Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Ana xalos! Tirik afsona to‘qnashuv oqibatida vafot etdi


15 oktabr kuni Indoneziya chempionatida mudhish voqea sodir bo‘ldi.

Mahalliy “Persela Lamongan” hamda “Semen Padang” klublari o‘rtasidagi uchrashuv (2:0) vaqtida mezbonlar darvozaboni Xoyrol Xuda ikki futbolchi bilan qattiq to‘qnashuv oqibatida hushini yo‘qotdi.

Shifokorlar hushini yo‘qotgan darvozabonni zambil yordamida maydondan olib chiqib ketishdi va unga birinchi yordamni ko‘rsatishgandi.

Biroq shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda Xudaning joni uzildi. Tashxislarga ko‘ra, 38 yoshli darvozabon bosh va bo‘yin qismidan qattiq lat yeyishi natijasida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Xoyrol Xuda “Persela Lamongan” klubida 1999 yildan beri faoliyat olib kelardi va uni klub muxlislari tirik afsonaga qiyoslashardi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 oktabr kuni Gruziyaning “Zugdidi” jamoasi darvozaboni, 31 yoshli Shota Maminashvili o‘yindan oldin o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda hushini yo‘qotib, maydonning o‘zida jon bergandi.

Akmalxon Eshonxonov


VIDEONI KO'RISH


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 7897 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kurs, dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное