Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ayol Qalbi - True Love
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

10-kunlik kelinchakdan yigit iffatli chiqdi. 18+

Bugun yana haftaning yakshanba kuni, har doyimgidek sayyod nashrida doyimgidek "Yakshanba Muxlis minbari" loyihasida ajoyib maqolaga ko'zim tushdi. Bu barcha uchun saboq, kere bo'lsa ibrat bo'ladi deb o'ylayman. Marxamat voqea bilan tanishing:


Biza 3 oycha qiz qidirib yurdik, holam bitta qizni etib qoldilar, bir qarindoshimizning yosh qizlari bor ekan. Shu yilning kotta Hayit bayramida o’sha qizning uyiga mehmonga bordik, va manga u qizni ko’rsatishdi. Yosh, chiroyli, mehmonlarga chaqqon xizmatlarini qilib, qarashib yuribdi, maqtasa arzidigan lekin boshida ko’nglimga unchalik o’tirmadi. Uyga kelib o’yladim “otam olamdan o’tganlar, onam 67 yoshdalar, oilada 5ta farzandmiz, opam va akalarimni oila tashvishlari..., oyimlar ko’p qiynalganlar, eng kichkina akamlani hayotlari o’xshamagani sabab ularni yana uylantirish arafasidamiz, oyimlar qo’shaloq to’y qilib birato’la bo’ynimdigi yukdan qutuliy diganlar, bugun ko’rsatishgan qiz ham yaxshi, ancha obro’li, fayzli oilani farzandi, ham qarindoshimiz, ishonchli oila, 3 opa-singilning eng kichkinasi”... Qiz bilan uchrashuvga chiqdim... gap so’zlarimiz birbiriga to’gri keldi...  Qarindoshligimiz uchun ularam bizani surishtirishmadi, bizayam ulani surishtirmadik, yana uchrashdik va to’yga rozi bo’ldik.   Bir kuni qiz manga bir aybim bor didi, “15 yoshimda agarotda opalarim bilan o’ynab yurib reshotkadan qochib o’tvotgan paytim yiqilib tushganman, o’rtamdan ko’p qon ketgan, adam, oyim, opalarim hamalisi voximada o’zlisi qonni toxtatishga xarakat qipketishdi, doxtirga oborishmagandi, oyim oborilik disala adam oborishdan andisha qiganlar shekili uyni o’zida jaroxatimmi tuzatishdi, ammo bitta kotta muammo qogandi, bokiraligimga ziyon yetganmi yo’qmi bilmimiz, vaqtida doktorga bormaganmiz, ushandan tashvishdaman” didi, va bu yig’lab gapirgan gaplarini onasi xam, holasi xam, opalari xam tasdiqlashdi. Va qiz hechkim bilan bo’lmagan dib qasam ichishdi hammalisi. Man esa yoshlari ulug’ oyimlani o’yladim “adam yo’qlar, hozirgi qiyin zamonda akam bilan qo’shaloq to’y qilishimiz ozgina yengilroq bo’ladi, akamgayam qarindoshdan qiz topilib bo’lingan, agar yo’q disam hozirgi ishonchsiz zamonda yana qattan qiz qidiramiz, o’zimizni qarindosh, tarbiyali oila, aldamasa kere” dib bu yaxshi qarindosh oilaga ishondim, Hudoga tavakkal qildim. Fotixamiz bo’ldi. Nikoximiz 2 oktyabrga belgilandi. Zaksga bordik, do’xtirlardan o’tishni boshladik, man ishdaligim sababli u do’xtirladan o’zi o’tib chiqdi. Manam o’zim o’tdim. Doktor qog’ozida hammasi yaxshi edi, zaksga doktor qog’ozini oborberdim. Zaksdan o’tishni 30-sentyabrga belgiladik, va 26-sentyabr kuni pasportlarimizi va zaks pulini opkelishimizi tayinlashdi. Boradigan kunimiz u qiz holasi bilan ippadromda to’ylik bozorni qilib chiqishdi va man jiyanim bilan ularni bozordan opketdik, abetlanib o’tirganimizda ular tashvishga tushib qolishdi, qiz kashilogini bozorda yoqotib qo’yibdi, ichida sotkasi pullari va pasporti borakan. Srazu ippadromga qaytib bordik, radiosiga e’lon qildik, militsiyasiga etdik, qaysi sotuvchini oldiga kirishgan bo’sa hammasiga kirib chiqdik, yoqolgan pasportni topish uchun hamma xarakatlarni qildik. 3 kundan keyin zaksdan o’tishimiz kereligi, bizani to’yimiz bo’votgani, yoqolgan passport juda zarurligini chuntiridik ippadrom raxbariyatiga, ular astoydil yordam beramiz diyishdi, va topilsa xabar beramiz dib nomerlarimizni opqolishdi. Zaksga borib bo’gan voqeani chuntirdik, va ular mani pasportimi opqolib bizaga domla nikoh o’qishi uchun spravka qiberishdi va passport topilmasa uni yengisini tiklab kelib zaksdan o’tishimizga 1 oy vaqt berishdi.   30-oktyabr kuni domlaga nikoh o’qittirdik. 2-oktyabr kuni to’yimiz bo’ldi. Nikoh judayam zo’r o’tdi, chimildiqda irim sirimini qilib hamma chiqib ketdi, yolg’iz qoldik.... Hudoga tavakkal qildim, va u bokira chiqmadi. Alloh taqdiriga shukur qildim. Ertasi kuni esa kelinning hayzi keldi, 5 kundan keyin hayzi tugadi, uyimizda issiq suv yo’qligi sabab cho’milomadik, yaqinlik qilomadik, suv kelishini kutdik. Oyim ma’lum sabablaga ko’ra Toshkendamasdilar.  Kelinni akam va kenayimga topshirib 3 kunga ularni ko’rgani ketdim. Qaytib keganimda akam uyga opkeldila va uyimizga kirmasimizdan oldin bir tashvish bor shuni hozir etishim kere didilar. Man kelishimdan 1 kun oldin kelin ko’cha sipirgani padezga chiqibdi va sipirgini tashab ketib qopti, uyimizdigila peshingacha uni qidirishgan, va peshinda uni o’zi oyisiga tel qilib man chorsudaman dibdi, ertalab uni jin chalib o’zini bilmagan holda bozorga ketib qoganakanmush, uni abetda uyidigilari tashab ketishibdi, va xozir uyda ekan. Akam esa kelin nimadandir qo’rqvotganini, nimanidir bekitvotkanini sezib telefon detalizatsiyasini internetdan teksihrganlar, va ketmaket begona bitta nomer, o’sha nomerga tel qilib kimmi raqamiligini bilibdilar va kelinga etibdilar. Kelin sir boy bermapti va akam “man hammanarsani bilaman, o’sha bolani topdim, u mani qo’limda, agar rovdga oborsam u bola hamma aybni sani bo’yninga qo’yadi, qamalib ketasan, yaxshisi o’zin bor xaqiqatni et” dib qo’rqitibdilar. Kelin qo’rqib bor xaqiqatni etib bergan, akam diktofonga yozvolishgayam ulgurganlar.   Xaqiqat shunaqa bo’ganakan. “15 yoshida yiqilganida uni bokiraligiga hechqanday zarar yetmagan ekan, sal teparog’idan qon oqqan ekan, u 16ni kollejida o’qirdi, o’qishiga borib keladigan avtobusini konduktori bilan tanishib qopdi, va yigit u qizni o’tgan yili sumalak paytida oyim bilan tanishtiraman sani dib o’z uyiga oboribdi, yigitni uyida oyisi yo’g’akan, ozgina kutishibdi va hechkim yo’qligida qizni yigit zo’rlab qo’yibdi. Va o’sha yerda qizga o’zim sanga uylanaman deb va’da beribdi. Ular birbirini yoqtirib gaplashib ketishibdi. Yigit uylangan va ajrashgan ham bitta bolasi bor ekan. Yigit qizga hozircha uylanomasligini chuntiribdi. Bu qiz esa to mani ko’rguncha kimlar bilan qanaqa munosabatda bo’ganligini Hudo biladi. Bu shubxam xaqiqatligiga sabablar juda ko’p... Fotixamiz bo’pti va to’yimizga 10 kuncha qoganda o’sha yigit yana jonlanibdi, zaksga boradigan kunimiz qiz ippadromda pasportini o’sha bolaga berib qo’ygan va to’ydan bir kun oldin qochib ketishni rejalashtirishgan ekan. Yigit yana eplolmapdi, to’y o’tdi. Chimildiqda huddi umuman teyilmagan qizlardek o’zini tutgandi, hayajonlari, badaniga birinchi marta teyilgandek titroqlari... man usha kuni unga xechkim teymaganligiga ishonchim ortgan edi. Hullas qiz haqiqiy aktrisa bo’lib chiqdi. Man oyimni oldilariga ketganimdan foydalanib yigitni jizzaxdigi paxtadan chaqirtirvobdi, va ertalab sipirishga chiqish baxonasida yigit bilan moshinaga o’tirib qochib ketishibdi. Yigitni uyiga borishgan, yigitni akasi “bu kelinlik uyidan qochib keganakan, ertaga militsiya sanlani qattan bo’sayam topadi sani qamatvoradi, borib uyiga tashab kel, bosh og’rig’ini nima qilasan” dib yigitni urishibdi, yigit qizni tashab uyidigilariga qiziz mani boshqa bezovta qimasin dib ketib qopdi. Bizani uyimizdigilaga esa qizni chorsudan topishganini etishgandi. Yigit qizga qattiq xaqoratlar bilan boshqa bezovta qimasligini tayinlagan, qiz yigitni bu qarorlaridan qattiq shokka tushgan va o’zini qo’lga olib kelinlik uyida man bilan umrbod baxtli yashashga qaror qilgan ekan.”   Bu xaqiqatlarni eshitib mani ichimda olov yondi, mehr, ishonch o’rniga qattiq nafrat egalladi, akam, opamni  gaplaridan keyin o’zimga keldim, shayton vasvasalaridan chekinib Alloh bandasi musulmon ekanligimga va Alloh sinovlariga shukur qilib uyga kirdim. Spalnida kelin yig’lab turgandi, shirin gaplar gapirdim. Kelin mani hichnarsa bilmagan dib o’yladi. Hammamiz o’zimizni bosvogandik. Chiroyli gaplar bilan moshinaga o’tirdik, va borgunimizcha unga “tovba qigin bu gunohlaringa Alloh kechirimli balki kechirar’’ dib qulog’iga nasixat qilib bordim. Uyiga olib kirdim, bor gapni ota-onasiga etdik va kelinga uch taloq berdim va uydan chiqib ketdik.   Qizning bu gunoxi kasriga butun qarindosh urug’ yuzi yerga qaradi. Qizni uyidigilari o’sha yigit bilan shunchaki birbirini sevib qolishgan dib o’ylashgan ekan, qizni otasi esa yosh qizimni ajrashgan yigitga bermiman digan ekan. Qizni zo’rlaganini va shundan keyin zinolar davom etganini esa hechkim bilmagan ekan.  Yigitni topib kelishibdi, yigit barini tan olibdi va baribir qizga aybni qo’yib kerakmas bu qiz dibdi, yigitni rasa urib tepib tashashibdi, yigit qizdan butunlay kechib ketib qopdi. Qizni otasi o’z farzandini oqq qildi. Qizdan butun qarindosh urug’lar vos kechishdi. Qiz endi hechkimga kerakmas. Uning bir soatlik kayfi ikki dunyoga yetadigan azobini tuhfa qildi. Otasining boshi qattiq egildi. Uni oilasi, qarindoshlari butun el yurt oldida sharmanda bo’ldi. Mani Allohning o’zi asragan ekan, to’yimiz qo’shaloq bo’lgandi, harajatlar unchalik achintirmadi. Hali zaksdan o’tmagandik, pasportim toza qoldi. U bilan yaqinlik qilishga ulgurmagandim, ko’nglim hotirjam bo’ldi. Allohning sinoviga shukur qildim. Hayotning bu qattiq ogohlantiruvidan saboq oldim. O’zimni qo’lga olib Allohdan so’rab yurgan dindor qizni so’rashda yana davom etvomman. Tez orada o’zimga munosib qiz topib yana to’y qilamiz InshaAlloh!   hozirgi zamon qizlari ko'zlarini ochishsin, yigitlar ko'zini ochsin.  es xushini yig'sin qizlar. Ota onalar ogoh bo'sin, yoshlar zinodan tiyilsin, qiz bilan yigit yolg'iz qomasin, shaytonga kuchi yetmi qolishi mumkin, bir soatlik kayfi uchun ikki dunyo azobiga qoladi, Do'zoxda o'tgan bir kuni bu dunyoda ko'rgan butun umrlik azobining 70 barobariga teng. Parklada, kinolada birga o'tirib 1 soatlik kayf qilishi ikki dunyo do'zoxiga yetadi. Otaga oqq bo'lishning o'zi do'zoxga yetarli, qizlar otasini yuzini hechqachon yerga qaratmasin. Nafsini tiyib o'z juftini kutsin, kerakmas sevgi. Man haligacha shokdaman. Lekin bunaqa qizlar judayam ko'payib ketganini bilardim unchalik etibor qimasdim, o'zimi oldimga keldi shunaqasi, qattiq azobakan. Zinoning oqibati daxshatli ekanini yaxshi chunmaganakanman.
Hammamizga Alloh hidoyat bersin, Omin! 
Raxmat sizga Sardoraka!  
Bobur (ismi o‘zgartirilgan)    

Sayyod:  Kechagina, arablardan biri o‘z qizini toshbo‘ron qildirgani videosini internetda ko‘rgandim. Videoda Alloxga tavba qil deya qizini o‘zi qo‘llarini bog‘lab chuqurchaga solgan. Keyin xamma qatori u xam toshbo‘ron qilgan. Sababi qizi o‘z eriga xiyonat qilgani ekan. Bilasizmi, o‘sha payt qattiq shokka tushdim. Qiz aybini tan olyapti,  lekin baribir juda vaxshiy ko‘rindi. Otasi o‘z qo‘li bilan qizini qatl qildi.  Men va albatta sizlar bu narsani qila olmagan bo‘lardik (Xudo ko‘rsatmasinam avvalo!), biroq mentalitet tushunchasi bor va ular shunday qat’iy tushunchalar ostida tarbiya ko‘rib o‘sgan.   Xozirgi sizni voqeangizni o‘qib yana o‘sha video ko‘z o‘ngimga keldi.  Bilmadim, baribir u videodagi xolatni, ming shariat deyishsin bu  tariqa jazolash turini  oqlay olmaymanu, biroq shu otasini xam tushunaman. Juda og‘ir narsa bu ShARMANDALIK degan tamg‘a!   Siz bir soatlik kayf debsiz, qaerdan bilasiz necha soatu necha kunlik bo‘lgan ekanki? Jizzaxdan yugurgilab kelib, o‘zini uyiga jin urganmas, nafsi tipirchilagan kelinni olib kelgan xaligi eshshakmiya yigitchi?  Qani ular shu kuni yaqinlik qilmaganiga kafolat? Bekorga yugurgilab kelib uyiga olib kelmagandir? Yo shaxmat o‘ynashganmikan? Shuncha payt uchrashib o‘sha boshida bir martaba bo‘lib, buyog‘iga bekinmachoq o‘ynashmagandir?   Kelinda ayb katta, biroq bab-barobar o‘sha yigitida xam! Qilar ishni qilibsan, uylanishing shart edi nima qilib bo‘lsa xam, shunisini xam eplolmadingmi nega kelin bo‘lgan va endi birovni xasmi bo‘lganga tegding? Qiz chaqirsa yugurib kelaveradimi? Bo‘ldi endi san birovni xotinisan desa olam gulistonku! Loyig‘ini olibdi tepki yeb. Baribir xaliyam bo‘lsa uylanishi kerak unga.  Ikkisiga jazoyu muxim yechim bu ular bir biri bilan turmush qurishi shart!   Bu yerdagi bir xolat menga yoqqani qizga qaraganda siz yigit kishi bo‘la turib teginmagan xolda qolibsiz! Bu xamma qizlarga ibrat bo‘lguvchi voqea bo‘lsa kerak. Bir vaqtlar  maqola yozgandim:  "Yigit oriyati qiz iffatidan ustun!" degan . O‘sha maqolamga oid xayotiy voqea.  Sizga Xudoni bergan buyuk mukofoti xali oldinda bo‘lsin. Sizga xali shunday bir xalol oqila muslima qiz uchrasinki bu o‘tilgan xayot darsini mutlaqo unutib yuboring.   



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 181566 | Комментарии: 60 | Рейтинг: 5| Рейтинг: Ayol, Zino, benomus
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 601 2 3 »
Zilowa Iloym szga yaxwi muslima,aqlli qzla ucrasn!Bunaqa wayton yöldan urgan qzla ygitlaga hudoym insof vijdon bersn.Töri etas hozrgi kunda bunaqa yurwla odi hol böb qovoti har holda özbemza qzlada harholda uyat,nomus, dgan narsala bölard tobaaa!
Like | 0
hilola1997 Astaxfirillah
Like | 0
qwert :'(
Like | 0
Izzatullo Admin men xam xikoyalar yozib turaman o'z xikoyalarimni qay tarizda joylayman
админularni bizga yuboring: tarona.net@bk.ru yoki izoh shaklida qoldiring, biz korib chiqamiz!
Like | 0
Diyora mani fikrimcha bu qz aybdor emas sababi otasi o'zi yoqtrgan insonga bermagani unga yaxwi tarbiya bermagani.Hec zamonda ota o'z farzandini oq qiladimi ko'r ham hassasini bir marotaba yo'qotadi u ham hato qigan bunga km sababchi allbatta otasi wunda qzni opwa yigitga berganida bunaqa warmandalik bo'lmasdi.
Man yigitga achinmadm chunki u yana uylaniwi mumkin qzchi u wundoqligicha qolib ketadi
Like | 0
ADI1995 xa xozirgi zamonda uylaniwgaxam qorqib qolasan kiwi
Like | 0
KAMAZLACETTI97 OLLOXIMGA Ming rahmat ming shukur.hamma yigitlarga va qizlarga solixa va solix yor ato etsin OLLOHIM ALHAMDULILLAX.:a:
Like | 0
bogirso qz aldangan bola uni sevmagan faqat hohiwi ucun yurgan db oyliman agar sevganida qzga uylangan bolardi qzla soda boliwadi wrn gapga uciwadi bolani balki rostan sevgandr lekn bola uni brtnga omagan oz foydasni kozlagan bola sladan iltimos qzla bn gaplawsela faqat aldamela keregilani ovolaslade keyn qzla aybdor boladi sabr qsa boladiyu man bu narsaga qarwiman cin sevgi munaqa bomidi sevgan odam br briga teymidi man wunaqa db oyliman <_<
Like | 0
Behzod_5995 Tasirli ekan
Like | 0
begzod118 Hozirgi qizlaga nima bugan o'zi nafsini tiyib yursa bumidimi
Like | 0
Mrromeo08 Bu gaplarni eshitib uylanishga qõrqib qolyabman
Like | 0
Zero11 Tôg'risi mana wularning barchasi nmadan dalolat bermoqda "OXIRGI ZAMON"dan dôstlar wuning u-n bunday narsalardan ôzingizni asrang va sabr qanoatli bôlsangiz yaratgan egam albatta sizni mukofot bn siylaydi
Like | 0
Null3340 Alhamdulillah!
Like | 0
nargiza302 xudo asrasin
Like | 0
albina7577 Ex ollohim hammamizga insof bersin hozirgi kunda oila qurushga ham qurqib qoldim insonlani qanaqaligini bilish juda qiyin bulib qoldi bizani oilamizda tarbiya boshqachayu lekin dugonalarimni kuraman qande ota onasi rozi buladimi yomi bilmasdan turib sevishib uch kunlab urtogimnikidaman deb uyalmasdan ota onasini yuziga qarab yolgon gapirib yashab ketaveradi qani uyat qani oriyat vijdon kimdan berkityabdi aybini kimni aldayabdi uzinida nima inson uylamidi hech kim kurmasa ham ollohim kuribdiku bi sinovli dunyokeyin haqiqiy dunyoga borganda oollohimga qande javob beraman deb inson shunchalar tubanlashib ketganmi zamon uzgaryabdi deymiz yoq zamon joyida turibdi odamlar uzgaryabdi chetdan urnak olib tanqid qilib yashashyab eh olloh insof bersin
Like | +1
Asal94 haqiqatdan qiz zotiga nima balo urdi men samarqanddanman xurmatli muxlis sizlardan bir masalada yordam surayman. yaqinda men ham yangi hayotga qadam quyaman ammo qurquvdaman. bulajak turmush urtogimi qiz dustlari bor ekan avallari qizning uyiga kirib borib turgan ekan l.n menga oramizda hech narsa yuq diydi. Qiz meni qalligimi sevadi fotixamizdan oldin tuyi buziwga ancha harakat qildi ammo qalligimga buni aytsam iwonmadi. ular hozir ham gaplawib turiwadi. qizning oilasida barcha opalari wantaj b.n erga tegiwgan. agar bu ham menni qalligimga tuydan keyin wantaj qilsachi dib qurqayapman. Tarona.net iltimos yordam bering qanday yul tutay
Like | 0
Z_alone Asal, agar siz o'zizi kuchli irodali dib bilsez, qo'rqmasdan turmushga chiqing unga, va to'ydan keyingi bo'ladigan qiyinchiliklarga bardosh berib o'z aql, iroda, sevgi va makrlariz bn turmush o'rtog'izzi o'zizniki qivoling. Agar bularga kuchiz yetishiga ishonchiz komil bo'masa undan ko'ra to'yni toxtatganiz ma'qul, teng tengi bilan, Xudo hammaga ertami kechmi o'ziga mos juftini uchratadi. Vaqtiz bor. Mani tushundiz dib umid qlaman!
Like | 0
zohid9606 Bazibir odamlar olimni esidan chikarishadi.a bazi birlar bu dunyoga birmartta kelamiz oynap kulip kolish kere deyishadi bunday insonlarButun mavjudodni yaratgan parvardigorini oldiga borganda esa kattiq afsus chekishadi.bu kizni tagdiri nima bolishini oylab korkib ketamana.Allohga shukur
Like | 0
Super$lady Tasrliv hikoya ekan rostanam agar 6zni nafsni tiysa ohri yahw b6lad, wunaqalaga ollohim baxtni korsatad i sabr qilganlaga
Like | 0
Asliddin352 Bu voqia sizlarga saboq bulgan deb uylayman
Like | 0
feruzka5405 tavba
Like | 0
1-20 21-40 41-59
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное