Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

Angrenda unashtirilgan yigit-qiz suvga cho‘kib, halok bo‘ldi


Angrenda unashtirilgan yigit va qiz to‘y ko‘rishga ulgurmay halok bo‘ldi. Voqea Angren daryosi sohilida sodir bo‘lgan. Aniqrog‘i, sohil bo‘yiga mashinada borgan yoshlar noma’lum sababga ko‘ra avtomobil bilan birga cho‘kib ketgan. Bu haqda mahalliy aholi vakillari “Qalampir.uz”saytiga xabar berdilar.


Guvohlarning ma’lum qilishicha, Spark rusumli mashinani suvdan chiqarishganida, rulda o‘tirgan  yigitning oyog‘i pedalga yopishib qolgani aniqlangan.
 
Halokat sababi ma’lum qilinmagan. Daryo yaqinidagi mashina kuchli oqim tufayli boshqaruvni yo‘qotgan bo‘lishi mumkin, degan taxminlar aytilmoqda.
 
Xabar berilishicha, Anora va Ilhomning tobuti “Yor-yor” sadolari ostida qabristonga eltilgan.
 
Ikki yoshning to‘yini orzu qilgan ota-onalar azasini ko‘rganda qay ahvolga tushganini tasavvur qilish qiyin emas. To‘ydan oldingi uchrashuvlar unashtirilgan yigit-qizlar o‘rtasida bo‘lishi tabiiy hol. Urf-odatlarimizga ko‘ra, bunday vaqtda yoshlar asosan odamlardan holi joylarda ko‘rishishga harakat qiladi. Biroq birgina uchrashuv tufayli tavakkal qilish shartmikan?

Suv bo‘yiga bunchalik yaqin borishmaganda,ushbu fojia sodir bo‘lmasmidi? Yana kim bilsin. Nima bo‘lganda ham inson har qanday sharoitda xavfsizlikka rioya qilib, ehtiyotkorlik bilan ish tutsa, bu kabi ko‘ngilsiz holatlar oldi olinadi.


http://qalampir.uz/uploads/images/content/image/222_(13).jpg

Suv bo‘yiga bunchalik yaqin borishmaganda,ushbu fojia sodir bo‘lmasmidi? Yana kim bilsin. Nima bo‘lganda ham inson har qanday sharoitda xavfsizlikka rioya qilib, ehtiyotkorlik bilan ish tutsa, bu kabi ko‘ngilsiz holatlar oldi olinadi.


 
 


Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 11898 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Angren, fojia, yigit va qiz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
sanjarezoz Chiroyli juftlik bo‘lgan ekan. Joylari jannatdan bo‘lsin.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное