Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh Xitoy raketa-tashuvchisi kosmosdan qulaganini ma’lum qildi

AQSh Xitoy raketa-tashuvchisi kosmosdan qulaganini ma’lum qildi

AQSh kosmik qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, Xitoyning «Chanchjen-5V» raketa-tashuvchisi ishlatib bo‘lingan bosqichidagi qoldiqlar Yer atmosferasiga nazoratsiz qayta kirishi natijasida Hind okeaniga tushib ketgan.

O‘tgan hafta Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasiga «Ventyan» eksperimental modulini jo‘natgan Xitoyning «Chanchjen-5V» raketasi qoldiqlari koinotdan nazoratsiz qaytib, Yer atmosferasiga kirib borishi natijasida Hind okeaniga tushib ketdi. Bu haqda AQSh QK Kosmik qo‘mondonligi Twitter’da ma’lum qildi. 

AQSh Milliy aeronavtika va fazoni tadqiq qilish boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson Pekinni Xitoy raketaning Yerga qulashi trayektoriyasi haqida ma’lumot bermagani munosabati bilan mas’uliyatsizlikda aybladi. 

«Barcha kosmik davlatlar o‘rnatilgan ilg‘or tajribalarga amal qilishi va kosmik chiqindilar qulashi xavfini, ayniqsa «Chanchjen-5V» kabi og‘ir raketa-tashuvchilar bo‘yicha ishonchli prognozni ta’minlash uchun ma’lumotlarni oldindan bo‘lishish majburiyatini bajarishi kerak», deb yozadi u Twitter’da.

Raketa o‘tgan yakshanba, 24 iyul kuni «Ventyan» uchuvchisiz modulini koinotga uchirish uchun ishlatilgan. Bu Xitoyning «Tyangun» orbital stansiyasi uchun mo‘ljallangan uchta moduldan ikkinchisidir. XXR orbital stansiyasi 2022 yil oxirigacha to‘liq ishga tushishi kerak, uning Yer yaqinidagi orbitada xizmat muddati taxminan o‘n yil bo‘lishi kerak. So‘nggi yillarda Xitoy AQSh va Rossiyaga yetib olish uchun o‘zining kosmik dasturlariga milliardlab dollar sarmoya kiritdi. 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 619 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kosmos, raketa, AQSH, Xitoy, tashuvchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное