Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQShga "Nemo" bo‘roni yopirildi

AQSHning shimoliy-sharqiy hududida kuzatilayotgan «Nemo» kuchli qor bo‘roni tufayli Nyu-Yorkda barcha aviaqatnovlar bekor qilindi, deb xabar beradi "France-Presse” axborot agentligi.

Nyu-York ma’muriyatining ma’lum qilishicha, kun yarmida "LaGuardia” hamda Nyu-Jersi qo‘shni shtatidagi "Newark” aeroportlari ish faoliyatini to‘xtatgan. "Jon F. Kennedi” havo darvozasi esa kechki mahaldan boshlab barcha qatnovlarni bekor qilgan. Umumiy hisobda qariyb 2300 aviareys bekor qilingan. Bundan tashqari Boston, Chikago va Vashington aeroportlarida ham qatnovlar amalga oshirilmagan. AQShda uragan bois jami 60 aeroport vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan.

 

Mamlakat hukumati shimoliy-sharqiy shtatlardagi aholini uydan chiqmaslikka va imkon qadar ko‘chada avtomobilda yurmaslikka chaqirgan. Massachusets shtatidagi maktablarda darslar bekor qilingan. Shtat gubernatori qor bo‘roni vaqtida favqulodda xizmat mashinalaridan tashqari barcha avtomobillar harakatini taqiqlagan.

Kuzatuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, «Nemo» uragani 46 santimetrdan 76 santimetrgacha bo‘lgan balandlikni tashkil etmoqda.

Ba’zi progonozlarga qaraganda, mazkur uragan AQSh tarixida kuzatilgan eng kuchli qor bo‘ronlaridan biriga aylanishi mumkin.


Manba: darakchi.uz

 



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5189 | Рейтинг: 1| Рейтинг: AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное