Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Alisher Fayz yana fonogrammada konsert beradi

Xonandaning bu yilgi konsert dasturi 17-22 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz bu yil ustozi Ozodbek Nazarbekovga qaraganda ertaroq otni qamchiladi. Ozodbekning aprel oyidagi an’anaviy konsert dasturlari haqida afishalar chiqmay turib shogirdi Alisher Fayz may oyida 6 kun konsert berishini ma’lum qildi. Xonanda joriy yilning 17-22 may kunlari “Istiqlol” san’at saroyida “Sevgi hikmati” nomli yangi konsert dasturini taqdim etadi.

Uning o‘tgan yildan to bugungacha bo‘lgan ijodiga e’tibor qaratsak, konsertga borishga arzigulik, tomoshabinlar e’tiboriga tushgan qo‘shiqlari ko‘p bo‘ldi. Bunga misol tariqasida “Rashk qilasanmi?”, “Xorazmgacha” nomli qo‘shiqlarni keltirish mumkin. Biroq xonandaning navbatdagi konsertida ham qo‘shiqlarni FONOGRAMMAda ijro etadi. Alisher Fayz shuncha yillik tajribasi va xalq orasida topgan obro‘-e’tiborini inobatga olib to‘liq jonli ijroda konsert berishga ham tayyorgarlik ko‘rsa yomon bo‘lmasdi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3799 | Рейтинг: 0| Рейтинг: alisher fayz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное