Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Boliviyada 25 kishi suv toshqini oqibatida halok bo‘ldi

Boliviyada hozirda davom etayotgan yomg‘irlar keltirib chiqargan suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 25 nafarni tashkil qildi, bu haqda 15 fevral kuni Boliviya fuqarolik mudofaasi vaziri o‘rinbosari Oskar Kabrera ma’lum qildi,deb yozdi TASS axborot agentligi.
Kabreraning aytishicha, jabr ko‘rgan oilalardagilarning umumiy soni 17 ming nafarni tashkil qilmoqda.
Kabreraning ta’kidlashicha, suv bosgan hududlar aholisiga 1,5 ming tonna insonparvarlik yordami yuborilgan. Tabiiy ofatdan Beni, Kochabamba, Chukisaka, La-Pas va Potosi departamentlari eng ko‘p talofat ko‘rdi. Odatda, Boliviyada yomg‘irlar mavsumi oktyabrdan martgacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, 2014 yilda oxirgi o‘n yil ichidagi rekord darajadagi yog‘ingarchilik qayd etilgan. O‘tgan yili suv toshqinlari oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan, 60 mingga yaqin oila boshpanasiz qolgan, qishloq xo‘jaligi esa ko‘p millionlik zarar ko‘rgan.
Manba:kun.uz


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2705 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: suv toshqini, halok bo‘ldi, Boliviya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
samiya Ollox o'zi asrasin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное