Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Asli ismi Dilnoza bo‘lgan Parizoda tahallusining sirini ochdi

Bugun juda ko‘plab san’atkorlar taxallus bilan ijod qilishadi. Ularning ko‘pchiligi o‘z ismi bilan deyarli chaqirilmaydi. Xonanda Alisher Fayz konsert dasturlaridan birida raqqosa Parizodaning asl ismi Dilnoza ekanligini oshkor qilmaganida, ehtimol muxlislar uning asl ismini bilmagan ham bo‘lishardi.
Xo‘sh, Dilnozaning Parizoda bilan qanday bog‘liqligi bor? “Bekajon” nashri ushbu savol bilan qiziqdi:
“Bolaligimdan dadam meni Parizoda deb chaqirardi. Men tug‘ilgan vaqtimda, dadam Moskvada bo‘lgani sababli ismimni Dilnoza qo‘yishgan, dadamning o‘zi Parizoda deb ism qo‘ymoqchi bo‘lgan. Maktab davrida sinfda 3 ta, kollejda 4 ta Dilnozalar o‘qirdik. Dilnozalar ko‘p bo‘lgani sababli o‘zimni Parizoda deb tanishtirganman. Menimcha, men tug‘ilgan vaqtda Dilnoza ismi urf bo‘lgan. Shundan so‘ng hamma meni Parizoda deb ataydigan bo‘ldi. Hattoki hujjatlarga qarab, kimdir meni “Shermatova Dilnoza shu yerda o‘qiydimi” deb kelishsa, kursdoshlarimiz “yo‘q” deb javob beradigan bo‘lishdi. Chunki meni hamma Parizoda ismi bilan qabul qilib bo‘lgandi-da. Keyinchalik mashhur bo‘lib ketishimni umuman kutmaganman. Muxlislarim meni ushbu nom bilan chaqiradigan bo‘ldi.”


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12742 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Dilnoza, Parizoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное