Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

AQSh Prezidenti Barak Obama Shavkat Mirziyoyevni Prezidentlik bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev g‘olib bo‘ldi. Kecha, 9 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi 4 dekabr kuni o‘tkazilgan Prezident saylovining natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni yoqlab 15 million 906 ming 724 nafar saylovchi yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 88,61 foizi ovoz bergani tasdiqlandi.
 
Dunyoning ko‘plab davlatlari rahbarliri tomonidan Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida g‘olib bo‘lgani munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda. 9 dekabr kuni AQSh Prezidenti Barak Obama ham Shavkat Mirziyoyevga tabrikjo‘natdi. Barak Obamaning qutlov so‘zi O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga, deb boshlanadi.
 
“Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan muborakbod etaman. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalari mamlakatingiz mustaqillikka erishgach, ya’ni 25 yil avval boshlangan”, deyiladi tabrikda.
AQSh rahbari O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashga doir siyosatimiz bugun ham davom etayotganini ta’kidlagan.
 
“Sizning Prezident etib saylanishingiz O‘zbekiston uchun muhim davrni boshlab berdi. Sizning mintaqada hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro munosabatlarda muvozanatni saqlashga qaratayotgan alohida e’tiboringizni qo‘llab-quvvatlayman”, deydi Barak Obama.

AQSh prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Prezident vazifasini bajaruvchi sifatida muhim sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyot va qonun ustuvorligi sohalarida Siz boshlagan ishlarni etirof etdi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlanishiga umid bildirgan.
 
“Hukumatingiz bilan o‘rnatilgan hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdormiz hamda ushbu aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz. O‘zaro umumiy manfaatlarimizni hisobga olib, mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida birgalikdagi ishlarimizni davom ettiramiz, degan umiddaman”, deyiladi Barak Obama yuborgan tabrikda.
 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3257 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev, Barak Obama
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NuR_KR Shavkat Miromonovichga tabriklar butun dunyodan kelyabdi.
Like | 0
Ramziddin4340 %) :(
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное