Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

To‘yga ota fotixasi shartmi?

Bugun siz muxlislar uchun sayyod nashri Yakshanba-muxlis minbari loyihasining navbatdagi sonini taqim etadi. 

Assalomu alekum Sardor aka . . . Gapni nimadan boshlashni xam bilmayopman. Xullas sizdan maslaxat soramoqchi edim. Ismim Asal yoshm 20da. Sizga adamla xaqida aytmoqchiman.   Oyijonimlani sogliqlari togri kemaganliklari uchun kop aperatsiya bolganlari uchun doxtirla turmush qurish tugish mumkimas diganakan. Balki bu taqdirdir. 35yoshlarida adami uchratganakanlar. U vaqtda adamlani oilasidan ajrashgan 4bolasi boganakan, qonuniymas shundo alohida yashashganakan. bilmadim nima bogan.  oyimlani aytishlari boyicha xich kelishmaganakanla, kop janjal boganakan, keyin oyimlaga uylanganakan toy qilib. oyijonim mani dunyoga keltiraman dib o'lip tirilganla,  tugruq jarayoni judayam qiyin otganakan,.bundan xabar topgan adami xotini oyijonimi yoniga kop janjal qilganakan kelip, xatto ishxonalarigaxam borib. Adam xaqda etsam ozi sal yengil tabiatro boganakan qogozga orap etganda, bizadanam bowqa oilasi bowqa joyda xam wunaqa qiganakan, xotinidan tawqarida. oyimlani ozixam bowqa ayolla bn ushavoganakanla, oylashiz mumkin oyizgaxam boshqa er qurub qoliptimi dersiz, lekin bu taqdir nimaxam qilardik ollohni irodasi bu. Shu shu kop janjalla bolipdi orada, keyin adam ishidan pora bilan ayblanib sudlanibdi kop shunga ishkal boganakan, lekin isbotlanmapti. Keyin ula ota onasini uyiga boshqa viloyatga kochib ketishibdi , man shu orada adami soginganimdanmi kop kasal boganakaman. 2000yilda mani korishga keganakan, oshanda oyim etadla rasa soginganakansan yarim tungacha quchogidan chiqmaganding adajonim ozimi dib dirdila. Adam oyijonimga mani qarg'aganmiding u yerga borib rosa qiynaldik , uy qurdik xotinim kasal bolib jenskiy aperatsiya boldi,  qizim eridan ajrashdi diganakanla. O'zlari xam rasayam ozib ketganakan oyimlani etishlaricha. Man umuman eslolmiman buni 5- 6yosh bogaman u voxtda. Oshanda manga dib 1000so'm pul berganakanla, keyin kelasi yil xam 1marta keganakan unda 500so'm pul berib ketganakan. Bu gaplarim boshqalaga bilmadim qanaqa tuyuladi, lekin manga adamlani 1500so'm atigi puli ketgan. kelganda shu pulini aftiga otaman mana manga ketgan puling dib etgim keladi. Biza judayam qiynalardik yoshligimda,  shunuchun mani boqaman dib oyimla 3ta ishga ishladila, barbir erkak kishini topgan pulini barakasi boshqa bolarkan, ayol qancha topsaxam.   Xech yodimdan chiqmidi 1ta voqea, u vaqtda 4-sinflada edim.  oshanda oyijonim uyda yolgiz qolma dib ishlariga olib bordila, avaldan kop borardim ozi. Bizani oshanda abed qilishga ishonasmi xatto nonimiza yogidi. Oyim rasa qiynalardila, kop kishidan qarz ogandila, oylik berishiga xali ancha bor, keyin man u vaqtda xar xil krujoklaga borardim, oshanda biserdan kalitga iladgam brelok yasab 200so'mga sotib non olib yegandik. Oyijonim oshanda rasayam yig'lagandila xech xam yodimdan chiqmidi shu xolat, agar oshanda adam boganida biza bunchali qiynalmasmidik dib oyliman. shulani oylaganimda adamdan nafratlanib ketaman, ulani korgim kemidi. Osha kuni biza soat 4da abed qilgandik. Ollohimga ming shukrlar bolsin osha kunlar xam mana o'tib ketdi.   Keyin maktabni bitirib kollejga kirdim. Institutga kirishga repetitorlaga borardim. Oilaviy sharoitimiz tori kemaganligi uchun bormiy qoydim. Bosh vaqtlarimda tikuvchilik qilaman, pishiriqla qilaman . Goxida o'ylanib qolaman, ollohim mani otadan ayirgan bolsaxam oyijonim borlaku, yonimda shungaxam shukr qilaman. Keyin xayotimga 1inson kirib keldi. U judayam yaxwi inson,  mani tushunadgan aqlli mexribon, yani mani bolaje turmush ortog'im. Mana 3yildan buyon sevishamiza, ula mani judayam yaxshi koradila. Mana unashtirildik,  kelasi 2015 yilda nasib bolsa toyimiza boladi.  xoz ula chet elda ishlavotila. Ula manga xam ota ornidala xam oka ornidala. Oilalari xam judayam yaxshi ilohim xardoim shunaqa bolsin o'z qizlaride korsinla mani. Nasib bolsa niyatim bor farzandlarim kopayib bitta farzandimi oyijonimga bermoqchiman kotta qiladila. Ulaga xam qaridi. qizim yoki o'glim nasib bolsa olloh qollasa. Yoshlari xam otip qovoti  oyim tengila allaqachon nevarali boganla, kere bosa nevara kelin qilishvoti. Lekin qalbimda bitta armon xech tinchlik bermaydi manga. Toyimdan aval adamlani izlab topib uladan oq fotixa olsammi,  nima bolganda xam ula mani adamku yaxshimi yomonmi. Ula bo'lmaganda man bu dunyoga kelmasdimku. Lekin boshimizdan otgan qiyinchililani eslasam uladan nafratlanib ketaman. Manga mexr bermagan, yordam bermagan, kotta qilmagan odam manga begonaku dib oyliman. Toptim xam deylik ulaga nima diman. Ada digan soz manga begana xatto etishga tilim aylanmidi. Xotini bilib yana janjal qilmidimi shundan qorqaman. Yoki yopiq qozon yopiqligicha qolgani maqulmi. Shu gaplani yozar ekanman kozlarimdan oqayotgan yoshlarimi toxtatolmayopman. Ulani manga yordami yoki boshqasi kerak emas. Faqat bermagan mehri oq fotihasini olish barbir xar bitta qizi manimcha niyati shunaqa boladi. Etishadiyu ota rozi xudo rozi dib. Maslaxat bering Sardor aka nima qilay. Boshim qotgan. Buyoda oyimlaga etsam o'zing bilasan qizim dib etadila. Mani togri tushunas dib oyliman. Etishadiyu kechirimli bo'lish kere, ollolhim kechirimli bandalarni suyarkan. Yana bilmadim kechrishimga arzimidi deb xam oylab qolaman. Shu joyida boshimdan otganlani tugataman.   Bilmadim bu mani odiygina xayotim sizga qiziq tuyularmikan yoki yoqmi oylimanki saytizga chiqarasiz. Balki saytda adamlami yoki uni farzandlarimi bu xikoyami oqib chiqib insof kirar tanishar balki mani. Yana bilmadim. xatto adam tirikmi o'lganmi shu xaqda xam bilmiman. Balki boshqa otalaga mani xayotimi o'qib insof kirar,  anchadan beri xabar olmagan farzandlaridan xabar olishar. Adamlani xatto eslolmiman xam, korinishlari qanaqa bilmiman xam.  pasportga tushiladiyu 3x4qilib shunaqa rasmlaridam 2ta faqat bor. Xurmat bilan oddiygina ota mehriga zor ada dib etmagan Asal. Intizorli bilan kutaman , Sardor aka fikrizi bilmoqchiman , maslaxatizi bilmoqchidim bunga boshqala qanaqa maslaxat berisharkan shu mani oylantirvotti. 
Manba:sayyod.com


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 12928 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: foxisha, Ayol, Zino, to'y
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
guli101192 Hayota rossa qiynalibsiz hali hayotingiz oldinda hammasi yaxshi bo'ladi huda haqlasa. Baribir otaning orni boshqa ming qilsa ham yaxshi bo'lsin yomon bo'sin. Otangizni toping va undan oq fotixasini oling uni kechiring
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное