Shahzod Murodov - Boych... Shahzod Murodov - Boych...
Ulug'bek Rahmatullayev ... Ulug'bek Rahmatullayev ...
Sharof Muqimov - Javob ... Sharof Muqimov - Javob ...
Anvar Sanayev - Yig'la ... Anvar Sanayev - Yig'la ...
Jasur Umirov - Vatan (V... Jasur Umirov - Vatan (V...
Bunyodbek Saidov - Anji... Bunyodbek Saidov - Anji...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Pazanda - Soundtrack
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Qirolicha - Soundterck
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda militsiyani tubdan isloh qiluvchi farmonni imzoladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

2016-yilning sentabr oyida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Biroq, mazkur qonun talablarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini o‘rganish sohada hamon o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab muammo va masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda, deyiladi yangi farmon sharhida.

O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili ichki ishlar organlari faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tubdan takomillashtirish zarurligidan dalolat bermoqda.

Milliy va xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirishda texnika vositalaridan foydalanish, huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs ustidan nazoratni kuchaytirish kabi an’anaviy chora-tadbirlar jinoyatchilik darajasini kamaytirishda har doim ham kutilgan natijalarni bermayapti.

Bu esa, o‘z navbatida, huquqbuzarliklar profilaktikasida yangi ish uslublarini qo‘llash, aholi va jamoatchilik bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Prezidentning “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bunday kamchiliklarni bartaraf etish va o‘z yechimini kutayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan.

Farmonda mavjud jiddiy kamchilik va muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.

Jumladan, respublika, viloyat va tuman darajasidagi bo‘linmalar o‘rtasida asosiy vazifa va funksiyalar aniq taqsimlanmagan, ichki ishlar organlarining ish hajmi tashkiliy-shtat tuzilmasiga mos kelmaydi. Buning oqibatida yuqori bo‘g‘indagi ayrim bo‘linmalar xodimlari o‘z ish faoliyatida mavjud kuch va imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgan bir paytda, quyi bo‘g‘in bo‘linmalari xodimlari zimmasidagi xizmat vazifalari ularning haqiqiy imkoniyatlaridan ancha yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xodimlarning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda mas’uliyatning susayishiga sabab bo‘lmoqda.

Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishni talab etadi.

Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga shikoyat qilmoqda.

Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish zarurligi, “Xalq manfaatlariga xizmat qilish” har bir xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.

Shuningdek, farmonda barcha bo‘g‘indagi xodimlarning asosiy vazifalarini oqilona taqsimlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan, aholi bilan doimiy manzilli muloqot o‘rnatish, ichki ishlar organlari rahbarlarining hokimiyat vakillik organi timsolida xalq oldida hisobot berish amaliyotini joriy qilish, ichki ishlar organlari faoliyatining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash kabi asosiy yo‘nalishlar alohida belgilab berilgan.

Farmonda ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining yangi tizimi o‘rnatilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Senati tomonidan bir yilda ikki marta O‘zbekiston ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarni oldini olish va profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish tartibi joriy etilmoqda. Xuddi shunday, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari har chorakda tegishli ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari har chorakda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘linmalari rahbarlarining hisobotini, har oyda esa uning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarining hisobotini eshitadi.

Ushbu eshituvlar davomida ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga, xususan, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, jinoyatlarni fosh etish, jinoyatchilik holatini, huquqbuzarliklar ko‘payishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni tahlil qilishga doir ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tanqidiy muhokama qilinadi. Eshituvlar yakunlari bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligiga baho beriladi, shuningdek mansabdor shaxslarga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.

Ichki ishlar organlari quyi bo‘g‘ini faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida farmon bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari) boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘i lavozimini joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.

Shu bilan birga, farmonda tizimda qator tashkiliy o‘zgartishlar nazarda tutilgan. Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning yangi tahdidlari paydo bo‘layotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni ichki ishlar organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda. Ushbu holatlar e’tiborga olingan holda, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda.

Jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlarining yana bir muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan, tergov organlarining mustaqilligini ta’minlash, ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Tergov bosh boshqarmasi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga o‘zgartirilmoqda.

Ta’kidlash o‘rinliki, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir.

Tizimga bilimli, o‘z ishiga sodiq va mas’uliyat bilan yondashadigan, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zining muqaddas burchi hamda asosiy majburiyati deb biladigan kadrlarni jalb qilishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kadrlar bilan ishlashning yangi tizimini yaratish maqsadida Kadrlar bosh boshqarmasi va Ichki xavfsizlik boshqarmasi tashkil etildi.

Bundan tashqari, serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti va Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi faoliyati ham qayta ko‘rib chiqildi. Ular yangi talablar asosida faoliyat yuritadigan ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish markazlari, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Harbiy-texnika va Yong‘in xavfsizligi institutlariga aylantirildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining xalqaro aloqalari kengayib, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi jadal rivojlanmoqda. Biroq, bugungi kungacha vazirlikning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati bir necha bo‘linmalar tomonidan ikkinchi darajali vazifalar sifatida amalga oshirib kelingan. Shular e’tiborga olinib, farmon bilan tegishli tarkibiy bo‘limlar negizida Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tashkil etildi.

Shuningdek, pasport tizimi talablarini amalga oshirish, xorijga chiqish, O‘zbekiston Respublikasiga kelish va bo‘lish qoidalarini bajarish ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha ham muammolar mavjud. Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining aholi ko‘p murojaat qiladigan tuman (shahar) bo‘limlarida ish hajmining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi sababli noqulayliklar va sansolarliklar yuzaga kelmoqda. Ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish zarurligi e’tiborga olinib, ushbu yo‘nalishda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni talablari yetarli darajada bajarilmayotgani ko‘p jihatdan asosiy vazifasi murojaatlar bilan ishlash hisoblangan aniq tarkibiy tuzilmaning yo‘qligi bilan bog‘liqdir. Buning oqibatida fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Shu munosabat bilan farmonda Ichki ishlar vazirligining Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Aholi hamda jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashda ichki ishlar organlari faoliyatining ochiq va oshkoraligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ichki ishlar organlari binolarining shaharlar va tuman markazlarida joylashgani olis aholi punktlarida yashayotgan fuqarolarga qator noqulayliklar tug‘dirmoqda. Shu sababli ichki ishlar organlarini aholiga yaqin bo‘lishini ta’minlash maqsadida ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)dan uzoqda joylashgan aholi punktlarida qo‘shimcha 175 ta shahar (shaharcha) ichki ishlar bo‘limlari (bo‘linmalari) va 824 ta tayanch punktlari tashkil etilmoqda.

Farmonda qayd etilgan asosiy vazifalarni bajarish bo‘yicha zarur tashkiliy va huquqiy mexanizmlarni amalga oshirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2262 | Голосов:: 0| Теги:: farmon, militsiya, Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 01:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Shahzod Murodov - Boychechagim  
. Qilichbek Madaliyev ft. Hilola Hamidova - Ko'rmasam Bo'lmas  
. Alisher Uzoqov - Позови Меня  
. Mirzabek Xolmedov - Yaxshi Bo'ladi  
. Mirzabek Xolmedov - Musofir Xati  
. Sherzod Bek - Tujh Mein Rab Dikhta Hai  
. Umidaxon - I Have Nothing  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Отец  
. Farhod va Shirin - Dardli  
. Sharof Muqimov - Javob Ber  
. Shahzoda ft. Farruh Zokirov - Chinara  
. Bojalar ft. Mirzabek Xolmedov - Pulli  
. Anvar Sanayev - Bevafo (Remix)  
. Hulkar Abdullayeva - Olma  
. Shoxruz (Abadiya) - Alo  
. Anvar Sanayev - Yig'la Sevgilim  
. Shoxrux - Yoronim  
. Umidaxon - Ты Обещала  
. Sherzod Bek ft. Umidaxon - Soy Bo'yida  
. Sherzod Bek - Лицо Возлюбленной Моей  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Ming Afsus
. Ummon - Tola