Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Titanik-soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Qaqnus - Soundteck (korea)
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Xiyonatga Boshlayotgan Telefon

Ushbu telefon qo‘ng‘irog‘idan so‘ng anchagacha o‘zimizga kela olmadik. Qalbimiz larzaga keldi. Poytaxt shifoxonalaridan birida farzandining sog‘ayishini kutib yotgan muxlisamiz Gulshan opa bizga kuyib-yonib o‘zi guvohi bo‘lganlarini so‘zladi...
 Men bu voqeani ortiq yuragimda saqlay olmayman. O‘ylaymanki, buni pinhon tutish, yashirib yurishdan ko‘ra boshqalarning bilgani, hushyor bo‘lgani yaxshiroq. O‘zim guvohi bo‘lgan bu hodisani hali-hanuz hazm qila olmayapman. Qayoqqa qarab ketyapmiz? Nahot, zamonning rivojlanishi bizni shu qadar tubanlashtirib yubormoqda?
Ochig‘ini aytsam, bu shifoxonada ko‘rganlarim yetti uxlasam tushimga, ming bir o‘ylasam xayolimga ham kelmas edi.
Bilasiz, yoz meva-cheva, sabzavot g‘arq pishadigan, to‘kin-sochinchilik fasli. Dilbandlarimiz to‘ygunicha yeydi. Ba’zan yuvsa, goh tomorqaning o‘zidan uzib ola solib og‘ziga soladi. Biz ota-onalar esa buni har doim ham nazorat qila olmaymiz. Keyin esa jabrini tortamiz. Men ham shunday bo‘ldim. Bolamning ichi ketib qoldi. Avvaliga o‘zimcha dori-darmon qildim. Bitta dorini yeb, ortidan ikkita meva yegan bola shifo toparmidi? “Ema” deya qo‘lidan tortib ololmas ekansiz.
Xullas, bolamning ahvoli og‘irlashib, shifoxonada yotadigan darajaga kelib qoldik. “Tez yordam” poytaxtdagi katta shifoxonalardan biriga olib kelgach, davolana boshladik.
Tabiiyki, shifoxonada biz kabi bolalar va onalar bisyor. Hamma bir-biridan hol so‘ragan, yordam berishga oshiqqan.
Dardmandlardan ham bir-birini tushunadigan insonlar bo‘lmasligini shifoxonaga tushganlar yaxshi anglasa kerak. Biz ham xuddi shunday edik.
 Bolamga mana bu dorini yozib bergan edi. Negadir dadasi topa olmabdi, — deydi kimdir.
 Ha, u bu atrofda yo‘q. Muyulishdagi dorixonadan so‘rasin. Ungacha biznikidan ishlatib tura qoling, — yordam berishga oshiqadi boshqasi.
 Mana, biznikidan oling, — iyib ketadi boshqa bir ayol.
 Bizning dadamiz adashib ko‘roq olgan, shuni ishlata  qoling, — hammaning ko‘mak bergisi keladi.
Shu tarzda bir-birimizga yordamlashib, mehr berib davolanishda davom etdik.
 Mening telefonim yo‘q edi. Opa, sizning telefoningizdan dadamizga “gudok” tashlab tursam, maylimi? — deb qoldi yangi kelgan bemor bolakayning yoshgina onasi. Endigina xonamizga kelib joylashgan bu ayol juda chiroyli, istarali edi, bolasi undan-da shirin.
 Voy, mayli, — dedim chin dildan. — “Gudok”  deb o‘tirasizmi? Bemalol telefonlashavering.
 Eringiz begona raqam demaydimi?
 Aytaman-da, sherigimning telefoni yo‘q ekan deb. Siz xijolat bo‘lmang. Dadamiz tushunadigan odam.
Shu kundan boshlab, ayol mening telefonimdan turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilar, nima zarurat bo‘lsa aytardi. Eri ham tayinlab qo‘ygani uchun to‘g‘ri mening telefonimga qo‘ng‘iroq qilib, bolasining ahvolini so‘raydigan bo‘ldi.
Oradan ikki kun o‘tdi. Haligi kelinchakning koridorda kim bilandir telefonda kulib gaplashayotganiga ko‘zim tushib qoldi.
“Xonadoshlarimizdan birining telefonini olgan, shekilli”, — o‘yladim o‘zimcha.
U menga ko‘zi tushishi bilan o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi. Men esa parvo qilmaslikka urinib, xonaga kirib ketdim.
Gaplashib bo‘lib qaytib kelgan xonadoshim negadir mendan ko‘zlarini olib qochdi. Avvaliga indamadim. Oxiri mendan telefon so‘rayverishga iymanib boshqadan so‘radimikan degan xayolda so‘z qotdim:
 Singlim, hech ikkilanmay kerak bo‘lganida telefonimni olavering. Men asli qizg‘anchiq emasman. Keyin bu yerda, bolalarimiz shifo topishini so‘rab yotibmiz. Tasalli, ko‘mak qanchalar kerakligini bilaman. Men ham siz kabi onaman. Bunaqa paytda ko‘zimizga faqat bolamiz ko‘rinadi. Sizni tushunaman. Hech xijolat bo‘lmay so‘rayvering.
 Rahmat. So‘rab turibman-ku, — dedi u qizarib.
O‘sha kuni tungi payt endi uyquga ketgandik. Telefonning ovozidan uyg‘onib ketdim. Aniq bilganim meniki emasdi. Boshqalarniki desam, juda yaqinda jiringlayapti. Shunga ajablandimmi, ko‘zlarimni ochdim. Qarasam, haligi ayol sumkasidan shosha-pisha telefon chiqarib, ovozini o‘chirdi-da, koridorga chiqib ketdi. Yotgan joyimda qotib qoldim. Ko‘zlarimga ishonmasdim. Boshqa ayoldir desam, joy o‘shaniki. Tush ko‘rayotgandirman, desam ovozdan uyg‘ondim. Uyqum ham o‘chib ketdi.
Haligi ayol naq yarim soatdan keyin qaytib kirib, telefonini avaylabgina sumkasiga joyladi-da, o‘rniga cho‘zildi. Meni esa xayol olib qochdi:
“O‘zining telefoni bor ekan-ku. Nega yo‘q, dedi. Pulini ayadimi? Pul sabab desam, mening hisobimdan gaplashgani yo‘q-ku! Eriga faqat “gudok” tashlayapti. Balki...  Yo telefoni o‘g‘irlanganmikan? Ammo hali hech kim telefon o‘g‘irlatdim demadi-ku! Aytgancha, eri endi telefon olib kelib bergandir? Men ko‘rmay qolgandirman?!”
Ishqilib, o‘sha tun ming xil xayol bilan tongni ottirdim. Tag‘in ertalab o‘zimni o‘zim koyib ham qo‘ydim: “Senga nima? Uxlayvermaysanmi? Uyqudan qolib, o‘ylab chiqqaning qoldi. Ana, uning o‘zi uyquga to‘yib, endi bemalol bolasiga mehribonlik qilib o‘tiribdi...”
Bolamni ovqatlantirib, endi dorilarini beraman deb tursam, u yonimga keldi.
Opa, telefoningizni berib turing. Dadamizga bir narsa tayinlamoqchi edim.
Uning yuziga anqaygancha telefonimni tutqazdim. U esa hech o‘ng‘aysizlanmay yonginamda eriga qo‘ng‘iroq qildi.
“O‘g‘ri ekan. Kimningdir telefonini o‘g‘irlabdi. Shuning uchun yashirib-pusib gaplashib yuribdi, — dedim o‘zimcha. — O‘zimizning xonamizdagilar tinch. Demak, boshqa xonadan o‘g‘irlagan...”
Ochig‘i, o‘zim istamasam ham uni beixtiyor kuzata boshladim. “Ko‘za kunda emas, kunida sinadi”, deganlari haq. Ertasigayoq “ko‘za sindi”. Tushlik qilib bo‘lgan ham edik-ki, haligi ayolning sumkasi ovoz “chiqara” boshladi. Sho‘rlik ayol oyog‘i kuygan tovuq holiga tushdi. Shunaqa o‘zini yo‘qotib qo‘ydi-ki... Menga alang-jalang qilib qararkan, oxiri telefonini olishga majbur bo‘ldi. Chunki qurg‘ur apparat ham atay qilgandek “jim bo‘lay” demasdi. Qo‘liga ola solib koridorga chiqib ketdi. Yarim soat o‘tdi ham-ki, kelay demadi. Bir payt eri menga qo‘ng‘iroq qilib qoldi. Battar taajjubga tushdim. Yugurgilab koridorga chiqdim-da, telefonimning ekranini yuziga yaqinlashtirdim. U shosha-pisha qo‘lidagi telefonni o‘chirib, menikini oldi.
Endi u haqda qanday o‘y o‘ylashga ham hayron edim. Indamay bolamning yoniga kelib o‘tirdim. Bir payt orqamdan kirib keldi.
 Opa, “Buning telefoni bo‘lsa ham, menikidan gaplashib yurarkan”, demang. Telefonim borligini erim bilmaydi, — dedi u yonimga kelib o‘tirgach, aybdorona.
 Qanaqasiga? — uning gaplariga ishonolmadim. — Bitta uyda yashab, telefoningiz borligini bilmaslik...
 Buni bir tanishim olib bergan. Tasodifan tanishib qolgandim. O‘zi mendan kichik. Ammo negadir bir-birimizni yoqtirdik. Keyin gaplashib turaylik deb menga telefon olib berdi...
 Nima-a-a? Qana... — quloqlarimga ishonmadim. Shu qadar o‘zimni yo‘qotganimdan tilim ham kalimaga kelmay qoldi.
 Yana erimga “Telefoni bor, o‘ziga qiling”, deb qo‘ymang. Iltimos, opa...
Ayol ko‘zimga shunaqa xunuk ko‘rinib ketdiki... Yomon ko‘rganimdan naq bo‘g‘ib o‘ldirgim keldi.
 Buning xiyonat ekanligini bilasizmi? — dedim beixtiyor. — Bolangiz kasal bo‘lib turganda shunaqa ishlar qanaqa qilib ko‘nglingizga sig‘yapti. Har daqiqada alag‘da bo‘lib, xavotirda telefon qilayotgan eringizning ko‘ziga qanday qilib cho‘p suqyapsiz. Yoningizga kelganida ko‘ziga qanday qarayapsiz? Bolangizning beg‘ubor yuziga qaragani qanday jur’atingiz yetyapti?
Yana nimalar dedim bilmayman. Rosa gapirdim. Lekin unga kor qilmadi.
U bilan shunchaki gaplashamiz. Mendan kichik. Kayfiyatimni ko‘tarib turadi. Bir-birimizni tushunamiz, — dedi u bezrayib.
Men esa hamon o‘zimga kela olmayman. Eshitsam, bugun texnika, aloqa rivojlangan zamonda bundaylarni har qadamda uchratish mumkin emish. Bu nimasi? “Oila — muqaddas!” degan tushunchalar qaerda qoldi? Nahot, bugun telefon, internet deganlari xiyonat va zinoning og‘ir gunohligini insonlar miyasidan o‘chirib tashlayapti? Bu ishning oxiri voyligini hech bir odam unutmasliklarini istardim.
Nargiza Usanboyeva oqqa ko‘chirdi



Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 17597 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 0| Рейтинг: telefon, Xiyonat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
Yodgora97 Такдир хазили.
Лола ендигина чет ел сафаридан кеган 16йошли кизалок шахарда буваси акаси туришарди ота онаси чет елда колганди. Лола ерка киз бомасада хама уни дойим шох шодон кувнок юрганига еркатой дип ойларди бир гапирип он кулип дойимо хаммага хурсанчили улашарди уларникига дойимо келедигон акасиниг дости лолага бефарк емасти секин секин лолахам унга конгил койди улар телфон оркали сухбатлашишарди коришип колишса киз уялип турарди болани севсада учрашип юриштан коркар озини оп кочарди факат акасини олдига кесагина корарди албата ухам кунда ошетдеди болани онаси кизни йоктирип колди акасихам уларга каршили кимади балким радноймас тогасини оглилиги учунми унча катиколи кимади йошларга имкон берди хаммаси яхшиди лекин биркуни бола озидан ози кизга уни унитишини айтди киз нимагалигини чунмасти бола дойим ундан озини оп кочарди хато акасихам чунмасти киз оша оша инсонларди севгини кабул кимас хамма болага копол гапирарди чунки хамма орзулари у бола биланиди той фарзанд орзулар ишонганиди окиштихам битирди орадан 3йил откан босада уни унитмаганди хичкимга кайта конгил очмади уни совгаларини расмини хамон сакларди бола орада инстутларга кирди улар хар учрашип колишганда икови бир бирига узок тикилип колишарди киз отинип сорарди бир бора севмиман динг козимга карап дисахам бола жим индамасти 4йил киз охири совчиларни бирига рози болди бола билан атиги бирмартагина коришти тасодифти каренгки кийов бола билан севганини тугилган ойи куни бирхилакан хато бази гапларихам охшарди Лола унга шу сабаблардидипкина рози болди афсус хатога йол койганди Лоланинг азобли кунлари енди бошланганди Кийов бола Сардор у ойлаганде болмади 4йил мойбайнида хичкимга конглини кайта очмаган киз Сардорга очти улар турмуш куришти Лола озига ози вада берди уни севип асрап бор мехримни унга бераман хали бахтли боламан диди хамманинг конглини олдию Сардорни конглига йол топа олмади кегин билса уни озидан кота битта фарзанти бор айолни севаракан халихам ажиралаолмаятканакан Лолага умиман етиборхам бермас бир созхам айтмасти хато Лола тунлари коркип колидан тутса колини жахил билан тортип оларди Лола унинг копол момиласи коз олдида у билан йозишишигача гаплашип чикишигача чидади Сардорхам тан олди севаман хайотимга аралашма юрагимга буйрук бералмиман диди Лола оиласини саклаш учун чидади охири сабри тугади Лолага сан йомонсан ичин кора у боса бошка вахокозо гаплар билан кунда пичоксиз соярди хар кун бакир чакириди бола ерталап кетип тун ярмида келарди Лола харкун у билан коришишини сезарди атир хиди бегона ромолча Лола аслида озини айбдор билди чунки коп йигитларди дилини огритип соф севгиларини рад килип келганди тойдан олдинхам копчили унга мани менсимадинми бахтсиз отасан севгиними кадирлап кабул кимаганинга дип коркитканди дугоналаринихам копи душманиди чунки уларди йигитларихам лолани ортидан коп сарсон болишганди Лолани конгли бомаса рад киса бу гунохмаску. ер хотин катик жанжалашип колишти ер уни уйига оборип койди Лола 2кундайок кайтип борса ер жанжал котарди кайтип кет ким санга ке диди дип кайнаси сан кет келиними яхши корамиз кетмеди дип тохтати кечка Сардор Лолага сан хато оз оилами манга карши килдин сан колор ман кетаман кора илон диди. Лола ортик чидалмади у кочип кетди уйдан озини умуман йокотип койганди козларини нимадур кор килип койип озини олдирмокчи болди тентеларча озини ортикча сезип у болмаса хамаси яхши болади диган хайоларда юрди онаси топип уйга олип кетди 15кундан отди бола хол ахволхам сорамади киз бора бора озини йирди кейин тунларихам ухлалмасди тушида уни богип такип килишарди онгидахам вас васга тушип колди хадан ортик уйки дори ичти худо асради мостка борип озини ташамокчи боганда танип колип бехуш холда олип келишти кийов боса манга бунака хотин керемас диди махалада юзими каратди дип кейинеса колини лезвада чукур кести худо бир асради. Ажабланарлиги Лола буларди умуман еслолмасти кейин домлага оборишса унга жуда катта зийон килинганакан озини олдирмагунча тинч коймедигон вас васлар килишипти еригахам хуни корсатишган кучли исик совук кипти диди уни окип кайтармалар килишти Лола озига кайти киган ишларидан пушаймон кундан онасидан еглап узир сореди азоб берганига ериданхам узурлар соради бошини еканига афсуски улар ажралдилар такдирди каренки у биринчи мухабати билан кузда танишип бахорда ажралганди Сардор биланхам кузда турмуш курип бахорда ажралдилар. Лола хозирда факат екилип комаслика олга боришга харакат киляпти Умир йолдошини согинип гохида еглап кояди минг унга гамхор бомаган етиборсиз босахам Лоланинг огир дамида хайотда кийналган пайтида козларига дунйо тор боганда жарга кулап кетяткандахам унга далда бермасдан батар унга дунйони тор корсаткан босада Сардорни килган хийонату йолгонларинихам унитип хаммасини бошидан бошлашга тайору лекин буни Сардор умиман хохламеди.
Like | 0
Yodgora97 xa xozirgi kunda xiyonat odiy sozga aylanip qolyapti mani tanishimi eri xam shu telfon orqasidan gulde xotiniga xiyonat qilip xato bunda xotinini aybdor bilib uni xayotiga aralashmasligini soragan axir oila bu birdamlik ishonch vafomasmi
Like | 0
mohinur_nur_92 Men xikiya xowmoqchidim qande qowsam boladi real xayotan olinga va uning qaxramoni oziman
Like | 0
бону_мадина салом ман эни 17 кирдим лекин хийонат нималигини тушинаман оиламизда бир вок.ия юз берган 2014 йили 15 июн куни кичкна аммами угилар узларини осиб к.уйшган сасаби котта аммами келинлари гаплашганакан акам бориб узини холасини углни урган ки4кина аммами угиларига хар тарафлама зарба булб кутаралмаганлар шуни арк.асида 92йил акам улб кетдилар хозр эса у келин4е хе4 нима булмаганде яшаяпти айоларга нима йетмаяпти эри буп турб бошк.аси бн гаплашгани хаммани узига инсоф берсин худоим
Like | 0
Suhrob94 Men ham hikoya yozmoq4i edim qanday qayerga yozsam b6ladi!
Like | 0
Maknuna77 Admindan iltmos maslahat bervorn qanaqb hkoya qowsam bolad
админhikoyalaringizni bizga yuboring: tarona.net@bk.ru  yoki izoh o'rnida qoldiring!
Like | 0
sokin Ха ачинарли холат,агар эри билиб колса бу яхшиликка олиб келмайди.
Бунакалар она номига дог туширади.
Еш келинлар(айримлар) бир кули бешикда булса,иккинчи кули телефонда булиб колган.
Инсофини берсин.
МЕХР БЕРСАНГ,МЕХР КУРАСАН
Фарзандига шифо берсин, онасига акл.
Like | 0
Damir-90 Ey Xudo bunday ayollarga insof ber %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное