Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Kuz ertagi-soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

«Amirsoy» kurortida yosh chang‘ichi halok bo‘ldi


Bugun, 7 yanvar kuni «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortida fojiali holat sodir bo‘ldi. Bu haqda majmuaning feysbukdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, soat 16:20 atrofida «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortining chang‘i yo‘llari yopilishidan oldin, tashrif buyurganlardan biri kurort xodimiga yosh chang‘ichining g‘oyib bo‘lganligi haqida xabar bergan.

«Amirsoy Resort» qutqaruv guruhi bedarak yo‘qolgan kishini qidirishga kirishgan. 30 daqiqalardan so‘ng, qutqaruv xizmati a’zolaridan biri yosh chang‘ichini chang‘i yo‘li tashqarisida, hayot alomatlari yo‘q holda topgan.

«50 daqiqa davomida «Amirsoy Resort»ning sakkiz nafar professional qutqaruvchilari va ikkita shifokor jabrlanuvchini jonlantirishga harakat qilishdi, afsuski, natija bo‘lmadi. «Amirsoy Resort» barcha xodimlari nomidan marhumning oila a’zolari, do‘stlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyodagi eng yirik zamonaviy «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurorti yaqinda, 21 dekabr kuni rasman ochilgandi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2118 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Amirsoy, yosh chang‘ichi, halok bo‘ldi, kurortida
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное