Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Pazanda - The Sound of Love
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Ishqni deb ikkinchi xotin bo‘lishga rozi bo‘lganlar uchun!
Haftaning Yakshanba kunlarida sizga doimiy tarzda taqdim etiluvchi loyihalarimiz ko'p. Ammo Siz sevgan "Yakshanba-muxlis minbari" barchasidan qiziq menimcha. Mana bugun yana sayyod nashrida yangi maqola paydo bo'ldi. Bu voqea juda qiziqarli bo'lgani sabab saytimizga yuklab, siz muxlislar ham bilishingizni hohladik. 

Yowim 18 da xorazmdanman.  2 yil oldin hayotimda br yigit paydo boldi. u bn ahd paymon qiluvdik 1 yil doim birga bo'ldik, hecham ayrilmasdik, wunaqa yaxwi ko'rardik bir birimizni. O'tgan yili buvisi ahvoli og'irlawganligi tufayli yolg'iz nabirammi to'yini ko'ri digani un majburlap uylantirip qoyiwdi.  Mani esa uydagilar so'rawsayam beriwmasdi,  uni onasiyam mani uziga kelin qiliwwi eriw bildi o'ziga.  Mana, to'yiga bir yil bo'ldi uylansayam hozirgacha bir birimizzi sevamiz.  Hozir ham birga yurimmiz, man unga ikkinchi xotin bo'liwgayam roziman.  Bowqa birov bilan birga bo'liwwi o'ylawwiyam hohlamiman, lekin oilasidan ayiriw ajrawtiriw, qarg'iw oliw niyatim yo'q,  olloxga beadad wukur bitta farzandi bor, uni rosayam yaxwi ko'raman,  o'zi ham xotini bilan yawawwiyam hohlamidi,  faqat farzandini ko'zi qiymiydi,  mani esa uydagilar bowqasiga uzatiwwi payida. Yana kelib kelib o'wa yigitimmi qo'wnisiga, u yigit mani sevadi,  man esa do'stini yani qo'wnisini. Nima qilishni bilmayamman.  Yigitim,  bir yerda ota onam.. nima qiliwwi bilmiman lekin usiz yawomiman aniq bilaman.. Balki yowlik qivotgandurman, lekin u ham  man ham yaxwi ko'rmagan insonimiz bilan yawawga majburamasmiz dip o'yliman. Odatda sevgi to'ydan keyin  bo'ladi dip etiwadi,  nimaga  unda yigitim haliyam bitta o'g'l tug'ibt qo'ygan xotinini sevmidi, man sababli disam man uni to'yidan keyin bir ikki oy ko'ziga ko'rinmi hayotidan chiqib ketiwga harakat qildim,  lekin uzi yana qidirib topar, yana mani, o'zini qiynardi.   Chidolmadik, bir birimizzi sevganimiz uchun  hozir ham ajralgimiz kemidi,  yonimga kesa uyga ketgim kemiyapti dip etadi. Shuncha gaplardan so'ng,  man qanaqa qilib uni qo'wnisiga kelin bo'laman.. bu haqiqiy azobku.. Manga maslahatilar kerak    

Sayyod: -Sizni tanimayman, bilmaymanu biroq judayam nafratlandim... Ko‘proq yigitdan emas, aynan sizdan! O‘zingizni xayotingizni barbod qilganingiz yetmaganidek, yana  yigitni , uni xotinini, uni bolasini va bo‘lgusi eringizni va undan  tug‘adigan bolangizni xam xayotini barbod qiladigan balo ekansiz, ochig‘i. Shu qadar xam axmoq odam bo‘ladimi? Sevgimushde...Buncha xozirgi yoshlarni nafsi buzuq bo‘lmasa?!
U uylangan kunidan boshlab sizga begona! Birovning xaloli! Siz esa xaromi o‘g‘rideksiz! Baxt o‘g‘risi! Siz   uni uylanganidan (vaqtincha) baxtsiz bo‘lsangiz, uniyam o‘zingiz domingizga tortib, ketidan uni ayoli va farzandini xam baxtsiz qilishga XAQQINGIZ YO‘Q! O‘zingizni yig‘ishtirib oling darrov!
Yoshdirman, xatodir demang bu GUNOXNI KATTASI! Xato xam emas, yoshlik xam emas! Zudlik bilan u yigit bilan xamma rishtalarni uzingu, xayotingizni yangitdan boshlang!  
Bir ikki oy? shu muddatmi?   gap muddatda emas! gap istakda! Bir ikki oy chidaganmishlar, bir umrga yo‘q bo‘lish kerak edi! Istagan odam qiladi! demak asl istagingiz bu emas! G‘unajinni g‘unajini ekansizu, bu ko‘zlaringizni  suzaverib, suzilaverib yuzingiz absess bo‘lib qolmasa bo‘lgani. Siz buyoqda ko‘zingizni suzib turar ekansiz albatta u xotini bilan baxtli bo‘lolmaydi, uni mexrini sezib u bilan yashab ketolmaydi! Shu sabab "u meni sevadi, xotinini baribir sevmaydiku" demang! Bunga siz uni qo‘yib yubormayotganingiz sababchi! Odam itgayam o‘rganib ketadi, oddiy matox telefonga odam o‘rganib, uyida qoldirib ko‘chaga chiqsa "panika"ga tushyaptiku, buyoqda uyida tirik jon bo‘lsa, yana farzand tug‘ib bergan bo‘lsa, albatta mexri tushib sevib xam ketardi o‘sha sho‘rlikni. Xaqiqiy sevgi bu turmushdan keyin, buni o‘zingiz vaqti kelib tushunasiz, lekin bu narsani amalga oshishiga siz yo‘l bermayapsiz. Ikki oy emish! Kerak bo‘lsa o‘n yil eshigingiz tagiga kelaversa xam rozi bo‘lmaslik kerak! Birovni baxtsizligiga  o‘z baxtingizni qura olmaysiz, "tembolee" o‘g‘irlangan xarom baxtni! 
Siz yaxshi ko‘rayotgan uning farzandi faqat uniki emas, UNI XOTININIKI XAM! Uni o‘sha xotini tuqqan! IKKISINI FARZANDI U! Sizga nima bor u yerda?    
Sizni "ponyatkangiz" tushunchangiz bilan aniq aytganda: Agar yigit sizni rosti sevganida avvalo boshqasiga uylanmasdi! Oyisi kasalmi yo butun avlodi qirilib ketgan taqdirdayam uylanmasdi! Uylangan bo‘lsa ammo sizni rosti sevganida  u qizga qo‘lini tekkizmasdi! TUG‘DIRIB QO‘YIBDIKU! Yo kelin sho‘x chiqib xomila bo‘lguncha yigit bechorani xar kuni zo‘rlab turganmikan? 
O‘zi yigitam g‘irt latta ekanku! Muxabbati sof bo‘lsa kurashsin edi. O‘zbekning afsonaviy ishq mardlari Toxiru Farxodlar, Majnunlar suvdayam oqqan, cho‘ldayam yurgan va  suygani deb o‘lib ketgan  xam, ammo boshqasiga uylanmagan! Xozirgilari ota-onasi uchun bitta sho‘rlikka uylanib, o‘zi chetda shilta bosib shaltog‘ini oqizib yuraveradi. Fu bunaqa shiptir  yigitlarga, yigit emas bunaqalar g‘irt shippak! Erkak avvalo QALBAN ERKAK bo‘lishi kerak! Sevdingmi kurash va  uylan! Eplolmadingmi,  uylanganing bilan o‘lguningcha pistani chaq! Tamom!  Mag‘lubitni to‘g‘ri qabul qilish xam mardlik!
Sizga uylana olmagan va o‘z xotini va norasida go‘dagiga vafo qilmay oldingizda yurgan bu Xebbimos ibn Lashsharos  ertaga sizga vafo qilarmidi? Bolasini ko‘zi qiymasmish, nega unda bola qilding shapshap?  O‘laksa yeb o‘tganingizdan ko‘ra och o‘lganingiz afzal, qoching u tapochkadan! Ikki karra nomard u, na sizga uylana oldi va na endigi oilasiga vafo bera oldi. Tfu basharasiga bunaqa yuvindilarni!
Ja shunaqa bir-biringizni qattiq sevarkansiz, unda uylanishiga yo‘l qo‘ymay Romeo va Djuletta kabi bir-biringizga zaxar ichirib o‘lganingiz yaxshimasmidi? To‘g‘riside, shuncha atrofdagi odamlarni baxtsiz qilmay!   
 
Qarg‘ish olishni istamayman debsizu, bilingki, u uylanganidan boshlab nechi martta u bilan ko‘rishib, nechi martta oldingizga kelganida uning ikki yelkasidan tog‘dek qarg‘ish sizga ag‘darilgan bo‘ladi.
 Oila bu muqaddas! O‘sha kelin xam birovni bolasi, ertaga ne ne niyatlar bilan turmush qursangizu, farzand ko‘rsangiz, eringiz boshqasi bilan Ummonni qo‘shig‘ini kuylab yetaklashib yuraversa, qarg‘amaysizmi? Naq O‘zbekistondagi jamiyki domlalarni uyidan propiskadan o‘tarsiz!  Mayli qarg‘amasangiz xam, ammo xar bir odamni dili og‘rishida katta qarg‘ish bo‘lishi mumkin! Norasida go‘dakni, muqaddas oilani uvoli sizni xali tutib, u dunyo bu dunyoingizni vayron qilib siz chirqirab qolganingizda kech bo‘ladi! Ishonavering, bu sevgi baxonasi bilan va yoshlik degan tushunchani ortiga yashiringaningiz bilan QAYTAR dunyo va yaxshigina jazodan shu xayotni o‘zidayoq qutula olmaysiz!  
Xaliyam kech emas, va balki shu satrlarim SABABChI bo‘lib sizga ortga qaytishga ishoradir! Qancha adashgan insonlarni ko‘ryapman, nechasini javobi bir: Yoshlikda bilib(!)bilmay,  bittasini dilini og‘ritgandim... Qaysi domlaga bormay bo‘lmayapti...
Bo‘lmaydi xam! Xudoni jazosiga bandasini kuchi yetmaydi!
Xudodan qo‘rqing, oila bu muqaddas dargox, xalol nikox bilan Xudoni oldida tuzilgan oiladan qo‘lingizni torting! Ming sevadimi ular bir-birini sevmaydimi, bu sizni ishingiz emas, ular bir-biriga taqdirmi boshqami bu xam sizni ishingiz emas, Xudoni ishlariga aralashmang! U endi xotini va farzandiniki! Bitta oilani va o‘zingizniyam baxtsiz qilmang! Qanchalik qiyin bo‘lmasin demak bu sizga sinov! Munosib ravishda toza va xalol bo‘lib o‘ting!
Manba:sayyod.com



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 26818 | Комментарии: 31 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Xiyonat, Ishq, Zino, ikkinchi xotin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 311 2 »
zumrad991 nima diyishga ham xayronman. :o ex bu hayot! Shunchalar ham qadrsizlantiriladimi a? :'( axir har kim faqat o'zi uchun yashiydi...
Like | 0
Mashhura пишет: | 16.10.2016 | 02:31 ( E-mail ) #30 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Javob menga juda yoqdi. Raxmat sizga. Qanidi shundan so'ng bu oilani tinch qo'ysa.
Like | 0
Mashhura пишет: | 16.10.2016 | 02:30 ( E-mail ) #29 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Sizam qachondir kimgadir turmushga chiqsangiz sizziyam eriz boshqasini sevib, o'ylab yashaydi. Bu qaytar dunyo. Uyam shunaqa sizga hiyonat qiladi. O'shanda ko'tarolsangiz bo'ldi.
Like | 0
Mashhura пишет: | 16.10.2016 | 02:28 ( E-mail ) #28 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Anchagina tarbiyasizligingiz ko'rinib turibdi. O'sha bolani aslida hudo o'zi asrabdi. Buni tushunmaydida u zinokor. Sevib qoldim deb unga qachonlardir unga xiyonat qila oladigan qizligizzi bilmaydida, ablax! Oila nikoh degan narsalarni qadriga yetmaydigan qiz uni hech qachon baxtli qila olmasdi. Oilali erkaklar bn uchrashib yuradigan qizlarning ota-onalari u dunyoda do'zaxda kuyadi.
Like | 0
geta U qizga qoyil qomadim sevgi dib bir oilani buzishgayam tayyor manimcha u qizga maslahatim ota onasi etga yigitga turmushga chiqib uzini u yigitdan tortishi kere usha sevganidan uni xotini nima ayibu bor uyam baxtli bulishga xaqli
Like | 0
Muxlisingman Man o'ylGande jovob qaytarbtla
Like | 0
Sanam1747 Bitta norasida bolani uvoliga qoliwdan qo'rqin >(
Like | 0
umiwka9392 18 yowda emiw ikki yil oldin seviwganmiw 16 yowda a. Munchayam aqli past nodonsan a. Jirtillab yow bowingdan sevgiga balo bormi yana oilali erkak bn . Uzichi bu zamonni senga uxwagan kaltafaxmlar buzyabdi. Eee senga javob yoziw xam xayf
Like | 0
Ifora91 birincidan yigit qizzi umuman sevmidi. agar sevganda qizga uylanardi ming ota onasi qarwi boliwgandayam. daje qiz ucun xarakatam qimaganku. unaqa latta yigitlani seviw uvol.
Like | 0
namuna Agar siz uni chindanam sevganizda oilasini buzmasdiz u sizni chinda sevganida voqtida boshqasiga uylanmasdi sevgi òtginchi ekan siz uylanganidanoq orani ochiq qilishizkeregidi bòldi taqdiriga yozilgan insoni shu xotini ekan siz faqat òzizzi òylamen sizzi ne orzuda dunyoga keltirgan ota onezzi ham òylap kòring kimbilsin xotiniga vafo qilmagan inson sizga vafo qiladimi voqtida bu fikrizdan qayting
Like | 0
grafinya Жавоб зур булибди.....ми? У киз бу жавобдан кейин узини осибкуймабдимикан. Жавобку яхши агар бу гапларни узига кабул килса. Л.н стрессдаги одамга бу гаплар аксинча таъсир килишиям мумкин. Ахмок кизда гурурам йук эканда уйланган эркакга(эркак булганида севганига уйланарди) иккинчи булишгаям рози.
Like | 0
Fresh2710 Xayot faqat sevgi va muhabbatan iborat emaskuuuu. Bu qiz owa yigitni hotini orniga ozini qoyib kormadimikin yigiwtiring sizni wuncha yil tarbiyalab ostirgan ota onezi orzu umitlarichi nima wunaqa 2-xotin qilib beriw uchun ostirganmidi exxx
Like | 0
badgirln1 Ахмокмисан. Хозирги ешларга(узимам 22 даман аммо 18 еш кизчани олдида ешим каттада)хайронман. Ман 18 ешимда инстга кироламанми диб хачжонланиб юргандим. Укиб абитуриентлигимми хис хаяжони буган. Имтихонга кирганман. Санга нима бубди? Уки касб эгаси бул эртага йигитлани узи келади севиб. Хозир хаелинг нимада билмиман. Интернет йигитла. Товба 2- хотин булишга тайерман эмиш. Унга тегсанг биласанми нима булади. Худо уриб фарзанд куролмисан. Карабсанки кулингда касбинг йук,фарзандинг йук. Турмуш куриб нимага эришдим деб бир нима киб куясан узингни. Хакикатданам узингни йигиштириб ол.
Like | 0
sanam Qizlarga ham hayronsiz bowqa yigit qurip qoptimi qiz bola bosen oilali erke ni boshinga urasanmi
Like | 0
podsnejnik Admin mendayam wunaqa hayotiy voqeala bor yozib qoldirsam tepadegiga oxwab joylashtirasmi? Yo faqat sayyod.comdan olingan hikoyala qoyiladimi?
админalbatta yozib qoldiring biz ko'rib chiqamiz.
Like | 0
iro6341 Kxee chotki jovob optikuuu sovoliga.
Vapwetaa ozbela uwanaqa nagli boliwi kere.
Ozi mawnaqa wiptrla qiyomati yaqnlawtrvotti.
Uylandimi vsyo tinch qoy uni. Balo bomi yana u bn atnawenya qlb. Wilta blee
Like | 0
7885873 man qoyil qomadim shunaqa qizlaga endigina 18 ga kirib 1 oilani barbod qisa. Brovni bahtsizligi evaziga bahtli bölarmikin
Like | 0
sabinAA SARDOR KAMILOVKU JAVOBNI BERGAN. ÖZI WUNDAY KESKIR JURNALIST U. BIRAM YAXSHI KÖRAMAN UNI
Like | 0
podsnejnik Toba hayronman kop kotta es xuwi joyida qaysi nodon wunaqa ikinchi xotin bòliwga rozi bolarkin g'alatiya bazi odamla asabing buziladi menam bitta qizzi bilaman xuddi wuni toifasidan gôyo uni hayoti yoritilgande betta, qancha urinme tuwuntiromadim unga yana sevganidan kop marta ortiqroq zòr esli bolaga turmuwga chqyaptiyu tan ogisi uni mensigisi kemidi uziga savol bermagan kaltafaxmla, tag'in bunaqalaga yaxwi joyladan uchridi jazosini beriwwi órniga
Like | 0
Nurbek__Sodiqov Javobga gap yöq ! U qizgaku umuman gapirgim yöq.
Like | 0
1-20 21-31
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное