Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Titanik-soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qaqnus - Mal De music
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Pazanda - Im Loving You
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Alisher Fayz nega Parizodaga atab qo‘shiq aytishini oshkor qildi

Bu xonandaning har bir qo‘shig‘i orasidagi muddatni to‘fondan oldingi tinchlikka o‘xshataman. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayzning may oyida taqdim etadigan konserti oldidan ham shu jarayon kuzatilmoqda. Bu tinchlikning zamirida nimalar yotganini bilish maqsadida jurnalist Sadoqat Allaberganova xonanda bilan konsert oldi suhbat uyushtirdi…
— Deyarli hech bir hamkasbingizning konsertini o‘tkazib yubormaysiz. Bu konsert oldi tayyorgarlikning bir qismimi?
— Avvalo konsertni yarmidan chiqib ketishimga to‘g‘ri kelishini oldindan bilsam, uzr so‘rab, o‘sha hamkasbimning dasturiga bormayman. Konsert ko‘rish davomida esa dasturim uchun o‘ylab yurgan rejalarim qay daraja mos kelish-kelmasligini tahlil qilaman.
— Ustozingiz Ozodbek Nazarbekovning konsert repetisiyasida har kuni ishtirok etganingizni va yakkaxon dasturingiz borasida fikrlaringiz o‘zgarganiga guvox bo‘lgandim. Konsertingiz odatda tomoshabinni o‘ynata, o‘ylata, yig‘lata olishi bilan farq qiladi. Nazarimda, konsertingiz “yuk”ini og‘irlashtirmoqchisiz?
— Ustoz-shogirdni chinor bilan terakka o‘xshatsa bo‘ladi. “Terak bir kuni chinor bo‘lishim kerak”, deydi-da (samimiy kuladi). Sho‘x qo‘shiqlar esa mening tabiatimga xos.
— Konsertingiz boshqalarnikiga o‘xshab qolmasligi sizni tashvishga soladimi?
— Hamma xonanda konsertida Vatan, ona, sevgi, do‘st haqida kuylaydi, bu — o‘xshashlik. Lekin muhimi unga qanday yondashuv, qaysi yo‘l bilan yetkazishda.
— Konsertingizda doimiy hamkorlaringizni o‘zgartirmaysiz. Bu sadoqatga nima sabab? Odatda ko‘pchilik ijodkorlar turfa xillikka intiladi...
— Hamkasblarim bilan bellashishni yoqtirmayman va hamkorlarim ham bunday yo‘l tutishini istamayman! Odam o‘zi bilan o‘zi bellashib, yenga olgani maqsadga muvofiq. Bugungi holati kechagisidan ustun bo‘lishiga intilsin. Shu jarayon qiziq va zavqli.
— Ko‘pchilik xonandalar konsert oldi ketma-ket kliplar taqdim etib, omma e’tiborida bo‘lishga urinishadi...
— Men uchun son emas, sifat muhim. Bir yilda o‘nta qo‘shiq yozib, klip ishlash o‘rniga ikkita qo‘shiq taqdim qilay va u yashasin.
— Aksariyat xonandalar konsert repertuarini vaqt “shamol”i tez sindiradigan ozg‘in “terak”lar bilan to‘ldirishadi. Tinmay qo‘shiqtaqdim qilishni istamaydigan Alisher Fayz bu jarayonda qanday yo‘l tutadi?
— So‘nggi vaqtlarda qo‘shiqning qadri o‘ylantiryapti. Chunki ijodkor har bitta qo‘shiqning taqdiriga javobgar. Shunday ekan, konsertda kuylangan qo‘shiq o‘sha yerda qolib ketishini istamayman.
— Raqqosa Parizoda bilan juda mos partnyorsiz. Lekin muxlisalaringiz sizni qizg‘anishadi, rafiqangiz-chi?
— Oilada ijodimning bu jihatlarini yo‘lga qo‘yib olganman. Shaxsan o‘zimga Parizodaning kliplarda qahramonining fe’lini to‘laqonli yetkazib bera olishi yoqadi. Muxlisalarning qizg‘anishi zamiridagi ularning befarq emasligi yoqimli. Faqat ular emas, yaqinda bir taniqli raqqosa “Nega klip va konsertingizda Parizodani olib chiqaverasiz?” kabi e’tirozli fikrlar bildirdi. Uning kurakda turmaydigan hamma gaplarini aytolmayman... Ayol kishi bo‘lgani uchun jahlimni tiyib turdim. Lekin javob qaytarolmaganimning alami yuragimni qiynadi. Va bu yilgi konsertimda Parizodaga atab bir emas, bir nechta qo‘shiq kuyladim. O‘sha raqqosani atay konsertga taklif qildim, lekin qaysi yuz bilan keladi bilmadim. Bu menimcha e’tirozga munosib javob bo‘la oladi!
— Parizodaga atab har yili qo‘shiq kuylashingizning boshqa sababi ham bormi?
— (Xandon otib kulib) buning sababini konsertimda qo‘shiq orqali aytaman.
— Ustoz san’atkorlardan biriga muxlislarning tinimsiz xonandaga talpinishi haqida savol berilganida “Tomoshabindan charcharkansan-da” degandi, siz-chi?
— Hamma ham odam, charchashini to‘g‘ri tushunish kerak. Lekin men tomoshabindan charchaganim yo‘q. Chunki hamma harakatlarim shu muxlislarning yuragini zabt etish uchun bo‘lgan.
— 10 yildan keyin ham shu javobni berarmikansiz?
— Eng asosiysi, o‘shanda ham shu javobni berishni istayman!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12593 | Рейтинг: 1| Рейтинг: alisher fayz, Parizoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное