Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

AQShda “aqlli” pistoletlar sotuvga chiqarildi

Amerikaning Armatix kompaniyasi iP1 deb nomlangan "aqlli” pistoletlarini sotuvga chiqardi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, bu to‘pponcha qurol o‘g‘irlashlar va ularni jamoat joyida ishlatishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi. ExtremeTech xabariga ko‘ra, 22-kalibrli mazkur qurol maxsus soat bilan birga sotiladi va bu ikki buyum orasida radiochastotali aloqa o‘rnatiladi. Qurolning narxi 1399 dollar, soat bilan birgalikda esa 1798 dollarni tashkil etadi, deya xabar beradi Slash Gear.

To‘pponcha va unga biriktirilgan soat orasi 35 santimetrdan uzoq bo‘lmasagina qurol jangovar holatga o‘tadi. Soatdan qurolga yuboriladigan identifikator foydalanuvchining o‘zi tomonidan belgilanadi. To‘pponcha maxsus svetodiodli indikator bilan jihozlangan — soatga yaqin bo‘lgan payti u yashil rangda yonib turadi, bu esa qurolning o‘t ochishga tayyorligini bildiradi. Armatix ma’lumotlariga ko‘ra, to‘pponchani o‘g‘irlab olgan kishi uni baribir ishlata olmaydi.

"Aqlli” to‘pponcha hozircha faqat Kaliforniya shtatida sotilmoqda. Aytish kerakki, AQShda 1798 dollar – qurol uchun juda yuqori narx.  U yerda jismoniy shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan to‘pponchalar narxi ularning turiga qarab 150–200 dollardan boshlanadi. Masalan, Beretta JXF9F51 Px4 to‘pponchasi 569 dollar, Glock 17 esa – 599 dollar turadi.

2014-yilning boshida investor Ron Konuey begonalar qo‘lida ishlamay qoladigan "aqlli” pistolet ishlab chiqish uchun tanlov e’lon qilgan, g‘olib bir million dollar mukofot olishi mumkin. Irlandiya kompaniyasi allaqachon tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan, u ikki turdagi "aqlli” to‘pponcha ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bulardan birida qurol o‘z egasining qo‘lidagi bilaguzukka simsiz aloqa orqali bog‘langan bo‘ladi, ikkinchisi esa dastasidagi barmoq izlari skaneri yordamida o‘z sohibini "tanib oladi”.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3920 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Damir_95_ Zorku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное