Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Or-Nomusni Pulga sotganlar qismati

Toshga aylangan qizlar haqidagi afsonani hammamiz eshitganmiz. Rivoyat qilishlaricha, qadimda bir o‘lkaga dushman bostirib kiribdi. Ular gullab-yashnagan bu yurtni kultepaga aylantirishibdi. Shu yerlik qizlar tiriklayin dushman qo‘liga tushsak, nomusimizni toptaydi, yuzi qora bo‘lgandan ko‘ra, o‘lganimiz ma’qul, bizlarni toshga aylantir deb Yaratganga iltijo qilishibdi. Ularning ohu-faryodi, iltijolari ko‘kka yetibdi. Or-nomusini hamma narsadan ustun qo‘ygan qizlar toshga aylanishibdi. Ammo hozirgi paytda pul topish ilinjida hech nimadan qaytmaydigan ayollarni ko‘rib, g‘ururini, nomusini asraydigan zaifalar o‘tmishda qolganmi degan xayolga borasan kishi.    
Sirdaryolik Sarvinoz (ism-shariflar o‘zgartirilgan) barcha ayollar singari chiroyli kiyinishni, yaxshi yashashni orzu qilardi, biroq uning niyatlarini amalga oshirish uchun pul zarur edi. U qo‘lida tayinli hunari bo‘lmaganidan boshini qaerga urishni bilmasdi. Shunday kunlarning birida qo‘shnisi, Rossiyaga borib ishlab kelgan Oynisa joniga oro kirdi. Oynisa pul topish maqsadida Rossiyada ko‘rsatgan “qahramonlik”lari haqida og‘iz ko‘pirtirib gapirganida, Sarvinozning havasi kelib, ko‘ngli sust ketdi. Oynisa unga “Rossiyaga borib fohishalik bilan shug‘ullansang, yaxshigina pul topishing mumkin” dedi. Sarvinozni xarom yo‘l bilan pul topish zarracha hayratga solmadi. U qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, faqat pul topsam bo‘ldi deb o‘yladi.
– Agar yana Rossiyaga boradigan bo‘lsangiz meni ham olib keting, hamma shartlaringizga roziman, pul ishlasam bo‘ldi, – dedi Sarvinoz Oynisaga.
Uning gaplaridan Oynisa quvonib ketdi. Axir birorta qizni ergashtirib borsa, tanishi “Tanya” xursand bo‘ladi, evaziga mukofot puli ham beradi.
– Mayli, o‘zi qaytish uchun bilet olmoqchi bo‘lib turgandim, seni birga olib ketaman. Hoynahoy, biletga puling bo‘lmasa kerak, ikkalamiz uchun biletni o‘zim olaman. Borgandan keyin ishlab pul topsang, surishib ketarmiz, – dedi Oynisa.
Shunday qilib, qizlar samolyotda Rossiyaning Tolyatti shahriga uchishdi. Ularni “Tanya” kutib olib, ijara uyga joylashtirdi. Bir-ikki kunlik damdan keyin Oynisa bilan Sarvinoz “xizmat faoliyat”larini boshlab yuborishdi. Har kuni erta tongdan “Tanya” qo‘ng‘iroq qilar, ular yuvinib-taranib, maxsus yollangan taksida shahar chetida joylashgan saunalardan biriga yo‘l olishardi. Saunada ular “massajchi” niqobi ostida bir kunda ikki-uchtadan mijoz qabul qilishardi. Iflos yo‘l bilan topilgan pullar esa sauna egasi, “Tanya” va qizlarning o‘rtasida taqsimlanib, hamma o‘z ulushini olardi. Sauna qo‘riqchilari to ish kuni tugamaguncha qizlarning ketishiga yo‘l qo‘yishmasdi. Shu tariqa oradan ikki oycha vaqt o‘tgach, bir-ikki so‘m pul topgan Sarvinoz uyga qaytdi. 
Oradan kunlar o‘tdi. O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas deganlariday, u  eski ishini qo‘msab qoldi. Sarvinozning yana Rossiyaga otlanganini ko‘rgan singlisi Marjona ham unga ergashdi. Sarvinoz singlisiga u yerda nima ish bilan shug‘ullanganini oqizmay-tomizmay aytib berib, “Senga bu ish to‘g‘ri kelmaydi” dedi, ammo Marjona boraman deb oyoq tirab olgach, o‘zi bilan olib ketishdan bo‘lak iloji qolmadi. Ishning hadisini olgan Sarvinoz bu safar “Tanya”ning oldiga borishni istamadi. Chunki “Tanya” rahm-shafqatsiz ayol bo‘lib, ularga bir kun ham dam bermay, ko‘proq pul ishlashga majbur qilardi. Saunada “ishlab” yurganida Sabina ismli yengil tabiat qiz bilan tanishgandi. U Sabinaga qo‘ng‘iroq qilib, singlisi bilan borayotganligini aytdi. Ular yetib kelgach, Sabina kutib olib, ijaraga uy topib berdi. Qizlar yana saunadagi eski faoliyatlarini boshlab yuborishdi. 
Marjona bu yerda Oybek ismli o‘zbek yigiti bilan tanishib qoldi. Oybek unga qilayotgan ishining oxiri voy bo‘lishini tushuntirib, bu yo‘ldan qaytishga undadi va boshqa ish topib berishga va’da berdi. Marjona unga quloq solib, saunaga bormay qo‘ydi. 
Yolg‘iz qolgan Sarvinoz biroz pul topgach, orqaga, uyga qaytdi. Oradan bir oylar vaqt o‘tgach, unga tanishi Muazzam opa qo‘ng‘iroq qildi:
– Sarvinoz, sendan bir iltimosim bor edi, tanishlarim — Natasha bilan Manzura degan qizlar ish izlab yuribdi. Nihoyatda sharoitlari og‘ir, agar Rossiyada tanishing bo‘lsa, ularga ish topishga yordam ber. Agar istasang kechqurun kafega kel, o‘tiramiz, keyin ular bilan ham tanishib olasan.
– Mayli, opa, borishga harakat qilaman, – dedi Sarvinoz.
Ular kechqurun kafeda uchrashishdi. Sarvinoz qizlardan Rossiyada nima ish bilan shug‘ullanganini yashirib o‘tirmadi. Hammasini gapirib berdi va gapining oxirida u yerda faqatgina fohishalik qilishsagina mo‘maygina pul topishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi. Uning gaplari pul uchun hamma narsaga tayyor qizlarni cho‘chitish o‘rniga battar ilhomlantirdi. 
– Hamma shartingizga rozimiz. Tanishlaringizga qo‘ng‘iroq qiling, bizni kutib olishsin, – dedi Natasha.
– Rossiyada “Tanya” degan tanishim bor edi. Faqat hozir u bilan aloqam uzilgan, telefon raqami ham yo‘q. Oynisa degan qo‘shnim bor, shundan iltimos qilib ko‘raman, uning “Tanya” bilan munosabati yaxshi, qo‘ng‘iroq qilsa, u sizlarni kutib oladi, – dedi Sarvinoz.
Sarvinozning iltimosini “Tanya” ga yetkazgan Oynisa tez kunda unga aloqaga chiqdi.
– Sarvinoz, “Tanya” bilan gaplashdim, u rozi bo‘ldi. Agar yana ishlashni istovchi qizlar bo‘lsa bemalol kelaverishsin dedi. Faqat internetda, odnoklassnik orqali qizlarning rasmlarini jo‘natishimiz lozim. “Tanya” ularning orasidan kimni tanlasa, o‘sha birinchi bo‘lib ketadi, – deb xabar berdi Oynisa.
Sarvinoz uning gaplarini qizlarga yetkazdi. Natasha bilan Manzura yana uchta dugonasini Rossiyaga ishlash uchun borishga ko‘ndirishdi. Ularning barchasi rasmlarini internet orqali “Tanya”ga jo‘natishdi. “Tanya” ularning orasidan Natasha bilan Elvira ismli qizni tanlab, “Zudlik bilan yetib kelinglar”, deb buyruq berib, biletga pul jo‘natdi.  Qizlar samolyotga bilet olishdi. Sarvinoz ularni aeroportgacha kuzatib qo‘yish uchun tanishi Asrorni chaqirdi. Qizlar yuklari bilan Asrorning mashinasiga joylashishdi. 
Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlariday, ularning kirdikorlaridan xabar topgan huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari Rossiyaga borib, mo‘may daromadga ega bo‘lish fikri bilan band qizlarni Sirdaryo tumanidagi Yangiobod postida qo‘lga olishdi. Yana bir og‘ir jinoyatning oldi olindi, boshiga nima ko‘rgiliklar tushishi mumkinligini xayoliga ham keltirmagan, pul topish ilinjida or-nomusini sotmoqchi bo‘lgan qizlarning hayoti saqlab qolindi. Sarvinoz va Oynisalar esa odam savdosi bilan shug‘ullanganliklari uchun tegishli jazosini oladigan bo‘lishdi.  
Lola Shoimova



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 20305 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xiyonat, Or-Nomus, nomus, pulga sotgan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
yeva0903 Blin sõyb tawaw kere munaqa isqirtlani <_<
Wulani db xamma qizla yomonga chiqadi >(
Like | 0
jasmin9796 Bunaqa odamlani odam xisoblamiman xudodan soriman xamaga insof beriwini. Xamma narsani javobi bor.
Like | 0
jamshid90 battar bosin hammasi osish kerak hammasini qoziqqa otirgazib
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное