Ummon Guruhi - Humorim ... Ummon Guruhi - Humorim ...
Farrux Xamrayevdan Mask... Farrux Xamrayevdan Mask...
Sardor Rahimxon ft. Jon... Sardor Rahimxon ft. Jon...
Oybek va Nigora - Yalin... Oybek va Nigora - Yalin...
Farhod va Shirin - Guli... Farhod va Shirin - Guli...
Bunyodbek Saidov - Sara... Bunyodbek Saidov - Sara...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Sardor Rahimxon
Sardor Rahimxon
Сундтреки
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni


Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni imzolandi.

Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo`lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta`minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida:

1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta`minlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlari etib belgilansin.

Davlat siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirish bo`yicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:

sud hokimiyatining mustaqilligi to`g`risidagi konstitusiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga og`ishmay amal qilinishini ta`minlash;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar ko`rish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o`z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko`rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo`lish holatlariga yo`l qo`yganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan javobgarlikning muqarrarligini ta`minlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo`yicha barcha zarur choralarni ko`rish;

faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta`minlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qo`llash;

faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda e`tiborni avvalo huquqni qo`llash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish;

xodimlar o`rtasida suiiste`molchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qo`yish bo`yicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga og`ishmay rioya etilishini ta`minlash;

yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar va amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini ta`minlashga qodir bo`lgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga so`zsiz rioya etilishini ta`minlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg`or ilmiy-texnika vositalari va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo`yicha oliy malaka komissiyasi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligining sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o`n yil muddatga, shundan so`ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi taklifi ma`qullansin.

3. Belgilansinki, 2017 yilning 1 aprelidan:

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan muqobil jazo turlarini qo`llashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatiladi;

jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi;

qamoqqa olish va uy qamog`i tarzidagi ehtiyot choralarini qo`llashning, shuningdek dastlabki tergovning eng ko`p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi;

pochta-telegraf jo`natmalarini xatlab qo`yish va eksgumasiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga o`tkaziladi;

sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qo`llash huquqi beriladi;

tergovning to`liq emasligini sud muhokamasi jarayonida to`ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo`shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi;

fuqarolik ishi bo`yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko`rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartiriladi;

viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida ko`rib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish bo`yicha vakolatlari bekor qilinadi;

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida ko`rib chiqish bo`yicha bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinadi;

adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta`minlash sohasidagi vazifa va vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga o`tkaziladi;

xo`jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyasiya sudlari tashkil etiladi.

4. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o`rinlarda – Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o`z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.

5. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo`yicha Komissiya (keyingi o`rinlarda – Komissiya) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

Komissiya (I.B.Abdullayev):

vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta`lim muassasalari mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo`yicha ekspert guruhlarini tashkil etsin;

qonunchilik va huquqni qo`llash amaliyotini chuqur tanqidiy tahlil qilish, ilg`or xorijiy tajribani o`rganish asosida Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini ta`minlasin;

qonun hujjatlari loyihalarini jamoatchilik o`rtasida, shu jumladan, davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar o`tkazish orqali keng muhokama qilishni tashkil etish choralarini ko`rsin;

Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli tayyorlanishi va o`z vaqtida belgilangan tartibda kiritilishi, shuningdek boshqa tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta`minlasin.

6. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi ilg`or xorijiy tajribani chuqur o`rganish asosida 2017 yil 1 iyulga qadar:

sud-prokuror xodimlari malakasini oshirish va rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;

voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, prosessual harakatlarni amalga oshirishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta ko`rib chiqish;

tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;

jinoyat ishini qo`zg`atish faqat jabrlanuvchining arizasiga ko`ra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari ro`yxatini kengaytirish;

fuqarolik, jinoyat ishlari bo`yicha sudlar va xo`jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko`rib chiqish yo`li bilan ma`muriy sudlarni tashkil etish;

elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shuningdek odil sudlovga erishishning ilg`or mexanizmlarini kengroq joriy etish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin.

7. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilg`or xorijiy tajribani chuqur o`rganish asosida uch oylik muddatda:

davlat organlarida yuridik xizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish;

adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam ko`rsatish bo`yicha tuzilmalar tashkil qilishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.

8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B.Murodov va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o`rinbosari B.A.Kokanbayev zimmasiga yuklansin.

O`zbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi

Sh.MIRZIYOYEV


 

    Toshkent shahri,

    2016 yil 21 oktyabr


Manba:Gooper.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 12226 | Голосов:: 0| Теги:: Shavkat Mirziyoyev, farmon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Benom Guruhi - Yor Shode Bosh  
. Munisa Rizayeva - Bor Yoki Yo'q (Solo Version)  
. Shoxruz (Abadiya) - Bevafo Bevafo  
. Alisher Zokirov - Musofir Ayollar  
. Daler - Qanaqasi  
. Jasur Umirov - Avaz  
. Ortiq Sultonov - Bizning Futbolchilar  
. Ozodbek Nazarbekov - Ағаға сағыныш  
. Ruhshona - Yurakkinam  
. Sevara Nazarxon - Izhori Ishq  
. Ulug'bek Halikov - O'rtamizda (Cover Yalla)  
. Tohir Usmonov - Dildorim  
. Izzat Ibragimov (Xo'ja) - Sevgi (New Version)  
. Ilhom Farmonov - Gulbadan  
. Shahzoda - Begim  
. Farrux Xamrayev - Chang  
. Farhod va Shirin - Guliman  
. DJ Piligrim - Unutmasang Bas  
. Oybek va Nigora - Yalintirma  
. Rayhon - Hamma Jam  .

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola