Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Al-Qoida” jangarilari Suriya shimolida 40 kishini qatl etdi

“Al-Qoida”ning Suriyadagi bo‘linmasi – “Jibhat an-Nusra” terrorchilik guruhi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida joylashgan Qalb-Loza qishlog‘ining 40 aholisini qatl etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qishloqda etnokonfessional ozchilik – druzlar istiqomat qilardi. Qishloqni bosib olgan jangarilar mahalliy aholidan o‘z qizlarni xotinlikka berishni, 10-14 yoshlardagi o‘smirlarni esa jangari guruhga qo‘shilishni talab qilishgan.
Ushbu talablarga rad javobi berilganidan so‘ng terrorchilar odamlarni, xususan, yosh bolalar va qariyalarni bevosita ko‘chada otib tashlashgan.
Ma’lumot uchun, Idlib viloyatida so‘nggi vaqtlarda “Jibhat an-Nusra” jangarilar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tinimsiz davom etmoqda. Janglar viloyatning bir necha tumanlarida yuz bermoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 11775 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Al-Qoida, Suriya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
sardor822 Iplosla mashilanidib qancha begunoh odam o'lib ketgan
Like | 0
Azamat4846 Xudo jazoini berar bulaniyam
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное