Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Uch yilgacha aynimaydigan “harbiylar pitssasi” yaratildi

AQShning Massachusets shtatidagi harbiy laboratoriya mutaxassislari antiqa pitssa yaratishdi. Uning o‘ziga xos xususiyati muzlatkichdan tashqarida ham uch yilgacha saqlanishi mumkinligidir. Harbiylar uchun maxsus tayyorlangan mo‘jizaviy pitssa retsepti naq ikki yilda ishlab chiqildi.

Natik shahrida joylashgan AQSh Mudofaa vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot markazi vakili Mishel Richardson so‘zlariga ko‘ra, bu pitssa qadoqning o‘zida uch yil saqlansa ham yangi holicha turadi va uni bemalol yesa bo‘ladi. Amerika harbiy xizmatchilari pitssani juda xush ko‘rishadi va ko‘pincha menyuga kiritishni so‘rashadi, deya ta’kidlaydi ITAR-TASS.

Bu pitssaning retseptini ishlab chiqish yo‘lidagi asosiy g‘ov – tomat pastasi va eritilgan pishloq tarkibidagi namlik vaqt o‘tishi bilan pitssaning xamiriga so‘rilar, oqibatda u buzilib qolar edi. Mazkur muammoni hal etish uchun olimlar namlikni ushlab qoluvchi mahsulotlar – shakar, tuz va siroplar miqdorini o‘zgartirishdi. Shuningdek, tomat pastasining, pishloqning va xamirning kislotalilik darajasi kamaytirildi. Natijada bakteriyalarning ko‘payishini sekinlatishga erishildi.

Harbiy xizmatchilar hozircha mazkur mahsulotni tatib ko‘rishgani yo‘q. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, u uy sharoitida duxovkada tayyorlanadigan pitssaga juda o‘xshash. Yagona farqi – harbiylar pitssasi issiq emas, balki xona haroratidadir.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2863 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH, pitssa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Damir_95_ Bõlishi mumkunmase
Like | 0
vandame-94 Проста класс
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное