Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Andijonda erini o'ldirib, hojatxonaga tashlab yuborgan ayol qo'lga olindi


Andijon viloyatida kichik oilaviy kelishmovchilik o'lim bilan yakunlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 14 fevral kuni fuqaro A.K. Andijon shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida Toshkent shahrida yashab kelayotgani sabab ukasi M.K. bilan aloqa qilmay qo'ygani, uni izlab yashab kelayotgan xonadoniga kelganda, uni topa olmaganini aytgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, 2019 yilning 3 may kuni soat 21:00 larda Andijon shahri, Bog'ishamol mahallasida yashovchi 1972 yilda tug'ilgan M.K. sha'riy nikohdagi turmush o'rtog'i – 1995 yilda tug'ilgan X.X. bilan o'zaro janjallashgani, X.X. uni sintetik ip yordamida bo'ynidan bo'g'ib, qasddan o'ldirgani, murdasini uyining hojatxona chuquriga tashlab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 16 fevral kuni shahar prokuraturasi tomonidan X.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Shahnoza To'ramurotova



Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4817 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Andijon, tashlab yuborgan, er, Ayol, qo'lga olindi, o'ldirib, hojatxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное