm viloyati Xiva tumanida istiqomat qiluvchi Rohat Abdullaeva uyi buzilgach, 2014 yili yangi kottejga ko`chib o`tadi. Buzilgan uy shartnomada 139 million so`mga baholanadi. Biroq bu mablag`dan 38 million so`mini hokimlik to`lab bermaydi.

– Shu yil 26 sentyabr kuni Bosh vazirning virtual qabulxonasiga murojaat qildim, 28 sentyabrda buzilgan uyimdan qolgan 38 million so`mni bankdagi omonat daftarchamga o`tkazib berishdi, – deydi R.Abdullaeva. –  Mahallamizdagi yangi kottejlarga ko`chib o`tgan 47 qo`shnimda ham shu muammo bor edi. Viloyat va tuman hokimligi vakillari ularga ham qarzdorlikni to`lab bermoqda. Mahallamizda bayram bo`lib ketdi. Necha yillik muammolarimizni ikki kunda hal qilib bergani uchun Bosh vazirimizdan minnatdormiz.

Ha, bugungi fuqarolar bundan o`n besh-yigirma yil avvalgi odamlar emas. Mazkur virtual qabulxonaga murojaatlar xalqimizning davlat hokimiyatiga va qonun ustuvorligiga ishonchi oshib borayotganidan dalolat. Bu jamiyatimizda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari samarali tatbiq etilayotgani, xalqimizning ulardan foydalanish madaniyati yuksalib borayotganining isbotidir.

–  Mahallamizda elektr energiyasini kuniga o`rtacha 12 soat o`chirishar edi, bu muammoga echim izlab, bir necha marta tuman hokimligi va elektr tarmoqlari tashkilotiga murojaat qildik, biroq foydasi bo`lmadi, – deydi Xorazm viloyati Gurlan tumani Saxtiyon qishlog`ida yashovchi Jo`rabek Bobojonov. – Shu yil 25 sentyabrda Bosh vazirning virtual qabulxonasiga elektron murojaat yubordik, 29 sentyabrda mutasaddilar qishlog`imizga kelib, vaziyatni o`rgandi va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta`minlash yo`lga qo`yildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov doim “Odamlar hamma narsaga chidashi mumkin, lekin adolatsizlikka chiday olmaydi”, deb ko`p ta`kidlar edi. Mahallamizda shu muammoning tez kunda bartaraf bo`lgani misolida biz Bosh vazirimiz Birinchi Prezidentimiz g`oyalariga naqadar sodiq ekaniga amin bo`ldik.

Ellikqal`alik Ilhombek Yo`ldoshev Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya va ortopediya yo`nalishi bo`yicha magistraturasida 2-kurs talabasi. U bu yil shartnomaga pul topa olmagan. Shu bois Ellikqal`a tumanidagi barcha bank filiallariga ta`lim krediti ajratishni so`rab, murojaat qilgan. Aytishicha, buning uchun zarur barcha hujjatni taxlab olib borsa-da, birorta bank xodimi ularni loaqal varaqlab ham ko`rmagan.

– Bir kuni hatto soat 7 dan 19 gacha bankdan bankka qatnatib sarson qilishdi: biriga borsam, boshqasiga jo`natadi, axiyri, sargardonlikdan hammasiga qo`l siltab, Toshkentga qaytdim, – deydi I.Yo`ldoshev. – Endi o`qishni davom ettirishga ko`zim etmasdi. Shunda Bosh vazirning virtual qabulxonasi jonimga oro kirdi: murojaatim uch kunda hal bo`ldi. O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazirimiz Shavkat Mirziyoev 5 oktyabrda Samarqand viloyati faollari bilan bo`lgan uchrashuvda virtual qabulxonaga kelayotgan har bir murojaat Bosh vazirning nazoratida bo`lishini ta`kidladi. Chindan ham shunday: agar mening arzim Bosh vazirimizga etib bormaganda, bilmadim, yana qancha vaqt sarson yurardim yoki o`qishni tashlab ketarmidim...

Yashirib nima qildik: quyi bo`g`inlardagi eskicha fikrlaydigan ayrim rahbaru xodimlarga arz qilib ikki-uch marta qatnagan odamga “yozuvchi”, “arizaboz” tarzida qaraydiganlar ham bor. Albatta, har qanday jamiyatda bo`ldi-bo`lmadi ishga darrov shikoyat yozadiganlar topiladi. Biroq sanoqli bunday kimsalar kasriga qolgan shaxslarning ham shikoyatlarini e`tiborsiz qoldirish – jamiyatda muammolarning ildiz otib ketishiga sabab bo`lishi aniq-ku! Qolaversa, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning shartlaridan biri – fuqarolar o`z haq-huquqlarini mukammal bilishi, zarur holda, ularni talab qila olish layoqatiga ega bo`lishi lozim.

Bosh vazirning virtual qabulxonasi xalqimiz huquqiy madaniyatining yuksalib borish jarayonida samarali vosita, oydin ko`zgu bo`lmoqda.

Sirdaryo viloyati Xovos tumani Gulbahor shaharchasida yashovchi Muslimbek Xoliqberdiev bu yil Guliston davlat universitetining ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga to`lov-kontrakt asosida o`qishga kirdi. Biroq ota-onasi shartnoma pulini to`lash imkonini topa olmadi. Shu bois uning onasi Shoira Abdug`afforova joriy yil 7 sentyabrda “Agrobank”ning Xovos tumani filialiga ta`lim krediti so`rab, murojaat qiladi. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi “Oliy o`quv yurtlarida to`lov-kontrakt asosida o`qish uchun ta`lim kreditlari berish to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, tijorat banklari qarz oluvchining hujjatlarini 10 ish kunida ko`rib chiqib, yozma xulosa berishi shart. Biroq Sh.Abdug`afforova yigirma kunda ham aniq javob ololmay, sarson-sargardon bo`ladi. Vaziyat shu darajaga etadiki, 30 sentyabrgacha shartnoma puli to`lanmasa, Muslimbek talabalikdan mahrum bo`lishi aniq edi.

– Shartnoma pulini to`lash muddatiga uch kun qolgan, nima qilishni bilmasdik, bank xodimlarini sudga beraylik, desak, sud bu ishni ko`rib chiqishiga bir oy kerak – juda boshimiz qotgandi, – deydi Sh.Abdug`afforova. – 27 sentyabr kuni Bosh vazirning virtual qabulxonasi haqida eshitdimu,  darhol murojaat qildim. Qarang, ertasi kuni “Agrobank” o`g`limga ta`lim krediti ajratdi. Ishim hal bo`ldi, lekin bir savol meni qiynaydi: nega endi shunaqa kichkina masala ham, albatta, Bosh vazirimizga etib borgandan keyin hal bo`lishi kerak? Quyi bo`g`inlardagi rahbaru xodimlarga o`z vazifasini qonun doirasida, vaqtida, sifatli bajarishga nima xalal beradi?!.

Darhaqiqat, agar fuqaroning muammosi quyi bo`g`inda hal bo`lsa, u yuqori tashkilotlarga murojaat qilmaydi. Chunki bugungi zamon shiddatida har daqiqa – g`animat, katta boylik. Shunday ekan, Bosh vazirning virtual qabulxonasidan o`rnak olib, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlari fuqarolar murojaatlarini shaxsan o`z nazoratiga olishi, ularning muammolarini hal qilishda samarali tizimni yo`lga qo`yish vaqti allaqachon etib kelgan. Axir kimdir umid bilan hokimning oldiga borsa-yu, qabuliga kira olmasa, haftalab-oylab hokimiyat eshigida sarg`aysa, shundan so`ng qo`li biror ishga boradimi? Shunday vaziyatdan keyin uning qalbida tabiiy nish ura boshlagan jamiyatdan norozilik ertaga gazak otib ketmasligiga kim kafolat beradi?!.

Sirdaryo tumani Shirin ko`chasi 8-uyda yashovchi Mirsaid Nizomov Bosh vazirning virtual qabulxonasiga mazkur hududda 5-6 yildan buyon tabiiy gazda muntazam uzilishlar bo`layotganini, ushbu masalani hal etishda yordam so`rab murojaat qilgan. Sirdaryo viloyati hokimligidan ma`lum qilishlaricha, murojaatni o`rganish jarayonida mazkur hududdagi gaz quvurlari chindan ham ta`mirga muhtoj ekanligi aniqlangan. Tez kunlarda mazkur gaz quvurlari ta`mirlanib, tabiiy gaz ta`minoti to`liq yo`lga qo`yiladi. Savol tug`iladi: ushbu hudud mutasaddilari nega mazkur masalani o`z vaqtida o`rganib, tezda chora ko`rmadi? Yoki ular Bosh vazirga murojaatdan so`nggina bu erda gaz quvurlari chindan ta`mirtalab ekanini bilib qolishdimi?.. Yoki Sirdaryo tumani Uchtepa ko`chasi 49-uyda yashovchi Tatyana Karevaning hududda ichimlik suvi muammosini hal etishni so`rab qilgan murojaati o`rganilganda, bu erda ichimlik suvi ta`minotini to`liq yo`lga qo`yish uchun 500 metrga quvur yotqizish lozimligi aniqlandi. Ayni paytda bu boradagi loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, 2017 yilgi Investisiya dasturi asosida qurilish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.

Shu yil 26 sentyabrda Xorazm viloyati Yangiariq tumani Chiqirchi qishlog`idan Hurmat Matyoqubov virtual qabulxonaga murojaat qilib, mazkur hududda toza ichimlik suvi yo`qligi, quduqlar suvi sho`r bo`lgani uchun aholi 3 kilometr nariga borib, ichish uchun suv keltirayotganini aytadi. 2009 yili bu muammoni bartaraf etish uchun ish boshlangan, biroq chala qolgandi.

– Murojaatimizdan ikki kun o`tib, qishlog`imizda qurilish ishlari boshlanib ketdi, – deydi H.Matyoqubov. – Hozir 2009 yili yotqizilgan, ammo chirib ulgurgan quvurlarni ham qazib olib, yangilashyapti. Butun qishloq ahli necha yillik muammo hal bo`lganidan o`zida yo`q xursand.

...Bunday misollar ko`p. E`tiborlisi, hal bo`lgan har bir murojaat ortida o`nlab, hatto yuzlab odamlar hayotidagi bir o`zgarish, yangilanish mujassam. Bu  fuqarolarning davlat hokimiyatiga, jamiyatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlashda nihoyatda muhim omildir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma`naviyat – engilmas kuch” asarida jamiyatda adolat va haqiqatni qaror toptirish vijdon pokligi va bedorligiga bog`liq ekanini ta`kidlagan: “Vijdoni uyg`oq odam yon-atrofida bo`layotgan voqealarga, yordam va ko`makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning toptalishiga befarq qaray olmaydi... Bunday holatlarni ko`rganda vijdoni qiynaladi, doimo yonib-kuyib yashaydi, qanday qilib bo`lmasin, ularni bartaraf etishga intiladi...”.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi barchamizni Birinchi Prezidentimizning buyuk da`vati – uyg`oq vijdon bilan yashashga-ishlashga undayotgani bilan ahamiyatlidir.

Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2403 | Голосов:: 1| Теги:: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 17:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Bunyodbek Saidov - Jo'jingdan  
. Izzat Ibragimov (Xo'ja) - Askarlar  
. Bunyodbek Saidov - Ashking  
. Ummon Guruhi - Yangi Yil  
. Bahrom Nazarov - Yetimlar  
. VIA Marokand - Boychechak  
. Shoxruz (Abadiya) - Hayot  
. Hulkar Abdullayeva - Paka Pak (Remix)  
. Umar Shamsiyev - Mayli-mayli  
. Iroda Dilroz - Ikkimiz  
. Nilufar Usmonova - Kel Ikkimiz  
. Lola ft. Shaxriyor - Ko'nikmadim  
. Dilso'z - Vatanni sevish kerak  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chaqaloqlar (New Version)  
. Munisa Rizayeva - Sensiz  .
. Nilufar - Orzular  
. Shahzoda feat. Dr. Costi - Billionaire  
. Asilbek Amanulloh - Janee  
. Baxrom Nazarov - Yana Keldim  
. Shoxruz (Abadiya) ft. Maxsuma - Yuraklarda  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola