Bojalar - Zardalaring (... Bojalar - Zardalaring (...
Benom Guruhi - Baxtli B... Benom Guruhi - Baxtli B...
VIA Sharq - Bu Yurak (V... VIA Sharq - Bu Yurak (V...
Sanjar Halikov - Lolala... Sanjar Halikov - Lolala...
L'One - Самая Простая П... L'One - Самая Простая П...
Mavluda Asalxo'jayeva -... Mavluda Asalxo'jayeva -...


Меню
Поиск
Реклама
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi - All I want
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Jumong-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

O'zbek qizlarimizga nima bo'lyapti. Buzilib ketishlar. Foxishalik sabablari... (+16)


Assalomu alaykum qadirli qadirdonim... Avvalo Barchangizga hayit ayyomi muborak bo'lsin.

Anchadan beri sizlar bilan dildan suxbatlashmaganim uchun uzr so'rayman, qo'limga qalam olishga sira imkon bo'lmadi. Ammo hayotimizda shunday voqealar bo'lar ekanki ularni ko'rib yana qo'lga qalam olishga majbur bo'lar ekan kishi.

                Yodingizda bo'lsa bir necha yil avval o'zbek qizlarimizni o'zini tutishi o'zgarib borayotgani, kiyinishimizga nima bo'lyapti degan maqolamiz saytimizda chop etilgan edi (manba). Ushbu maqoladan so'ng ko'p tanqidlar bo'ldi, bu mavzuda ko'proq yozishimizni so'rashdi, ammo hamma narsani ozi shirin deyishadi, hech kim farishta emas. Biz bu kabi maqolalar bilan kimlarnidir yomonga chiqarishdan yiroqmiz, Shunchaki ko'rganlarimiz haqida yozib, tegishli hulosa chiqarishni sizga ishonmoqdamiz.

Demak boshladik,

                Globallashuv tushunchasini barchamiz bilamiz, bu zamon bilan birgalikda yashash demakdir, yildan-yilga bizning o'zbek halqimiz zamonaviylashib, horij xalqlari urf-odatlarini o'zlashtirib, ularga taqlid qilishayotganini bugungi kunda hech birimiz inkor qila olmaymiz.

                Ho'sh bu biz uchun qanday ahamiyatga ega?

                Horij xalqlarida turmushtga katta ahamiyat berishmaydi, Nikox degan tushuncha ularda mavjud emas. Oila qurasdan bir necha yil yashab ham yurishadi. Bu oddiy holdek. Eng achinarlisi bunday hollar bizda ham uchrab turibdi, milliy o'zbek xalqiga ham asta sekin kirib kelmoqda.

                Bu esa o'z o'rnida Eng avvalo milliyligimiz yoqolmoqda. Urf-odatni chetga suraylik, kiyinish madaniyatini qaren, qizlarimizni ibosi, hayosi qayerda qoldi. Ko'p qizlarimiz yarim-yalang'och. Toshkent shaxri bo'yicha o'rganib chiqqanimizda kollej talabalari orasida hali turmush qurmagan ammo iffati yo'q bo'lgan qizlarimiz ham mavjud ekani aniqlandi. Qizlarimiz o'ziga qaraydigan, hech qachon terilmaydigan qoshlarni terishlar boshlanib ketdi...

                Bunga nima sabab bo'lmoqda?

                Ota-onalarimizni beparvoligimi? Yoki horij filmlarini tomosha qilib, qizlarimiz tez balog'atga yetib qolishyaptimi? O'z shaxvatini qondirish hissi ularda nega ancha avval paydo bo'lyapti. Bu ham globallashuvning asorati emasmikin.

                Aybni ota-onaga tashlashimizni sababi bor:

                Bugungi kunda bu kabi qizlarimiz yaxshi genikologni topib, soxta iffat bilan tumushga chiqishmoqda. So'ng uyimga borib kelaman bir kunga deb ketishmoqda. Uyga borib, ota-onasiga do'stlarim bilan uchrashamiz deb tunni boshqa erkak bilan o'tkazishmoqda.  Buni qanday tushunsa bo'ladi, naxotki qizlarimizni shunday hayot qoniqtirmoqda...

                Hech birimizga sir emas, hozirda ajrimlar juda ko'p, bunga shunday vaziyatlar sabab emasmi? Qizlarimiz turmushga chiqib, bo'ldi er ko'rgan degan nomni olib, keyin bemalol yurishyapti. Nega bunga ota-onalarimiz jim qarab turishibdi. Ilgari ering yaxshi bolsa ham, yomon bo'lsa ham u seni ering deb haydagan ota-ona nega qizini olib kelib uyida o'stirmoqda.

                Bu ham maylin, shunday oilalar ham borki qonunan er-xotin, ammo birga yashashmaydi. Ayol jaxl bilan fazandlarini olib, o'z uyiga qaytib keladi.  Nega jaxl qildi degan savol tug'iladi. Sabab juda oddiy. Erim menga qaramiydi, man uchun hech bir ish qilmaydi, aloxida yashagim kelmoqda. Erim pul topmayapti.

                Ho'sh siz ayting shu sabab bo'la oladimi. Menimcha yo'q. Buni nomi bilan turmusht deb qo'yibdi. Buni mushtiga ham chidash lozim. Ota-ona bilan yashashga nima yetsin ey kelinchak. Aloxida yashab nimaga erishasan. Maylin ering yog'ida vaqti-vaqti bilan kimnidur chaqirmoqchidursan, ammo u ham vaqtinchaku. Keginchi. Farzandlar tarbiyasichi. Agar ota-ona bilan yashasangiz farzandlar tarbiyasi ham yaxshi bo'ladiku. Nega buni ko'p yoshlarimiz tushunmay bir, ikki yoki uch farzandini ko'tarib, o'z uylariga qaytib kelishmoqda.

                Axmoq ota-ona ham qizi va nabiralariga quchoq ochib kutib oladi. Ishonasizmi yillar davomida qonuniy er-xotin ammo birga yashamay kelishadi. Shunday er bo'ladiki ayoli yonida bo'lmasa ham, u bilan yashagisi keladi, undan boshqasi bilan bo'lishni tasavvur ham qilgisi kelmaydi. Aqlliy ayollarimiz esa bunday erlarni qabul qilishmaydi, ko'chaga chiqishadi, ish topishadi, ishda yashirin Slujebniy roman boshlanadi, o'z ishini bitirish uchun boshqasi bilan bo'lishga ham tayyor, bu bilan ham ish bitadi, ham o'z shaxvatini qondiradi. Bunday ayollar erkaksiz yashay olishmaydi. Bu kabi ayollarimizda o'z maqsadi yo'lida ularni hech kim to'xtata olmaydi. Agar biror erkak yoqib qolsa, u bilan bo'lmaguncha tinchimaydi. Lekin bunday ayollarning aksrayiati yuzida niqob bo'ladi, hammaga o'zini Angel (farishta) deb tanishtiradi. U shundaylar bilan bo'ladiki gap chiqmaydigan qilib oldini oladi.

                To'g'ri shunday ayollarimiz ham borki yurishini yashirishmaydi, bundaylardan cho'chimaymiz, ammo jim yuradigan ayollardan har doim qo'rqing ey yigit.

                Ochig'i bu gaplarni ichim achiganidan yozayapman. Bunday xodisa har birimizning boshimizga yoki yaqinlarimiz boshiga tushishi mumkin. Ilohim hammamizdan nari qilsin. Barcha yigitlarimizga halol, ibosi, hayosi va eng muhimi hudoni biladigan iffatli jufti halol nasib etsin.

                Qizlarimizga aytar so'zim juda ham ko'p, ammo menimcha gapirmaganim yaxshi.

                Ota-onalarimizga:

Qadirli ota-ona: Ogoh bo'laylik, faqat pul topish, yoki o'zimiz haqimizda o'ylamaylik. E'tiborimizni farzandlarimizga ko'proq qarataylik. Biror ish qilishdan avval, ertaga bu fazandimga urmasmikin, uni hayoti ham menikidaka bo'lmasmikin, Man qilayotgan ishlarni ertga u ham qilmasmikin deb ozgina o'ylaylik.

Ularni kelajagi haqida qayg'urib, yigitlarimizni mard va jasur, qizlarimizni esa halol, iboli, hayoli va eng muhimi hudoni biladigan iffatli qiz qilib tarbiyalaylik. Ularni doimiy nazorat qilaylik, qayerda kim bilan yuribdi, do'stlari kim... Yoki nazorat qilolmaymizmi... Yoki buni hohlaymizmi...

"SHAYTON AYTAR EKAN"

1. Agar azon aytganini eshita turib namoz o‘kimasa u meni--Dadam.

2. Agar boylik - nonni uvol qilsa u meni --Akam.

3. Agar imomdan oldin rukuga borsa u meni-- O‘g‘lim.

4. Uyiga mehmon kelsa, yoqtirmay mensimasa u meni--Onam.

5. Ochik- sochik kiyinib yurgan qiz meni-- Ayolim.

6. O‘ziga oro berib qoshini tergan ayol u meni -- Jazmanim.

7. Agar ovqatlanganda «BISMILLAH »-deb yemasa u meni --Kelajagim.

8.  Dunyoga berilib oxiratni unutgan u meni--Bolalarim.

9. Mana shu aytganlarimni birovga yetkazgan u meni -- Dushmanim.

10. Agar shu aytganlarimni sir saqlagan u meni xaqiqiy-- Do‘stim.

 

Qadirli muxlis, Biz inson sifatida hayotda ko'rganlarimizga nisbatan o'z fikrlarimizni bildirdik holos, Undan tegishli hulosa chiqarishni sizga ishonamiz. Siz ham bu boradagi o'z fikrlaringizni izohlarda bildiring.

Yoki sizda ham shunga o'xshash, saytimiz foydalanuvchilaridan javob oladigan voqealar bormi? Ularni bizga yuboring, Biz albatta u bilan tanishib saytimizda chop etamiz.

Yana qanday mavzularda yozishimizni hohlaysiz, Bizga yo'llang...

Bog'lanish uchun:

E-mail: tarona.net@bk.ru

Telegram: @tarona_tv
 

 Shoxrux tayyorladi.



Manba:tarona.net

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @tarona_tv manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 31930 | Комментарии: 1 | Голосов:: 0| Теги:: Xiyonat, o'zbek qizlari, foxisha, Ayol, Or-Nomus, Qiz, iffat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Şhoxjaxoñ пишет: | 03.10.2017 | 13:57 #1 Спам
leoo_55 sabab bitta telifon birgina shu yarim qarichli matox qizlarni buzadi, erkin ommaviy internet bor zamonda uzbekistonimizdanxam anchagina qizlar bor so'ngi rusimdagi telifon isatadigan qizlarni 98,9 % entirnetdan foydalanadi demak xulosa o'zingizdan...
qizlarni xirsi yigitlarnikidan tubdan farq qiladi porono xayotni netda ko'rgan qizlar jumbishga kelishi tabbiy balki bu narsalarni ko'rmasligi mumkin lekin ijtimoiy tarmoqda buzuladi bu aniq yana yengil tabiat dugonalarixam iffat yuqolishiga sababchi bo'la oladi...
eng muximi ota onalarga maslaxat qizlarga ortiqcha erk bermaslik kerak... zero bularni bari o'zimizga foyda rashksiz erkakka jannat xaromdir deganiday jannatdan yuz o'girmaylik...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Реклама
Новинка у нас
. Григорий Лепс feat. Тимати - ТыЧегоТакойСерьезный  
. Sitora Farmonova - Habiba  
. Shoxruz (Abadiya) - Eslama  
. Bojalar - Zardalaring  
. Григорий Лепс - Разбитая Любовь  
. Zokir Ochildiyev - Boja Boja  
. Otabek Mutalxo'jayev - Kelmading  
. Shahriyor - O'g'ri  
. Ziyoda - Top Top  
. Manzura - Сағындым  
. VIA Sharq - Bu Yurak  
. Sanjar Halikov - Lolalar  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Ayriliq Kuyi  
. Ulug'bek Rahmatullayev & Farrux Zokirov - Eslab  
. Ulug'bek Rahmatullayev ft. Shahzoda - Bekatlar  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Chorlagin  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Go'dak Nolasi  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Choygacha  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Lolalar  
. Ulug'bek Rahmatullayev - Qizalog'im  

Мини-Чат
Tarona.net

Сайтимиз янгиликларидан доимий хабардор бўлиб туриш хизмати by Email


                   
Самое Популярное
. Ummon o'grimi Yoki BENOM... [Exclusive Intervyu]
. Ummon guruhi - Dengiz
. Ummon - Sensiz
. Shahzoda - Shunchaki
. Ummon - Alvido
. Ummon - Sen Kechir
. Ummon - Ana Endi Yeg'la
. Ummon - Eslab Qol
. Ummon - Tola
. Ummon - Ming Afsus